A.Navoiyning iqtisodiy ġoyalari. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida iqtisodiy ġoyalar muhim o’rin egallaydi. Unda asosan tijorat, savdo muammolari ancha mukammal yoritilgan. Navoiy asarlarida savdo faoliyati ma`qullanadi, ammo tovlamachi va chayqovchilik qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi o’rniga, do’stlikka yuksak baho bergan. Alisher Navoiy (1441-1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik xis- tuyġusini uyġotish zarurligini yaxshi tushungan.Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi o’rniga katta e`tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga boġliqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, agar aksi bo’lsa, mamlakat qashshoq va harob bo’ladi”, - deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi.Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga alohida e`tibor berdi. Navoiy o’zining «Maxbub-ul-kulub» (1500 y.) asarida mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to’ġri sida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon erni yorish bilan rizq yo’lini ochuvchidir». Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritayotgan savdogarlar, ya`ni olib sotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. Uning fikricha, olib sotarlar «o’ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya`ni xalqni zarari hisobiga foyda ko’ruvchilardir.Navoiy intellektual mehnatni, ya`ni olimlar va boshqa shu kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko’rsatib berdi va ularni o’z mas`uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi.
2.Ilk merkantilizm monetar tizimi. Tomos Mann (Angliya), Kolbertizm, Monkreten (Franciya). David Hyumaaning iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm va protekcionizm siyosatining ayrim mamlakatlardagi ko’rnishi: Italiya merkantilizmi, Angliya protekcionizmi, Franciya-kolbertizmi. Merkantilizmning tarixiy taqdiri.
Rim imperiyasi emirilgandan keyin, Ġarbiy Evropada juda ko’p feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda o’sha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy savollar bo’yicha o’rta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |