F.Akvinskiyning iqtisodiy ġoyalari. Ġarbiy Evropadagi ancha ko’zga ko’ringan iqtisodiy fikrlar muallifi deb, odatda, Italiya monaxi Foma Akvinskiy (Akvinat) (1225-1274) tan olinadi
O’rta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar ġoyasi savdo foydasini va sudxurlik foizini qat`iy qoraladi. Ular noto’ġri ayirboshlash va birovning mehnatini o’zlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» o’rnatilgan sharoitdagina ekvivalentli va proporcional ayirboshlash bo’lishi mumkinligi o’qtirildi (“Odil narx” - mehnat va moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx
O’rta asrning oxirgi davriga kelib, keyingi kanonistlar iqtisodiy muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini tushuntiruvchi «dalillar» doirasini ancha kengaytirdilar. Bu erda shu narsa nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan metodologik baza, eng avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari asarlaridan dalil keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalarning ahlodiy-etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx» to’ġrisidagi qoida ham) bo’lgan.
Ayirboshlash - Qadimgi dunyo va o’rta asrda tadqidotchilar tomonidan proporcional va ekvivalent qoidasiga asoslangan, odamlarning hohishi tufayli bo’ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu principni inkor etmagan holda, noekvivalent bo’lib tuyulgan ayirboshlash, sub`ektiv jarayon sifatida, tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligini Akvinat ko’rsatib berdi. Boshqacha aytganda, buyum «bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar ko’rishi hisobidan kelib tushsa», o’shandagina ayirboshlash sharti bo’zilgan buladi.
Natural xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy adabiyotda, odatda merkantilizm davri deb ataladi.( Merkantilizm italyancha «merkante» so’zidan kelib chiqqan - savdogar ma`nosini anglatadi). Merkantilizm - bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protekcionizm principlariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning emirilish davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga o’ringan ta`limot hisoblanadi.
Merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy - metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyatiga ko’ra, merkantilistlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |