4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Download 425.79 Kb.
bet1/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org


4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti

4-MAVZU. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti.

Reja:
1. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy qarashlari.


2. Merkantilizm tushunchasi, uning mazmuni. Merkantilizm g’oyasi vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiu shart-sharoyitlari.
3. Ilk merkantilizm monetary tizimi.

O’rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ancha to’ġri aks ettirgan iqtisodiy ġoya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi. Ular o’sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan biri, eng avvalo, iqtisodiy ġoya va nazariyalarda diniy qarashlarning ustunligidir. O’sha davrda xo’jalik hayotidagi diniy-ahloqiy me`yorlar, ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik tamoyillarning o’rnatilishiga to’sqinlik qilishi yangi iqtisodiy ġoya, nazariyalarning din “pardasiga o’rab” berilishiga sabab bo’lgan.

O’rta asr natural xo’jalik turi yoki feodalizm Sharqdagi bir qator mamlakatlarda III - VIII va Evropadagi mamlakatlarda V - XI asrlarda o’rnatildi. Ushbu davrning boshidayoq siyosiy hokimiyat va iqtisodiy qudrat oqsuyaklar va cherkov xodimlarining qulida bo’lgan, ular goh ochiq, gox yashirin tarzda tovarli iqtisodiyot ko’lamining va sudxurlikning kengayish moyilligini qoralagan.

Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to’ġri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo’lishi bilan bevosita boġliq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi - Kur`oni Karimda (arabcha - qiroat, ya`ni o’qish) keng tarzda o’z aksini topgan



Qur`oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar. Qur`oni Karimdagi asosiy ġoyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat uluġlanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling