4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti
Download 425.79 Kb.
|
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- « mehnat - boylikning otasi, er esa uning onasi»
- Qiymat nazariyasi.
Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri buyicha, na faqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik xisoblanadi, balki mamlakatning eri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jixozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala buyicha o’z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan « mehnat - boylikning otasi, er esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi etmagan o’grilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya`ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi. U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema`ni narsa ekanligini ko’rsatib utadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» xisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning «xaqiqiy bozor bahosi» xisoblanadi. İkkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va er ishtirokida yaratiladi. . Daromadlar nazariyasi. İshchilarning daromadlari, pul kapitali va er egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi ish haqini mehnatning bahosi deb xisobladi va uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. P.Buagilьberning iqtisodiy ta`limoti Franciya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Pьer Buagilьber (1646-1714) xisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bulgan emas. P.Buagilьber xuddi otasiga uxshab xududshunoslikdan ta`lim oldi. 31 yoshida Normandiyada sudьyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya`ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat ulimidan ikki oy oldin bu lavozimni katta ugliga topshirib ketdi.
Download 425.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling