4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Download 425.79 Kb.
bet13/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

b) ictisodiy erkinlik principi Jamiyatdagi mexnat taqsimoti odamlarni bir birlari bilan boglab turuvchi va ularga maxsulot va resurslarni almashtirish imkonini beruvchi mexanizmning bulishini taqozo etadi. Bunday mexanizm bozor xisoblanadi. Bozor tugrisida A.Smit ta`limotidagi asosiy g’oya iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baxo yordamida iqtisodiyotning o’zini - o’zi boshqarish g’oyasi xisoblanadi. Uning ta`limotiga kura, bozor odamlar faoliyatini muvofiqlashtiradi (koordinaciyalashtiradi), ularning manfaatlarini uygunlashtiradi.

v) “kurinmas cul”

Bozor iqtisodieti bir markazdan turib boshqarilmaydi. Shunday bulsada, u muayyan tartib va qoidaga amal qiladi. xo’jalik faoliyatining xar bir ishtirokchisi o’z maqsadini k o’zlagan xolda ish yuritadi. Biroq bunday sharoitda aloxida kishilarning manfaatlari qanday uygunlashadi, barcha jamiyat manfaatlari qanday yuzaga chiqadi? Birinchi bulib bu muammoni ilmiy darajaga kutargan A.Smit bo’ldi . U shunday yozadi: «X,ar bir kishi o’z kapitalini kuproq qiymat keltiradigan qilib ishlatishga xarakat qiladi. Odatda, u jamiyat foydasiga ta`sir kursatishni nazarda tutmaydi va unga ancha ta`sir kursatayotganini sezmaydi. U faqat o’z manfaatini nazarda tutadi, faqat o’z foydasini k o’zlaydi. Shunday bulsada, bunday maqsad uning rejasiga kirmagan bulsa xam, ushbu sharoitda kurinmas cul uni maqsad sari yunaltiradi. o’z manfaatlarini k o’zlagan xolda, jamiyat manfaatlariga ataylab unga xizmat qilgandan kura tez-tez xizmat qilib turadi».



d) sinflar va daromadlar

A.Smit karashlarida jamiyat uch sinfga ajratib kursatiladi: er egalari, tadbirkorlar, yollanma ishchilar:


  • er egalari kulida asosiy ishlab chikarish vositasi er buladi. Ular ijaraga bergan eri uchun ijara tulovlari sifatida ushbu erdan olingan daromadning bir kismini renta kurinishida oladi;


  • tadbirkorlar ishlab chikarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootlar, asbob-uskunalar, fermalar, xom ashyo zaxiralariga) egalik kiladi, ishchilarni yollaydi va daromad kurinishida foyda oladi;


  • yollanma ishchilar - eng kup, kambagal sinf xisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mexnatini sotib, daromad kurinishida ish xaki oladi,


A.Smit daromadning xar uchala asosiy shaklini aloxida kurib chikdi.


D.Rikardoning iqtisodiy ta`limoti

1799 yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Odamlar boyligi ...” asarini ukib chikkach, unda birinchi bor siyosiy iktisodga bulgan jiddiy kizikish paydo buladi. Shundan keyin u siyosiy iktisod bilan shugullana boshladi va xammani kiziktirgan savollarga javob berishga xarakat kildi.

Kupchilik tadkikotchilarning guvoxlik berishicha, D.Rikardo usha davrdagi iktisodchi-olimlarning kupchiligi bilan ijodiy xamkorlikda bulgan. Ayniksa, Jeyms Mill (Jon Styuart Millning otasi) bilan D.Rikardo kalin dust bulgan va unga kattik ishongan. U D.Rikardoning dastlabki nashrlariga yordam bergan. P.Samuelьsonning yozishicha “.. Katta Mill deyarli taxlika ostida D.Rikardoni “Siyosiy iktisod tamoyillari va solik solish”ni (1817) yozishga majbur etdi va u Rikardoga shuxrat keltirdi” Lekin D.Rikardoga A.Smitning ta`limotini va o’z zamondoshlari T.Malьtus, J.B.Sey va boshka “klassik maktab” iktisodchilarining iqtisodiy karashlarini “tushunishga” yordam bergan, xar xolda, J.Mill emas, balki uning iste`dodi va amaliy tajribasi xisoblanadi. Bunda uning asarlari, ayniksa, “Siyosiy iktisod va solik solishning boshlanishi” (1817 y.) asaridagi moxirona muloxazalar, ilmiylik tamoyillari D.Rikardoni bugungi kunda xam xurmatga sazovor o’ziga xos olim sifatida ko’rsatib turadi.




Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling