4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Me`yorli foydalilik nazariyasi va buyumning sub`ektiv qimmati


Download 425.79 Kb.
bet16/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

Me`yorli foydalilik nazariyasi va buyumning sub`ektiv qimmati. Asosiy e`tibor ishlab chiqarish va taklifni o’rganishga qaratilgan klassik iqtisodiy nazariyadan farkli ularok, marjinalistlar, eng avvalo, iste`mol va talabni taxlil qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni taxlil qilishni kishilarning ehtiyojini o’rganishdan, buyumning foydalilik mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning qimmatini aniqlashda marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshkacha yondashdilar. Agar klassiklar tovar qiymatini (kimmatini) uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo’lsalar, marjinalistlar tovar qimmati asosida ikki omil - foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi deb xisobladilar. Bu bilan A.Smitning buyumning qiymatini (kimmatini) foydalilik bilan aniqlash mumkin emas, negaki xayotda eng foydali bo’lgan havo va suvning qiymati yuk, degan «Smitcha ziddiyat»ga barham berildi. «Xech bir narsa so’vdan kura foydali emas, - deb yozadi A.Smit, - lekin unga u - bu narsani sotib olish amri mahol... Brilliant esa, aksincha, uni bevosita foydalanish nuqtai nazardan nihoyatda qimmati kam, ammo unga juda katta mikdordagi boshka tovarlarni olish mumkin». Marjinalistlarning aytishicha, xaqiqatan ham, havo yoki so’vning umumiy foydaliligi brilliantning umumiy foydaliligidan tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p. Lekin havo va so’vga qaraganda qimmatli toshlar ancha kamyob. Shuning uchun uning qimmati ancha yuqori. «Qimmat, - deb yozadi E.BemBaverk, narsalarning aynan cheklangan miqdorda bo’lishini taqozo etadi, qimmatning yukligi esa, ularning mo’l-ko’lligini taqozo etadi». Qimmat esa buyumning umumiy foydaliligi bilan emas, balki «oxirgi birlik» foydaliligi bilan aniqlanadi.

Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlangich nuqtasi - ehtiyojlarning to’yinish qonuni (Gossenning birinchi konuni)ni bildiradi: inson ehtiyojining to’yinish darajasi oshib borishi bilan iste`moldan bo’lgan qonikish pasayib boradi yoki iste`mol qilinadigan tovar miqdori ko’payib borishi bilan uning foydaliligi kamayib boradi. Shunga muvofiq iste`mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi qismining iste`mol uchun bo’lgan foydaliligi boshka qismlariga nasbatan ancha past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi - bu me`yorli foydalilikdir. Aynan u, marjinalistlarning fikriga ko’ra, tovar qiymati shakllanishining asosini tashkil etuvchi ishlab chiqaruvchi va iste`molchilar xatti-harakatini tartibga solib turuvchi kuch xisoblanadi. E.BemBaverkning yozishicha: «Me`yorli foydalilik g’oyasi - bu iqtisodiy hayotning eng murakkab ko’rinishlarini echishga kalit va ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula - «Ochil dasturxondir».

Me`yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari fikri bo’yicha, faqat tovarning foydaliligi mehnat sarflariga ijtimoiy zaruriylik xarakterini berishi mumkin. Me`yorli foydalilik nazariyasi namoyandalari, qimmatni foydalilikdan keltirib chiqarar ekan, foydalilikni ikki turga bo’lib ko’rsatishni zarur deb xisoblaydilar.

Birinchisi tovarlarning (don, olmos, neftь) o’z xususiyatiga ko’ra - umumiy foydaliligi. İkkinchisi iste`molchi extiyoj sezadigan tovarning konkret foydaliligi. Konkret foydalilik doimo bir xil bo’lavermaydi, u xar xil baxolanadi. Bu erdagi fark unga bo’lgan yondashuvda. Agar u yoki bu buyumlarni erkin va hoxlagancha olish mumkin bulsa, unda ularning foydaliligi, cheklangan mikdordagi bunday buyumlarning foydaliligichalik baxolanmaydi («Smitcha ziddiyat»ni yana bir bor eslang).


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling