4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yunalish sifatida - keynschilik deb ataladi


Download 425.79 Kb.
bet24/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yunalish sifatida - keynschilik deb ataladi.

J.M.Keynsgacha bo’lgan iqtisodiy nazariyada xo’jalikjarayonlarini taxlil kilishning mikroiqtisodiy yondashuvi xukmronlik kilib kelgan. Firmalarning samarali amal kilishi bir butun iqtisodiyotning samarali amal kilishi bilan deyarli bir narsa deb karalgan. xo’jalikfaoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida taxlil kilish fakat pul massasi va baxoning umumiy darajasining o’zaro alokasi muammosigagina kelib takalgan, xolos. Buning ustiga, e`tibor faqat o’zok muddatli jixtlarga karatilgan. J.M.Keyns birinchi bo’lib makroiqtisodiy uslubni qo’lladi, ya`ni xalk xo’jaligi yalpi miqdorlari (ijtimoiy maxsulot, yalpi jamg’arma, yalpi investiciya, yalpi iste`mol xarajatlari va

b.) urtasidagi bogliklik va nisbatlarni tadqiqot kildi. Makroiqtisodiy uslub ayrim firmalarning rivojlanish sharoitlari bir butun iqtisodiyotning rivojlanish sharoitlari bilan mos tushmasligini takozo etadi.

O’rganish predmeti va uslubiy jixatdan J.M.Keyns iqtisodiy ta`limotidagi novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy yondashuvdan kura makroiqtisodiy taxlilga ustunlik berishida, ikkinchidan, «psixologik konunga» asoslangan xolda «samarali talab» (talabning davlat tomonidan ragbatlantirilishi) koncepciyasini asoslab berishida o’z aksini topadi.

J.M.Keyns o’z tahlilining boshlangich nuktasi kilib ish bilan bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik usha paytda nihoyatda ko’paygan edi. U yukori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur muammolar (shu jumladan ish bilan bandlik muammosi) echimini taklifdan emas, balki talabdan qidirish kerak degan xulosaga keldi. Aynan iste`mol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga bo’lgan talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi talabning yalpi taklifdan orkada qolib ketishi - bu kapitalistik jamiyatning surunkali kasalligidir. Yalpi talab harakati va ijtimoiy maxsulot miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liklik keynschilik tadqiqotinig markaziy ob`ektini tashkil etadi.

Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab chiqarishning pasayishiga va mehnatga bo’lgan talabning kiskarishiga olib keladi. Buning natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. Nega talab taklifdan orkada qolib ketadi, jami xarajatlar va jami daromadlarning doimiy muvofiqligini ta`minlovchi Sey konuni amal qilmaydimi? J.M.Keyns “Sey konuni”ning dogmatik qoidalari tarafdorlarini keskin va dalillar asosida tanqid kildi.


J.M.Keyns «İsh bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida o’z tadqiqotlarini klassiklar nazariyasini, jumladan, Sey qonunini tanqid qilishdan va samarali talab nazariyasini isbotlab berishdan boshladi. Sey qonuni klassiklar o’rtasida to’g’ri deb e`tirof etilgan va unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko’ra taklif avtomatik tarzda o’z talabini yuzaga keltiradi. J.M.Keyns esa unga qarshi yalpi talab o’z taklifini yuzaga keltirish g’oyasini ilgari suradi va o’zining samarali talab nazariyasini ishlab chiqadi.


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling