Takrorlash uchun savollar
J.M. Keynsning urganish uslubining o’ziga xosligini tavsiflab bering?
J.M. Keynsning “psixologik konuni”ning moxiyati nima?
Samarali talab deganda nimani tushunasiz?
“Mulьtiplikator investiciyasi” kanday ma`noni bildiradi?
J.M. Keyns iqtisodiyotni davlat tartiblashning kanday chora- tadbirlarini ilgari suradi?
“Likvidlik ustunligi” deganda nimani tushunasiz?
E.Domar va R.Xarrod yangi keynschilik iqtisodiy o’sish nazariyasining moxiyati nima?
8-MAVZU. monetarizm. institutcionalizm. neoliberalizm.
Reja:
1. Monetarizm nazariyasining mohiyati. M.Fridmen va uning monetary nazariyasi.
2. Institutcionalizmning asosiy xususiyatlari, e’voliyiciyasi.
3. Neoliberalizmning foyda bu’lishi va uning u’ziga hos xususiyati, belgilari.
Monetarizm iqtisodiy ta`limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiy soxasida Nobelь mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Monetarizm (monetary - pul) - bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm - nafaqat pul to’g’risidagi ta`limot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul kategoriyasi, pul-kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi, bank tizimi, pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari shunchaki qiziqtirmadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liklikni aniqlash uchun tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta`limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir.
Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen koncepciyasini tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo’llab- quvvatlagan asosiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |