bu erda, M - pul miqdori; V - muomaladagi pulning aylanish tezligi; R - baholar darajasi; Q - ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori.
Tenglamaning chap tomonidagi M • V jami ishlab chiqarilgan tovarni sotib olishga ketgan haridorlarning umumiy sarflarini va pulning aylanish tezligini bildirsa, ung tomonidagi P • Q esa, ushbu ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildirdi. Agar M • V bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy harajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM) teng bo’lishi kerak, ya`ni SMM = P • Q.
Ayirboshlash tenglamasi funkcional bog’likliklarni ancha aniq tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa, yo (R) baholar, yo (Q) ishlab chiqarish miqdori o’zgaradi.
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V), va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zgarishiga bog’liq emas deb xisoblaganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan, ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pulning aylanish tezligi esa ishchilarga xar yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga uxshash omillar bilan ifodalanadi.
Pulga bo’lgan talab va taklif
Kishi bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z boyliqlarini har hil shakllarda (pul, qimmatli qog’ozlar, er uchastkasi, kuchmas mulk va boshqa ko’rinishlarda) saqlashi mumkin. Har kim o’z boyligini ko’paytirishga va aynan qaysi shaklda saqlash maqsadga muvofiq kelishiga intiladi.
Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga muvofiq. Negaki pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish mumkin.
M.Fridmen buyicha, pulga bo’lgan talab nafaqat moliyaviy aktivlardan keladigan daromadlarga, balki daromad keltirishi mumkin bo’lgan boshqa boylik shakllariga ham bog’lik.
M.Fridmen boylikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko’rsatib beradi: pullar, obligaciyalar, akciyalar, moddiy ne`matlar, inson kapitali. Bir shakldagi boylikning qimmati oshishi, ikkinchisining pasayishi mumkin. Shu bois, boyliq shakllarining almashtirib to’rilishi, ularni sotish va sotib olish operaciyalari doimo bo’lib turadi. Odamlar o’z boyliklarini ancha likvidli aktiv - pul shakllarida ushlab turishga harakat qiladilar. Pulga egalik qilish o’z-o’zidan daromad olib kelmaydi. Pul zaxirasi, bir tomondan, kundalik xarajatlar uchun kerak bo’lsa, ikkinchi tomondan, aktivlarni pul shaklida saqlash muqobil daromad olish imkoniyatini yo’kotadi. Yostikning tagida, sandiqning tagida yotgan pullar ularning egalarini obligaciyalarni sotib olish, tadbirkorlikka pul kuyish va boshka yullar bilan daromad topishdan mahrum etadi.
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular tovarlarga va investiciyalarga bo’lgan talabni pul oqimi (pul mikdori massasi)ga bog’lab tushuntiradi. Pul massasining bir oz ko’payishi tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining me`yordan oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho mexanizmining amal kilishiga halakit bermaslik kerak. M. Fridmen, Anna Shvarc bilan birga yozgan «Qo’shma Shtatlarning monetar tarixi (1867-1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar yordamida pul massasining ko’chayishi bilan iqtisodiy cikl fazalari o’rtasida bog’liklik borligini ko’rsatib berdi. U pul massasi o’sishning tezlashuvi yoki sekinlashuvini ko’zatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSh ning barcha xo’jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib kelingan, degan xulosaga kelgan. Pul massasining o’sish sur`atining o’zgarishi ijtimoiy mahsulot o’sishida o’zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining yuqori o’sish chuqqisi ishlab chiqarishning o’sishini, pul massasining quyi nuqtasi ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul massasi (muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste`molchilar va firmalar sarf- harajatlari orqali bevosita ta`sir ko’rsatadi. Pul taklifi o’sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi). Kredit olish foydali hisoblanadi, investiciya tovarlariga bo’lgan talab kengayadi. Kapital quyilmasining ortishi bilan yalpi ichki mahsulot ko’payib boradi, ish bilan bandlik xam oshadi.
Pul taklifining ko’payishi bilan bog’lik bo’lgan o’zgarishlar faqat miqdor ko’rsatkichlarida uz ifodasini topmaydi. Pulning aylanishi va mahsulotlar miqdori doimiy bulganda pul taklifining o’zgarishi bahoga to’g’ri ta`sir ko’rsatadi: pul taklifi ko’chayganda uning harid qobiliyati pasayadi, ya`ni baho oshadi. Agar pul taklifining ko’payishi YaİM ko’payishi bilan birga olib borilsa, baholar oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |