4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti
Sof mahsulot tug’risidagi ta`limot
Download 425.79 Kb.
|
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Dexqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi»
- Kapital nazariyasi. İqtisodiy fikrlar tarixida kapital tug’risidagi birinchi chuqur nazariy tushunchani
- «dastlabki avanslar»
Sof mahsulot tug’risidagi ta`limot. F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (xozir uni milliy daromad deb atashadi) tug’risidagi ta`limoti muxuim urin egallaydi. Uning fikriga ko’ra, sof maxsulotning manbai er va unga sarflangan tarmoq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan kishilarning mexnati xisoblanadi. Demak, boylikning (sof maxsulot) kupayishi tarmoq xo’jaligi ishlab chiqarish i bilan bog’liq bo’lgan «er in`omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki tarmoq xo’jaligi ni rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. F.Kene: «Dexqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi», deb xukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va xunarmandlar tarmoq xo’jaligi da yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi.
Kapital nazariyasi. İqtisodiy fikrlar tarixida kapital tug’risidagi birinchi chuqur nazariy tushunchani F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar kapitalni pul bilan bir narsa deb hisoblagan bulsalar, F.Kene fikriga ko’ra, pul unumsiz boylik bo’lib, u xech narsa ishlab chiqarmaydi. Uning atamasi bo’yicha tarmoq xo’jaligi qurollari, qurilishlari, mollari, xayvonlari va dexqonchilikda bir necha ishlab chiqarish cikllarida foydalaniladigan barcha narsalar «dastlabki avanslar» deyiladi (Xozirgi zamon atamasi buyicha - asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish ciklida ishlatiladigan o’rug’lik, em-xashak, ishchilarning mehnat xaqi va boshqalarni u «har yilgi avanslar»ga kiritdi (Xozirgi zamon atamasi buyicha - aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat kapitalni ishlab chiqarishdagi mavqeiga kura asosiy va aylanma kapitallarga bo’lishdangina iborat emas. Bundan tashqari, u aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham harakatda bo’lishini ishonarli tarzda isbotlab berdi. Takror ishlab chiqarish nazariyasi. iqtisodiy ta`limotlarning rivojlanishida F.Kenening mashxur « iqtisodiy jadval» asarining o’rni beqiyos. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni birinchi marta makroiqtisodiy darajada taqlil qilindi. Bu erda barcha yaratilgan maxsulot realizaciyasi va aylanish jarayoni qanday amalga oshadi? «İqtisodiy jadval»ning shartlariga ko’ra bu jarayon besh aktdan iborat bo’lib, uning xar birida 1 mlrd. livrga teng maxsulot realizaciyasi amalaga oshiriladi. Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat maxsulotlarini sotib oladilar. Buning natijasida tarmoq xo’jaligi maxsulotlarining 1/5 dismi realizaciya qilinadi. Maxsulotning bu qismi muomala sohasidan iste`mol sohasiga (er egalariga) o’tadi. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat maxsulotlarni sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o’z maxsulotining yarmini realizaciya qiladi. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste`mol buyumlarni sotib oladi. Shu bilan tarmoq xo’jaligi maxsulotining yana 1/5 dismi realizaciya qilinadi. «Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning o’zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni oladi (ular asosiy kapitalning eyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat maxsulotlarining ikkinchi yarmi realizaciya qilinadi. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik tarmoq xo’jaligi xom ashyosini xarid qiladi. Oxirida jami ijtimoiy maxsulotning butun aylanish jarayoni natijasida sinflar o’rtasida 3 mlrd. livrlik tarmoq xo’jalik maxsulotlari va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizaciya qilindi. «Unumli sinf» ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik maxsulot barcha sinflar o’rtasidagi umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o’z sinfi doirasida aylanadi . Bu maxsulot tarmoq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonida sarflangan o’ruglik va oziq-ovqat maxsulotlari o’rnini qoplaydi Buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqikot» asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi xisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va koncepciyalarini umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo’jalik xayotining asosiy soxalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shaxrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitetlarida ta`lim oldi, bu erda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani xam o’rgandi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lekciyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy xissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqid etildi, ikkinchisida - kapital jamgarilishi va uning funkcional shakllari, uchinchisida - kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi, turtinchisida - merkantilizm va fiziokratlar ta`limotiga bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi, beshinchi qismida davlat moliyasi savollari kurib chiqildi. Bu asar A.Smit xayot paytidayoq to’urt marta, uning o’limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr etildi. U na faqat Angliyada, balki chet ellarda xam zur qiziqish uyg’otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta`limotlarining rivojlanishiga va kupchilik davlatlarning iqtisodiy siyosatiga o’zining katta ta`sirini kursatdi. A.Smitning fikri buyicha, mexnat taqsimoti milliy maxsulot yaratish jarayonida odamlar urtasida xamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli xisoblanadi. İxtisoslashuv tufayli mexnat jarayonini amalga oshirishda kishilarning chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan boshqasiga utishga xojat bulmaydi; ular o’z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega buladilar. taraqqiyot va jamiyat farovonligining xaqiqiy manbai «tabiat in`omi» emas (fiziokratlar xisoblaganlaridek), balki aynan mexnat taqsimotidir. A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning urniga aloxida urgu berib utadi. Uning tasqiklashicha, qimmatli metallarning, pulning maxsus axamiyati tugrisidagi merkantilistlarning fikri notugri A.Smit kitobining asosiy moxiyati xukumatning va boshqalarning erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning fikricha, iqtisodiy xayotda garmonik tartib xukmronlik qiladi: agar erkin raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib kelgan bular edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o’zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi buyicha, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya`ni jamiyat manfaatlari uning a`zolari manfaatlarining yigindisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga kuproq ta`sir kursatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bulib iqtisodiyotni o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, ob`ektiv, odamlarning irodasiga bogliq bulmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday tizim o’zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiladi. Download 425.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling