4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti
T.Malьtusning iqtisodiy karashlari
Download 425.79 Kb.
|
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nufus qonuni».
T.Malьtusning iqtisodiy karashlari
İngliz iqtisodchisi Tomas Robert Malьtus (1766-1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruxoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi . Uning asosiy asarlari «Nufus konuni tug’risida tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va usishi tug’risida tadkiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning principlari» (1820) xisoblanadi. «Nufus qonuni». T.Malьtus resurslarning cheklanganligi va extiyojlarning cheksizligi sharoitida axoli extiyojlarini kondirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus konuni tugrisida tajriba” asarida axoli soni juda tez kupayib boradi, ozik-ovkat maxsulotlarning usishi esa, ancha orkada kolib ketadi deb ishontirishga uringan. T.Malьtus axolining kupayishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar kullanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi deb xulosa kiladi va bunday vaziyatdan chikishning ikki yulini taklif etadi: birinchisi - epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida axolining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning yashash vositalari urtasida me`yorl nisbatning urnatilishiga kisman yordam beradi, ikkinchi yul - nikoxdan voz kechish yoki kech turmush kurit, tugilishni kamaytirish. Xazirgi zamon iktisodchilari T.Malьtusning ijtimoiy siyosatning axamiyatiga bergan baxosiga kushilmaydilar. Mexnatga yaroksiz va kam ta`minlangan axolini kullab-kuvvatlash xozirgi zamonaviy jamiyat iqtisodiy siyosatning zarur kismidir. Bundan tashkari, xayriya faoliyati ijtimoiy va siyosiy barkarorlikni ushlab turish uchun xam zarur: kambagallarning kupayishi bunday barkarorlikka xavf solishi mumkin. Birok bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini xam xisobga olish zarur: u mexnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bulgan kizikishni susaytiradi. 6-MAVZU. marjinalizm iqtisodiy ta’limoti.Reja:
2. Marjinal unumdorlik nazariyasi. Unumdorlikning pasayib borishi. 3. Foyda va foyiz. Kapital va foyiz nazariyasi asrning 70-yillariga kelib klassik siyosiy iqtisod o’rniga iqtisodiy fanda yangi sub`ektiv yunalish kelib chikdi. İqtisodiy fan taraqqiyotida katta o’zgarish yuz berdi. Usha davrda iqtisodiy jarayonlarni taxlil kilishga yangicha sub`ektiv yondashuv asosini solgan (bir-biridan mustakil xolda) uch iktisodchining asarlari birdaniga vujudga keldi. Ular ingliz Stenli Jevons (1835-1882), avstriyalik Karl Menger (1840-1921), asosan Shveycariyada yashagan francuz Leon Valьras (1834-1910). Ularning taxlili asosida ne`matlarni ishlab chikarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning shakllanishi, tovar va xizmatlarning foydaliligi tadqikoti yotadi. Sub`ektiv yunalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak - bu me`yorli (marginal) tahlil bo’lib, mazkur maktabning nomi xam (marjinalizm) shundan kelib chikkan. F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko’plab boshqa atoqli iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar. Me`yorli taxlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng ko’llanib kelinmokda. Marjinalizm nazariyasiga iktisodiy jarayonlarni sub`ektiv - psixologik metod asosida taxlil qilish xosdir. İqtisodiy hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi, sub`ektiv talqinga asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar buyicha, tovar qiymati kishilarning ongi va hoxishiga boglik bo’lmagan ob`ektiv miqdor xisoblansa, marjinalistlar buyicha, kiymat sub`ektiv talqin, istak, hissiyot bilan aniklanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me`yorli foydalilik, me`yorli unumdorlik, me`yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chikarish xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub`ektiv baho berish asosida tushuntiradi. Bozor xo’jaligida ishlab chikaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli resurslardan har birining me`yorli foydaliligiga baho bergan holda eng keraklisini tanlaydi. İste`molchi o’zining cheklangan daromadlarini ehtiyojlarni ko’prok qondiradigan qilib tovarlarni sotib olishga taqsimlaydi. Demak, marjinalizm nazariyasi markazida o’z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chikaruvchi) va xarid qilingan ne`matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste`molchi turadi. Download 425.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling