Buyumning umumiy (yalpi) foydaliligi bilan konkret (me`yorli) foydaliligi o’rtasidagi fark iste`molchilar xatti-harakatini tahlil kilish uchun zarur.
Me`yorli foydalilik muammosini tushunish uchun marjinalistlar ko’rsatib bergan o’rmonda yashovchi qariya darvish ko’lidagi besh qop donni misol qilib olamiz. Qariya uchun ularning ahamiyati kanday? Birinchi qopdagi don ochdan o’lmaslik uchun kerak, ikkinchisi ozik-ovkat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, uchinchisi - uy parrandalarini boqish uchun, to’rtinchisi - pivo tayyorlash uchun, beshinchisi esa vaktxo’shlik (to’ti kushlarga ovkat berish) uchun ishlatiladi. Barcha qoplar bir xil kimmatga ega. Ammo lekin ularni qariya uchun foydaliligi pasayib borish tartibida joylashtirsak, unda birinchi qopdagi bug’doy eng yukori qimmatga ega: u qariyaning hayot kechirishi uchun zarur. Qariya uchun oxirgi, tutikushlarni boqish uchun mo’ljallangan qop eng kam qimmatga ega. Agar unga ayirboshlash taklif qilinsa u aynan shu beshinchi qopning foydaliligiga karab ish tutadi.
Shunday kilib, iste`mol kilinadigan tovar (don) ning mikdori ko’payib borishi bilan uning oxirgi, me`yorli foydaliligi pasayib boradi (me`yorli foydalilikning pasayish qonuni). Mazkur tovar miqdorining ko’payib borishi bilan me`yorli foydalilikning (TU) pasayib borishini quyidagi grafik ko’rinishida aks ettirish mumkin (1 -rasm).
Demak, xulosa kilish mumkinki, me`yorli foydalilik miqdori mazkur tovar miqdoriga va unga bo’lgan iste`mol darajasiga bog’lik. Har bir alohida buyum (tovar)ning me`yorli foydaliligi konkret va shu bilan birga sub`ektivdir. Birinchi kuzadagi suvning foydaliligi juda yukori: agar chankovni qondirishga boshka bironta kuzada suv bulmasa. Beshinchi yoki oltinchi kuzadagi suvning foydaliligi ancha kam: u gullarga suv quyish yoki pol yuvishga ishlatiladi. Uninchi kuzaga kelsak, u umuman ortikcha bo’lishi mumkin. Uy javonida uning egasiga, misol uchun, etti juft etik etarli; qolganlari javonda faqat joyni band qiladi va ularni kiyib ulgurmasdanok modadan chiqib kolishi mumkin.
Foydalilikning pasayib borishi buyumning xaqiqiy qimmati nima bilan aniqlanishini tushunishda yordam beradi. Avstriya maktabi vakillari nazariyasiga kura, konkret kimmat eng kam yoki me`yorli foydalilik bilan aniklanadi.
X,ar xil extiyojlarni kondirish uchun buyumlar kanday taksimlanishi kerak? Faraz kilaylik, bitta Z buyumning uzi uchta - A, V va S extiyojlarni kondirishi mumkin. Bu erda A ancha muxim extiyoj, S esa unchalik axamiyatli bulmagan extiyoj. Demak, extiyojlarning xar birini kondirish uchun Z buyumi birligining me`yorli foydaliliklari xar xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 1-jadvalga karang).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |