Monetar koncepciyasining keynschilikdan farqi. Yuqorida kayd kilib o’tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o’rtasida nisbat o’rnatishga yunaltirilgan bo’lishi kerak. Pul taklifining o’sishi (pulning o’sish foizi), baholar barkarorlikni ta`minlaydigan darajada bo’lishi lozim. M. Fridmen fikriga ko’ra, bunday darajani aniqlash juda murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. İqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi omillar ta`sir ko’rsatayotganligini aniqlash qiyin va xatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar kechikkan bo’lishi va ba`zida qarama-qarshi natijalarni keltirib chiqarishi xam mumkin: masalan, ba`zan ishlab chiqarishning o’sishini rag’batlantirish ko’zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya`ni qabul qilingan qaror o’sishga to’sqinlik qiladi.
«Agar moliya-kredit sohasini ko’rib chiqadigan bo’lsak, - deb yozadi M. Fridmen, - ko’pchilik hollarda to’g’ri qarorlardan ko’ra, noto’g’ri qarorlar qabul qilinadi, negaki qaror qabul qiluvchilar faqat cheklangan sohalarini muxokama qiladilar va umuman barcha siyosiy oqibatlar yig’indisini e`tiborga olmaydilar». Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konьyunkturali siyosatdan voz kechishi va iqtisodiyotga uzoq muddatli ta`sir ko’rsatish, pul massasini asta sekin ko’paytirib borish siyosatiga o’tishi kerak. Pul massasi nominal YaİM ga ta`sir ko’rsatadi.
Monetar koncepciya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq qiladi, ba`zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni tartiblash muammosidagi bu ikki yondashuv o’rtasiga katta chegara quyish xam noto’g’ri. Har ikkala nazariya, eng avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’llanishga qo’rilgan. Ma`lum ma`noda har ikkala nazariya birbirini o’zaro to’ldirib turadi (umumiy daromadni aniqlash nazariyasini tashkil etadi). J.M.Keyns daromadlarining harajatlarga miqdoriy bog’likligini asoslab berdi, M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog’likligini ko’rsatib berdi.
Monetarizm xam, Keynschilik xam iqtisodiyotni tartiblash zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy tavsiyalari muayyan bir davrda qo’l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois, iqtisodiy vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
Tayanch iboralar: monetarizm; pulga bulgan talab; pul taklifi; boylik shakllari; «ayirboshlash tenglamasi»; likvidli aktivlar; “likvidlik tuzogi”; foiz stavkasi; barkaror pul siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |