4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Download 425.79 Kb.
bet33/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

Birinchi qoida - bozor xo’jaligining barqarorligini tan olish. Monetaristlar fikricha, bozor iqtisodiyoti o’zining ichki xususiyatiga ko’ra barkarorlikka, uzini o’zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barkarorlikni ta`minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida emas, balki tashqaridan bo’ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi.

İkkinchi qoida - pul omilining muhimligi. İqtisodiyotga ta`sir ko’rsatuvchi turli dastaklar ichida pul dastaklari ustun quyiladi. Aynan ular (ma`muriy, baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a`lo darajada barqarorlashtirishga qodir.

Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo’lgan dastaklar sifatida baholagan bo’lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga karaganda), pul-kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.

Uchinchi koida - tartiblash joriy vazifalarga emas, balki uzoq muddatli vazifalarga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Gap shundaki, pul massasidagi uzgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaktdan keyin ta`siri bilinadi. Odatda, lag (vaktincha uzilish) bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi uzgarishlar yalpi ichki maxsulotga birdan emas, balki bir oz vaktdan (oydan) keyin ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o’zgarishlarga mo’ljallangan bo’lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega.

Ayirboshlash tenglamasi

M. Fridmen koncepciyasi garchi uziga hosligi bilan ajralib tursa xam, u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra, pul miqdori bilan baholar darajasi o’rtasida bevosita bog’liklik mavjud, baholar muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi, pulning sotib olish qobiliyati esa baho darajasiga bog’lik. Pul massasi ko’paysa, baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi kamaysa, baholar pasayadi, ya`ni boshqa barcha sharoitlar bir hil bo’lganda tovarlarning baholari pul miqdoriga mutanosib tarzda o’zgaradi.

Bunday bog’liklik, ya`ni muomaladagi pulning miqdori bilan mamlakat doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori o’rtasidagi bog’liklik İrving Fisherning ayirboshlash tenglamasida ifodalanadi

M • V = P • Q,




Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling