4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti


Download 425.79 Kb.
bet35/50
Sana29.10.2023
Hajmi425.79 Kb.
#1733141
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org

Baholarning uzini-o’zi tartiblab turishi va pullarning sotib olish qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori o’rtasida zaruriy aloqa o’rnatiladi.

Monetaristlar pulning bosh funkciyasi - iqtisodiy rivojlanishning moliyaviy asosi va muxim harakatlantiruvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi degan qoidaga asoslanadi. Pul massasini tartiblash (kupaytirish) banklar tizimi orqali resurslarning tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishiga ta`sir ko’rsatadi, texnika taraqqiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy faollikni qo’llab-quvvatlashga imkon beradi.

Pul dastaklaridan nixoyatda extiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Pul massasi bilan iqtisodiy usish o’rtasida muvozanat bo’lishi zarur. Shu bois, M. Fridmen monetar qoidalarni qonun yuli bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko’ra real yalpi ichki mahsulotning o’sishi bir yilda 3 foizni tashkil etganda (AQSh uchun) pul massasining o’rtacha o’sish sur`ati 3­5 foiz miqdorida belgilanishi lozim. Bu iqtisodiyotda faollikni keltirib chiqaradi. Agar pul taklifining ko’payishi yiliga 3-5 foizdan oshib ketsa, inflyaciyaning kuchayishiga olib keladi, agar pulning ko’payishi 3-5 foizdan past bo’lsa YaİM o’sishi pasayadi.

M. Fridmen fikri buyicha, Buyuk turg’unlik davri qiyinchiliklari, eng avvalo, federal rezerv tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi etmaganligi bilan bog’lik (fond bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo’lishi sababli). Pul massasining etishmasligi esa talabga salbiy ta`sir ko’rsatdi, real ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu erda shu narsani aytish kerakki, monetaristlarning tankidi behuda bo’lgani yuq, u keyinchalik o’z foydasini ko’rsatadi. 1987 yil 19 oktyabrda jahon miqyosida fond bozori sinishi ko’zatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning qat`iy qatti - harakati tezda o’z samarasini berdi. Rag’batlantiruvchi pul siyosati amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi sarosimani tuqtatdi.


Download 425.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling