4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy


Download 190 Kb.
bet1/19
Sana21.06.2023
Hajmi190 Kb.
#1638492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod

4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy


ta’limoti
4.1.“Buyuk ipak yo'li”ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o'rni.
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Evropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li - Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta Er dengiz mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o'ynagan.

Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u erda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan. Karvon yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.


Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg'ar, Dovon (Farg'ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So'g'dning markazi Samarqand va Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va Farbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublika-larining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Evropa (Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi tortganligi aniq.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o'z vatani, O'zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal ko'rgan. Otlar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.
Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o'tilgan.

      1. Download 190 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling