4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy
Merkantilizmning tarixiy ahamiyati
Download 190 Kb.
|
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod
Merkantilizmning tarixiy ahamiyatiMerkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtai nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o’chmas iz qoldirdi. Birinchidan, merkantilistlar kontseptsiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo’jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo’lsada, bu ularga ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo aynan bir xil bo’lgan emas. Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar shunday bo’lsada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki «yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan. Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining va Evropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Frantsiyada uning o’rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi. Xususan, Frantsiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol protektsionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrdagi Frantsiya ichki bozorining uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan «torligi» oqibatda aynan shu vaziyatga bog’lab tushuntirildi. Natijada, frantsuz merkantilizmi kolbertizm deb atala 17 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 63-b. boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o’ziga xos frantsuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi. Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Frantsiyaga nisbatan ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning protektsionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Man nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi. G’oyalar o‘z – o‘zidan paydo bo’lmaydi. Aksincha ular o’z davrlarida mashhur bo’lguncha ko’p vaqt e’tiborsiz qoladilar. Merkantilistlar davrida klassik maktab e’tiborini tortgan g‘oyalar paydo bo’lgan. Ular turli yo‘llar bilan shakllangan. Dastlab bu g‘oyalar ko‘pgina mualliflar tomonidan qabih fikirlar sifatida rad etilgan, keyinroq bir nechta mualliflar tomonidan qabul qilindi, nihoyat merkantilistlar davri tugadi va ana o‘sha qabih fikirlar klassik davrining eng markaziy bosh g‘oyalariga aylandi. Shuning uchun Adam Smitniki deb qabul qilingan g’oyalar avvalgi hukmron mercantilist g’oyalaridan uzoqlashgan ayrim noan’anaviy yozuvchilar mehnati evaziga shakllangan bo’lishi mumkin. 1500 – 1750 yillar davomida ijod qilgan mutaffakkirlarning har hilligi va tarqoqligini tushuntirish uchun ular haqida qisqacha tushuncha beramiz. Tomas Man, Uilyam Petti, Bernard Mandevil, Devid Hyum va Richard Kantillonlar shular jumlasidandir. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling