4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy


Merkantilizm tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni


Download 190 Kb.
bet12/19
Sana21.06.2023
Hajmi190 Kb.
#1638492
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod

Merkantilizm tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni


Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni import qilish
yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovar-lariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlan-tirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi
doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini
rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling