4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi
Download 190 Kb.
|
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligiDastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar: eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o’rnatishni; tovarlar importini har tomonlama cheklashni; mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikni. Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko’proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug’ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan qarashini o’zgartirishga majbur etdi. Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur kontseptsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo’lishi). Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o’sishidir. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim. Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xom-ashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan. Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‘rtasidagi nomutanosib- liklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‘pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o‘rnatadi degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko‘ra xalqlar bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq Hindistonda import qilingan arzon xom-ashyolardan Angliyada eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan bog‘liq, ilk Merkatilistlar yombilar eksporti qat’iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan.Keyinchalik yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xom ashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o‘rinli bo‘lishi mumkin degan farazni taklif etishgan. Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish; mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari); qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish. Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi. Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar. Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa Ispaniyaga yangi Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatiga e’tibor qaratgan.Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‘rni haqida tahliliy g‘oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy bosqichi o‘rtasidagi aloqa 1569 - yilda fransuz olimi Jiyn Bodin tomonidan taqdim etilgan. U 16 – asr davomida G’arbiy yevropada narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‘lgan kumush va oltin miqdorining o‘sishi deb hisoblangan. 1660-1776 yillar davomida bozor iqtisodi boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‘paydi. Merkantilistlar adabiyotining (markaziy) asosiy hususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekaniga ishonishdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, mablag‘ adekvatligi tashqi va ichki svdoning o‘sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‘zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarni boshqaradi, Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‘rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga ko‘ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‘sish sur’ati real faktorlar: mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan chambarchas bog‘liq. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling