4-Mavzu: O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy


Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad


Download 190 Kb.
bet3/19
Sana21.06.2023
Hajmi190 Kb.
#1638492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-Mavzu O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (4- sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 11-dekabr, 1048, G’azna) — XI asr qomusiy olimi.
Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya bo’lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo’shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari —
„Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Mas’udiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va
„Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.
995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o’lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval o’tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar.
Bag’dodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli o’sha davrning fanlar akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg’oniy, Habash Xasib,
Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „Donishmandlik uyi“ning a’zosi bo’lib, u yerda 7 yil ishlagan.
Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning Jo’rjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning ko’p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha
„Geodeziya“ deb yuritiladigan „Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bag’ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar“ asari ham 1029-yilda
G’aznada yoziladi. Oradan bir yil o’tgandan so’ng u o’zining „Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash“ kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qit’asini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. Uning fikriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb o'ylagan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o'rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zag'matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi.
Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi, deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).
Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri- bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Beruniy o’gitlaridan:
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne’matning qadri u yo’qolgandagina bilinadi.
Bugunning chorasini ko’rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Asalarilar ham o’z jinsidan bo’laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o’ldirib tashlaydilar.
Ikkala da’vogar rozi bo’lishibdi-yu, qozi rozi bo’lmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.
Haddan ortiq g’azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro’ni ketkazadi.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling