4-mavzu. O‘zbek tili tarixiy grammatikasining manbalari; adabiy-badiiy manbalar, qardosh tillar va sheva materiallari, ularda qo‘llangan yozuv tizimlari Reja


Download 161 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi161 Kb.
#1154702
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-amaliy

Oltoy tillari oilasi tasnifiga quyidagi tillar kiritilgan:

  1. Turkiy.

  2. Mo‘g‘ul.

  3. Koreya.

  4. Yapon.

  5. Tungus-manjur.

Turkiy tillar oilasi nazariyasiga kora, turkiy tillarni tasnif qilishda bazi olimlar geografik orinlashishni asos qilib oladilar. Masalan, V.V.Radlov turkiy tillarni to‘rt guruhga bo‘ladi:

  1. Sharqiy guruh — bunga oltoy, chulim turklari, qaragas, xakas, sho‘r, tuva va yenisey turklari tillari kiradi;

  2. G‘arbiy guruh — Sibir tatarlari, qirg‘iz, qozoq, boshqird, qoraqalpoq tillari;

  3. 0‘rta Osiyo guruhi — uyg‘ur, o‘zbek tillari;

  4. Janubiy guruh — turkman, ozarbayjon, turk tillari; yoqut Iili esa alohida guruhni tashkil etadi.

F.E.Korsh, I.Bensig, K.Menges, V.A.Bogoroditskiy, G.Ram- M;cdt tasniflari ham geografik (joylashish) asosida bo‘lib, tillar bir- bu idan ayrim xususiyatlari bilangina farqlanadi.
A.N.Samoylovich turkiy tillarni fonetik xususiyatlariga ko‘ra tasnif qiladi:

  1. R guruhi. Bu guruhga qadimgi bulg‘or, hozirgi chuvash tillari kiradi. Bu tillarda boshqa turkiy tillardagi y (qadimgi s — d/ /) tovushi rbo‘lib talaffuz etiladi: oyoq ura.

Boshqa fonetik xususiyatlari: taxar (to‘qqiz), pul (bol), tau// tu (tog‘), sari (sariq), qalan (qolgan).

  1. D guruhi. Bunga uyg'ur va shimoli-sharqiy turkiy tillar kiradi. Bu tillarda “y” tovushi d tarzida (0‘rxun-Enasoy yodnomalari, qaragas, salar, tuva, qadimgi turkiy tillari) yoki z/t tarzida (yoqut tili) talaffuz qilinadi.

Boshqa fonetik xususiyatlari: toquz, pol, tag% sarig‘, qalan.

  1. Tau guruhi (tog‘ so‘zini tau deb talaffuz qilinishiga ko‘ra). Bu guruhga shimoli-g‘arbdagi turkiy tillar — altay, qirg‘iz, qumiq, qarachay-balqar, qarayim, tatar, boshqird, qozoq, no‘g‘ay tillari kiradi. Boshqa fonetik xususiyatlari: tog‘uz, ayaq, bol-//bul~, tau, sari, qalg‘an.

  2. TagHiq guruhi (tag‘liq deb talaffuz qilinishiga ko‘ra). Bu guruhga janubi-sharqdagi turkiy tillar — eski o‘zbek tili, hozirgi uyg‘ur va o‘zbek tillari kiradi. Boshqa fonetik xususiyatlari: tog'uz./ /toqqis, ayaq, bol, tag*, sarig‘, qalg'an// qalgan.

  3. Tag‘li guruh (tag‘li deb talaffuz qilinishiga ko‘ra). Bu gu­ruhga Xorazm o‘zbeklari, qipchoq-turkman tillari kiradi: doquz, ayaq, bol, tag\ sari, qalgan.

  4. 07guruhi (6o7- fe’li o7- deb talaffuz qilinishiga ko'ra). Bu guruhni janubi-g‘arbdagi turkiy tillar tashkil etadi (ozarbayjon, turk, gagauz tillari).

Boshqa fonetik xususiyatlari: doquz, ayaq, dag‘, sari, qalan12.
N.A. Baskakov va boshqa olimlar turkiy tillarni etnik tarkibiga ko‘ra tasnif qiladilar. Bu tasnifga ko‘ra, turkiy tillar sharqiy va g‘arbiy turkiy tillarga bo‘linadi.
Turkiy tillarning sharqiy guruhiga qadimgi uygTir, tuva, tofalar (karagas), yoqut, xakas, sho‘r, chulem, altay, qirg‘iz, Oltoy tillari kiradi. 0‘zbek tili tarixi bilan bevosita aloqador bo'lgan g‘arbiy tarmoq turkiy tillar quyidagicha guruhlarga bo‘linadi:

  1. 0‘g‘ıız guruhi (yoki janubiy va janubi-g‘arbiy guruh).

Bu guruhga turkman, gagauz, ozarbayjon, turk tillari kiradi. 0‘g‘uz guruhiga kirgan tillarning asosiy xususiyatlari:

  1. so‘z oxiridagi g, g‘tovushlari saqlanadi: beg, dag‘;

  2. so‘z boshidagi t, k, <7 tovushlari jaranglilashadi: tildil, kor - gär;

d) bo‘l — o‘rnida o‘l — shakli ishlatiladi;

  1. tushum kelishigi -/, qaratqich kelishigi -in shaklida qo‘lla- nndi, jo'nalish kelishigining -a, ya shakllari bor;

  1. singarmoniya, asosan, saqlanadi;

j) sifatdoshning -asi, -mish, -an shakllari qoilanadi va boshqalar.

  1. Qipchoq guruhi yoki g'arbiy va shimoli-g‘arbiy guruhi.

Bu guruhga tatar, boshqird, qarayitn, qumiq, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, altay, no£g‘ay tillari kiradi. Qipchoq guruhiga mansub turkiy tillarning ba’zi umumiy xususiyatlari:

  1. unlilar 8—9 gacha boradi (a -ä, i — i, u — ü, o — ѳ, e)\

  2. t, k tovushlari so‘z boshida jaranglashmaydi (til, kel)\

  1. q tovushi x ga, ba’zi o‘rinlarda y tovushi / ga o‘tadi;

  1. ch>sh, slı>s: qash so‘zi qach o'rnida, qis so‘zi qish o‘rnida (c|ozoq, qoraqalpoq tilida).

  1. Qarluq guruhi yoki 0‘rta Osiyo guruhi.

Bu guruhga o‘zbek va hozirgi uyg‘ur tillari kiradi. Qarluq gu- nihiga kiruvchi tillarning asosiy xususiyatlari:

  1. tillar va shevalararo unlilar miqdori 6 tadan 9 tagacha o‘zgarib turadi;

  2. p, t, k, q tovushlari ikki unli o‘rtasida jarangsizligini saqlay oladi;

  1. so‘z oxirida j, g‘,g undoshlari saqlanadi yoki q undoshi k ga o'tadi;

  1. q va k fonemalari farqlanadi;

f) -g‘an qo‘shimchali sifatdosh juda keng qo‘llanadi;
j) qaratqich kelishigining qo‘shimchasi to‘liq -niij shaklida qoMlanadi.

  1. Bulg‘or guruhi.

Bu guruhga chuvash tili va o‘lik bulg‘or tillari kiradi. Barcha turkiy tillardan o‘zining fonetik-morfologik xususiyatlari bilan kes- klu farqlanadi.
0‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirish masalasi
Turkshunos olimlar o‘zbek tili tarixini turlicha davrlashtiradi- lar. N.A. Baskakov turkiy tillarni quyidagicha davrlashtiradi:

  1. Oltoy davri (eramizgacha).

  2. Xun davri (V asrgacha).

  3. Qadimgi turk davri (V—X asrlar).

  4. 0‘rta turk davri (X—XV asrlar).

  5. Yangi turk davri (XV—XX asrgacha).

  6. Eng yangi davr (XX asrlar)13.

S.E.Malov o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo‘ladi: uy- g‘ur davri, chig'atoy davri va hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bu davr- lashtirishga ko‘ra, hozirgi o‘zbek adabiy tili chig'atoy adabiy tilidan, bu til esa, o‘z navbatida, uyg‘ur adabiy tilidan kelib chiqadi.
S.E.Malov bu tillar taraqqiyotini uch bosqichga bo'ladi:

  1. bosqich. Turkiy tillarning d- lashish bosqichi. Bu bosqichda so‘z oxiri va o‘rtasidagi hozirgi y tovushi d tarzida talaffuz qilina- di. Bu tilga run va qadimgi uyg‘ur yozuvida ma’lum bo‘lgan yodnomalar tili kiradi.

  2. bosqich. 0‘tkinchi davr. Bu davrda d- lovchi tillar y- lashga o‘tadi: qadin>qayin, adaq>ayaq, kedin>keyin kabi. Bu xususiyat oldin jonli tilda ro‘y berib, keyinroq yozma adabiy tilga ko‘chadi.

  3. bosqich. Til batamom y- lashishga o‘tgan bosqich. Bu davr­da arab alifbosi asosiy yozuv bo‘lib qoladi. Tilga, ayniqsa, uning adabiy shakllariga g'arbiy (o‘g‘uz) guruh tillarining ta’siri kuchayadi14.

A.N. Samoylovich o'zbek tili tarixini quyidagi davrlarga bo'ladi:

  1. davr: qoraxoniylar davri adabiy tili (X—XI asrlar). Bu davr adabiy tilini qoraxoniylar davrida yozilgan adabiy asarlar tili tashkil etadi.

  2. davr: o‘g‘uz-qipchoq adabiy tili davri (XII-XIV asrlar). Sir- daryoning quyi oqimi va Xorazmda shakllangan adabiy til bu davr tilini tashkil etadi.

  3. davr: 0‘rta Osiyo turkiy adabiy tili davri (XIV—XX asrlar). Bu davr tilini XIV asrdan XX asr boshlarigacha yozilgan asarlar tili tashkil etadi. A.N.Samoylovich hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini uchinchi davr adabiy tilining davomi deb tushuntiradi15.

A.K.Borovkov bu davrlashtirishni ba’zi o‘zgartishlar bilan qabul qiladi16.
A.M.Sherbak o‘zbek tili tarixida quyidagi bosqichlarni belgilaydi:

  1. birinchi bosqich — o‘zbek adabiy tilining eng qadimgi davri (X—XIII asrlar); 2) ikkinchi bosqich — o‘zbek adabiy tilining o‘rta — “chig‘atoy” tili davri (XIV—XVII asrlar); 3) uchinchi, “yangi” bochqich (XVII—XVIII asrlar); 4) eng yangi bosqich (XIX asrdan boshlanadi)17.

O.Usmonov o‘zbek tili tarixini quyidagicha davrlashtiradi:

  1. qadimgi tugyu tili (VI-IX asrlar);

  2. qadimgi o‘zbek tili (IX—XII asrlar);

  3. eski o‘zbek tilining ilk davri (XIII-XIV);

  4. eski o‘zbek tili (XIV—XIX);

  5. hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili.

0‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishda ikki masala yoddan ko‘tarilmasligi kerak. Birinchidan, o‘zbek tili tarixini o‘zbek xalqi shakllana boshlagan davrdangina (XI—XII asrlar) boshlash noto‘g‘ridir. Chunki XIV asrga kelib shakllangan o'zbek tili uzoq yillik tarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, bu davrga qadar o‘zbek tilining shakllanishida asos bo'lgan qadimgi turkiy qabila va urug‘ tillar qo'llanar edi. Ikkinchidan, qadimgi va 0‘rta Osiyo (VII— XII asrlar) turkiy tilni qadimgi yoki eski o‘zbek tili deb atab, faqat o‘zbek tiliga nisbat berish ham o‘rinsizdir. Sababi, VII—XIII asrlardagi turkiy qabila va urug‘ tillari faqat o'zbek tili uchungina emas, balki boshqa turkiy tillar (uyg‘ur, turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalar) uchun ham asos bo‘lgan.
0‘zbek adabiy tili tarixida quyidagi davrlar ajralib turadi:

  1. Eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr tili).

  2. Qadimgi turkiy adabiy til ( VII asrdan X asrgacha bo‘lgan davr tili).

  3. 0‘rta Osiyo adabiy tili (XI—XIV asrlargacha).

  4. Eski o‘zbek adabiy tili (XIV—XVII asrlargacha).

  5. Yangi o‘zbek adabiy tili (XVII—XX asr boshlari).

  6. Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asrning 30-yillari).

  1. bosqich. Eng qadimgi turkiy tilni 0‘rta Osiyo hududida yasha- gan eng qadimgi sak va massaget qabilalari tili, ularga xun va yue-chji hamda boshqa turkiy qabila va urugiar tilining arala- shuvidan hosil bo‘lgan til tashkil etadi. Bu tillarga oid birorta matn (yozma yodgorlik) qolgan emas, ammo bu urug‘ tillari hozirgi zamon turkiy tillarining, jumladan, o‘zbek tilining shak- llanishiga asos bo‘lgan. Keyingi davrdagi turkiy tillar ana shu mahalliy tillar bilan aralashib ketgan. Qadimgi turkiy tilni o'rgangan akademik A.N. Konnov va S.G. Klyashgorniy bu tilning mukammalligini qayd etib, bunday tilning shakllanishi miloddan avval boshlanganini ko‘rsatib o‘tadilar. «Devonu lug‘atit-turk»da keltirilgan she’riy parchalar ham miloddan oldingi davrda boy og‘zaki adabiyot bo'lganini isbotlaydi.

  2. bosqich. Qadimgi turkiy adabiy til — turk xoqonligi barpo bo‘lgandan (VI asr), to qoraxoniylar davrigacha (X asr) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan run, uyg‘ur, sug‘d, moniy, braxman yozuvlarida yozilgan yodgorliklar hozirgacha yetib kelgan. Bu yodgorliklar toshlarga, sopollarga, yog‘ochlarga, terilarga yozilgan. Ana shunday yozma yodnomalardan eng mashhuri Kultegin (731) va Toŋyuquq (712—716) sha’niga qo‘yilgan tosh yozmadir. Toshga yozilgan bu yodnomalar 0‘rxun daryosi yonidan (Mo‘g‘uliston) topilgani uchun 0‘rxun yodnomalari yoki yozuviga ko‘ra, turk-run yodnomalari deyiladi. Yodnomalar XVIII asrning ikkinchi yarmida topilgan. Bunday yodnomalar keyinroq boshqa yerlardan ham (Yenisey daryosi bo‘ylari, Talas vodiysi, 0‘rta Osiyo, hatto

Vengeriyada) ko‘plab topildi. Run yozuvlarining sirini V. Tomsen (1893) va V.Radlov ochishga muvaffaq bo‘ldi (1894).
Qadimgi turkiy til o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu til d- lovchi til hisoblanib, morfologik tomondan ham alohida xususiyatga ega bo‘lgan. Chunonchi, tushum kelishigi -g‘/-g qo‘shimchasiga, jo'nalish kelishigi esa -g‘aru/-gürü shakliga ham ega bo‘lgan, hozirgi chiqish kelishigi qo'shimchasi qo‘llanmagan. Sifatdosh va ravishdoshning o‘ziga xos shakllari ishlatilgan (-dug, -g‘ma, -u, -ta va boshqalar), shart fe’li -sar shaklida bo‘lgan va hokazo. Shunday bo‘lsa-da, 0‘rxun-Enasoy yodnomalari tili ko‘p jihatdan hozirgi zamon turkiy tillariga yaqin turadi.
Ill bosqich. 0‘rta Osiyo adabiy tili. Til taraqqiyotining bu bosqichi qoraxoniylar davlati barpo bo‘lish davri bilan boshlanadi (XI—XIII asrlar).
Bu bosqichda o‘zbek xalqi va umum tilining shakllanishiga zamin tayyorlana boshlaydi. Boshqa qardosh turkiy xalq va tillari- ning shakllanishi ham shu davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraxoniylar sulolasi davrida Movarounnahr va Qashqarda qarluq-uyg‘ur va qisman qipchoq-o‘g‘uz urug‘ tillari xususiyatini o‘z ichiga olgan turkiy adabiy til mavjud edi. Bu adabiy tilda “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘atit-turk”, “Hibatul haqoyiq”, Yas- saviyning “Hikmatlar”i, “Tafsir”, “0‘g‘uznoma”, Rabg‘uziyning “Qissas-ul anbiyo”si kabi asarlar yozilgan.
Qutadg‘u bilig” falsarıy didaktik xarakterdagi asar boiib, Qoshg‘arda Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069— 1970-yillari yozib tugatilgan. Hozir bu asarning uch nusxasi mavjuddir (Farg‘ona va Qohira nusxalari arab yozuvida, Vena nusxasi uyg‘ur yozuvida). Bu asar qarluq tili xususiyatlarini ko‘proq aks ettiradi.
Devonu lug‘atit-turk” asari Mahmud Koshg'ariy tomonidan 1073—74-yillari yozib tugallanadi. Koshg‘ariy bu asarida o‘z za- inonasidagi turkiy urug‘ tillarining xususiyatlari, joylanishi haqida ma’lumot beradi, tasnifmi va ularning boy lug'atini tuzadi.
Yassaviy “Hikmatlar”ining hozirgi nusxasi til jihatdan juda o'zgartirib yuborilgan, o‘z davrining til xususiyatini aks ettirmaydi. Vassaviy hozirgi Turkiston shahri yonida (Yassada) yashab, 1166- vili vafot etgan, deb taxmin qilindi.
Hibatul haqoyiq” asari XII asrlarda Ahmad Yugnakiy tomo­nidan yozilgan. Ushbu risolaning tili, bir tomondan, eski turkiy tilga, ba’zi xususiyatlari bilan eski o‘zbek tiliga yaqin turadi.
Garchi “0‘g‘uznoma” X asrda yozilgan bo‘lsa-da, bu asaming tili “Hibatul haqoyiq”ning tiliga nisbatan eskiroqdir. Shuning uchun ham bu asar mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davrda yaratilgan, deb taxmin qilinadi. Asar qipchoq, qang‘li, qarluq tili xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Qissas-ul anbiyo” asari Qarshiga yaqin Raboti o‘g‘uz degan joyda qozi Burhoniddin o‘g‘li Nasriddin Rabg‘uziy tomonidan 1310-yili yozilgan.
Bu davrga oid yozma manbalarning yana biri “Tafsir”dir. “Taf- sir”ning bir necha nusxasi ma’lum. Bu nusxalardan biri Qarshidan topilgan. A.K.Borovkovning fikricha, asar til jihatdan turli turk urugMarining til xususiyatini ifodalaydi (olim qo‘lyozmani taxminan XII —XIII asrlarga oid deb biladi).

Download 161 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling