4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja
O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning
Download 255.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining dastlabki bosqichi
O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning
natijalari: 1991-2000 yillarda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy konsepsiyasi belgilab olindi va konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. Mavjud tajriba va qonunchilikni tahlil qilish asosida sud-huquq tizimi islohotlarini chuqurlashtirish, odil sudlov tizimini demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi; O„zbekiston o„z mustaqilligini qo„lga kiritgan paytda sobiq sho„rolar davridan markazlashgan totalitar tuzum, ma‟muriy buyruqbozlikka va yakka mafkuraga asoslangan davlat boshqaruvi, rejali-taqsimot tizimi meros sifatida qolgan edi. Mustaqillik e‟lon qilingan dastlabki yillardan O„zbekiston bozor iqtisodiyotiga o„tishning “o„zbek modeli” deb nom olgan o„z taraqqiyot yo„lini belgilab oldi. Uni amalga oshirish uchun davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o„tishning besh prinsipi ilgari surildi va ushbu prinsiplar asosida davlat va jamiyat qurilishida islohotlar izchil, tizimli amalga oshirilib kelinmoqda. O„zbekiston Respublikasi birinchiPrezidenti I.Karimov ta‟kidlaganidek, “Sud hokimiyati - mustaqil hokimiyat. Qonunga qat‟iy rioya qilish va uning fuqarolar tomonidan so„zsiz bajarilishini ta‟minlash - sud hokimiyatining oliy burchidir.” 5 Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining dastlabki bosqichi Sud-huquq islohotlarining dastlabki bosqichida bir qancha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ya‟ni, O„zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimida tub islohotlarni amalga oshirishga katta e‟tibor qaratdi. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko„lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o„n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko„tarilganini ko„p-ko„p misollarda ko„rish mumkin.Jumladan, 1991 yil 20 noyabrda “Hakamlik sudi va xo„jalik nizolarini hal etish tartibi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq ijro hokimiyati qoshidagi “arbitraj” sud hokimiyatining tarmog„i sifatida “sud” maqomini oldi. Qonunda hakamlik sudining vazifalari, hakamlik sudlarining tizimi, xo„jalik nizolarini hakamlik sudi tomonidan hal etish tartibi belgilandi. 1992 yil 8 dekabrda O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimizning qabul qilinishi sud-huquq tizimini milliy konsepsiyasining, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asosini belgilab berdi. Asosiy Qonunimizning 11-modda- sida O„zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo„linishi prinsipiga asoslanishi mustahkamlandi. 5 Karimov I.A. Istiqlol yo„li: muammolar va rejalar. – T.: O„zbekiston, 1992. 7 Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‟minlash, uni sobiq tuzumda bo„lgani kabi qatag„on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‟nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko„lamli tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlar amalga oshirildi. Konstitutsiyaning 106-moddasida O„zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi mustahkamlandi. O„zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy xo„jalik sudi, Qoraqalpog„iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha oliy sudlari, Qoraqalpog„iston Respublikasi xo„jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo„jalik sudlaridan iborat. Sudlarning haqiqiy mustaqilligini va erkinligini ta‟minlashda sudyalarning lavozimlarga Prezident tomonidan tayinlanishi xalqaro tajribada o„zini oqlagan eng maqbul yo„l hisoblanadi. Prezident tomonidan sudyalarni tayinlash sudyalarga o„z vakolatlarini bevosita davlat boshlig„idan olish imkonini beradi. Bunday maqom sudyalar uchun odil sudlovni O„zbekison Respublikasi nomidan amalga oshirish kafolatini kuchaytiradi. Konstitutsiyada O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo„jalik sudining vakolatlari belgilanib, ularga taalluqli bo„lgan ishlar ko„rsatildi. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 112-moddasida sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo„ysunishlari belgilandi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo„l qo„yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo„lishi belgilandi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlandi. Asosiy Qonunimizning 114-moddasiga ko„ra sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. Sud-huquq islohotlarining rivojlanishi sobiq ittifoq davrida o„ta markazlashgan, faqat vertikal buysinishga asoslangan markazga to„g„ridan-to„g„ri hisob beruvchi respublika prokuratura organlari tizimini mustaqil O„zbekiston Respublikasi organiga o„tkazish to„g„risidagi Davlat rahbarining siyosiy qarori muhim ahamiyatga ega bo„ldi. 1992 yil 9 dekabrda “Prokuratura to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining 8 Qonuni qabul qilindi. U mamlakatimizda prokuratura idoralari faoliyatining huquqiy asosi bo„lib xizmat qildi. Unda O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo„ysunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, davlat qo„mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokimlar, shuningdek kimga bo„ysunishidan, kimning tasarrufida bo„lishidan va mulkchilik shaklidan qat‟i nazar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishlari belgilandi. Sud hokimiyatining huquqiy asoslari 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Sudlar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonunida belgilab berildi. Unda sud tizimi, O„zbekistonda odil sudlovni faqat sud amalga oshirishi, sudyalar mustaqilligi, faqat qonunga bo„ysunishi, sudyalarning odil sudlarni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo„l qo„yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo„lishi, O„zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi yana bir bor mustahkamlandi. Shuningdek, mazkur Qonunda inson huquqlarini ta‟minlashning demokratik prinsiplari: sudlovning oshkoraligi, aybsizlik prezumpsiyasi, umumiy sudlar, xo„jalik sudlari, sudyalarning maqomiga bag„ishlangan huquqiy normalar mustahkamlandi. 1994 yil 22 sentabrda O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat- protsessual kodeksi, Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodekslari qabul qilindi. Ushbu kodekslar shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo„riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash, jinoyatlarni tez va to„la ochish, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo„lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish hamda qonunning to„g„ri tatbiq etilishini ta‟minlash, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta‟minlash, ma‟muriy huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarning o„z vaqtida va ob‟ektiv ko„rib chiqilishini ta‟minlashni asosiy maqsad qilib belgiladi. “O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni 1995 yil 30 avgustda qabul qilinib, unda O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko„radigan sud hokimiyati organi hisoblanishi belgilandi. Shuningdek, Qonunda Konstitutsiyaviy sud O„zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qabul qilgan boshqa hujjatlar, O„zbekiston Respublikasi 9 Prezidentining farmonlari, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari, O„zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalar bilan olgan va boshqa majburiyatlari O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlashi; Qoraqalpog„iston Respublikasining Konstitutsiyasi O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog„iston Respublikasining qonunlari O„zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to„g„risida xulosa berishi; O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh berishi; O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o„zining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko„rib chiqishi ko„rsatildi. Konstitutsiyaviy sud faqat O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etishi va xulosalar berishi belgilandi. “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni 1995 yil 30 avgustda qabul qilindi. Unda har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g„ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o„z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlandi. 1997 yil 1 martdan kuchga kirgan bozor munosabatlarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgiladi, shartnoma majburiyatlari va o„zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog„liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solish huquqiy asoslarini belgilab berdi. Yurtimizda odil sudlov tizimini demokratlashtirish, sud jarayonida ayblov va himoyani amalda tengligini ta‟minlash va advokatura mavqeini ko„tarish maqsadida 1996 yil 27 dekabrda “Advokatura to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Qonunda advokatura – huquqiy institut bo„lib, u advokatlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug„ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko„ngilli, kasbiy birlashmalarini o„z ichiga olishi ko„rsatildi. Mazkur Qonunda advokatga qo„yiladigan talablar, advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, advokatlik faoliyatining turlari, advokatning huquqlari hamda vazifalari, advokatlik siri, advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokatning ijtimoiy huquqlari, uning intizomiy javobgarligiga oid masalalar yoritildi. 10 1997 yil 25 aprelda O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi qabul qilindi. Unda jazo ijrosini ta‟minlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonuniy asoslari, shuningdek, jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta‟sir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini; mahkumlarning huquqiy maqomini; mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo„llash tartibini; mahkumlarni jazoni o„tashdan ozod qilish tartibini; jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar o„zini o„zi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki belgilandi. Sud ishlarini yuritishning protsessual tartibini belgilash va takomillashtirish, bu jarayonda inson huquqlarini yanada kengroq ta‟minlash tizimini isloh etish maqsadida 1997 yil 30 avgustda O„zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo„jalik protsessual kodeksi (yangi tahriri) qabul qilindi. Ularda fuqarolik sudlarida va xo„jalik sudlarida sud ishlarini yuritish tartibi belgilandi. FPKga ko„ra fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o„zini o„zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo„riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to„g„ri, o„z vaqtida ko„rib chiqish va hal etishdan iboratdir. XPKda xo„jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi: 1) iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo„riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; 2) iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko„maklashish. XPKda birinchi marta sud buyrug„i nomli yangi huquqiy institut joriy qilindi. Advokatlarning prokurorlar bilan mavqeini tenglashtirish, ular faoliyatini kafolatlash va advokatlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida 1998 yil 25 dekabrda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga ko„ra advokatlik faoliyati bilan O„zbekiston Respublikasining fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‟tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar, shug„ullanishga haqlidir. Qonunda advokatning vakolatlari, uning mustaqilligini ta‟minlash, advokatning daxlsizligi, advokatning faoliyatiga aralashishga yo„l qo„yilmasligi, advokatning ijtimoiy himoyasi choralari bilan bog„liq demokratik normalar belgilandi. 11 O„zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlarning natijalari: Download 255.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling