4-mavzu. O„zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishning milliy strategiyasi Reja
Download 255.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu O‘zbekistonda sud huquq tizimini isloh qilishning milliy
2001-2010 yillar sudlarni ixtisoslashtirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, odil
sudlov sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining mas‟uliyatini kuchaytirish, tadbirkorlik sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo„yicha huquqiy asoslarni takomillashtirishga qaratilgan va boshqa tadbirlar amalga oshirildi; Sud-huquq islohotlarining ikkinchi bosqichi. Sud-huquq islohotlarining ikkinchi bosqichidasud hokimiyatini bosqichma- bosqich mustahkamlash, sudning mustaqilligini ta‟minlash, sudlarni ixtisoslashtirish kabi muhim yo„nalishlarda islohotlar davom ettirildi. Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to„xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo„zg„atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo„ldi. Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‟minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug„ullanish vazifasi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 4 maydagi “Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo„yicha Oliy malaka Komissiyasini tuzish to„g„risida”gi PF-2599-sonli Farmoni bilan tuzilgan maxsus organ – O„zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo„yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatildi. Bundan asosiy maqsad sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo„yishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga tayinlash masalalarini hal etish chog„ida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini ta‟minlashdan iborat edi. O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli tuzilma – Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta‟minlash departamenti tashkil etildi. Bu esa sudlarning ularga xos bo„lmagan vazifalardan sezilarli darajada xalos bo„lishi va butun diqqat-e‟tiborini o„zlarining asosiy burchi bo„lmish odil sudlovni amalga oshirish uchun qaratish imkonini berdi. 2001 yil 29 avgustda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unda sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag„lari va boshqa mol-mulkni o„zga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o„zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish ekanligi ko„rsatildi. Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta‟minlash vazifasi maxsus vakolatli organ – Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta‟minlash departamentiga yuklatildi. 12 Mustaqillikni qo„lga kiritgandan so„ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning to„laqonli mustaqil tarmog„i sifatida o„z o„rniga ega bo„lib bormoqda. Sudlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga bo„ysunishini ta‟minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirildi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi “O„zbekiston Respublikai sud tizimini takomillashtirish to„g„risida”gi Farmoni bilan umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, jinoyat ishlari bo„yicha tuman sudlari va fuqarolik ishlari bo„yicha tumanlararo sudlar tashkil etilishi nazarda tutildi. Bu sudyalar faoliyatining sifatini oshirish hamda odil sudlovni ta‟minlashga xizmat qilmoqda. 2000 yil 14 dekabrda “Sudlar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur Qonun fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirdi hamda sudlarning ixtisoslashuvini mustahkamladi. Unga ko„ra, “umumiy sudlar” “umumiy yurisdiksiya sudlari” sifatida ko„rsatildi va umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo„yicha sudlar tashkil etildi. Bu o„z navbatida ularning jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko„rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini to„la va har tomonlama himoya qilish bo„yicha faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu o„rinda ta‟kidlash joizki, rivojlangan davlatlarning sud tizimi tajribasidagi hayot sinovidan o„tgan sudlarni ixtisoslashtirish fuqarolarning huquq va erkinliklari sud yo„li bilan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishdagi muhim omillardan biridir. Yangi tahrirdagi “Sudlar to„g„risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo„lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, har qanday ko„rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini ta‟minlash, fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy himoya qilish ishlarini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi. I.Karimov qayd etganidek, “Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta‟minlash bo„yicha katta ko„lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aynan ushbu davrda kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko„rishning apellyatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo„ldi. Mazkur o„zgarishlarga muvofiq endilikda apellyatsiya instansiyasi ishni yangitdan ko„rib chiqishga yubormasdan, uni o„zi to„la hajmda ko„rib chiqishi mumkin. Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sud qaroridan norozi bo„lgan taqdirda, o„z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instansiyasida, o„z advokati ishtirokida bevosita himoya qilish imkoniga ega bo„lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko„rib chiqish tartibi batamom tugatilganini ta‟kidlash lozim. Amalga oshirilgan o„zgarishlar tahlili shuni ko„rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo„l qo„yilgan xatolarni o„z 13 vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo„l qo„ymaslikning muhim kafolatiga aylandi. Shu borada quyidagi raqamlarga e‟tiboringizni qaratmoqchiman. Agar 2000 yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo„lsa, 2009 yil yakunlariga ko„ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig„i apellyatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.” 6 Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo„jalik ishlari bo„yicha ixtisoslashuvi, jinoiy jazolarning liberallashuvi, yarashuv institutining joriy etilishi, mamlakat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni chuqurroq o„rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo„li bilan hal etish imkoniyatini tug„dirdi. O„zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, xo„jalik protsessual va fuqarolik protsessual kodekslariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi Qonuni bilan fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi. Aynan ushbu Qonun bilan kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko„rishning apellyatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo„ldi. Mazkur o„zgarishlarga muvofiq endilikda apellyatsiya instansiyasi ishni yangidan ko„rib chiqishga yubormasdan, uni o„zi to„la hajmda ko„rib chiqishi mumkin. 2001 yil 29 avgustda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksiga o„zgartishlar va qo„shimchalar kiritish haqida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga ko„ra, jinoyatlarning tasnifi o„zgartirildi. Buning natijasida og„ir va o„ta og„ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan va uncha og„ir bo„lmagan jinoyatlar toifasiga o„tkazildi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo„yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o„rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo„llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo„lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararning o„rni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo„llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi. Bundan tashqari huquqni qo„llash va sud amaliyotiga yarashuv instituti joriy etildi. Yarashuv institutining talabiga ko„ra, ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to„liq qoplab bergan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Hozirgikunda 53 ta jinoyattarkibibo„yichayarashuvinstitutiniqo„llashimkoniyatinazardatutilgan. Shu borada yana bir misolga e‟tibor beraylik. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o„tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 6 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma majlisidagi ma‟ruza. 2010yil 12 noyabr / I.Karimov. -Toshkent: «O„zbekiston», 2010. - 18 bet 14 2001 yil 29 avgustda “Prokuratura to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qabul qilinishi, prokuratura organlarining fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyasini ta‟minlashga yo„naltirilgan faoliyatlarini yanada takomillashtirdi. Unda: • fuqarolar prokurorlik nazorati ob‟ektlari qatoridan chiqarildi; • prokurorlarning sud qarorlari ijrosini to„xtatish huquqi bekor qilindi; • prokurorlarning ijro etish uchun majburiy bo„lgan amrnoma kiritish vakolati olib tashlandi; • shahar va tuman prokurorlarining tergov va aybdorlarni qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqi bekor qilindi; • qonunga viloyat, tuman, shahar prokurorlari qonunchilikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli to„g„risida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga har yili bir marotaba axborot berib turishi shart ekanligi haqidagi qoida kiritildi; • O„zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo„lsa, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinishi belgilandi. 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo„shma majlisidagi jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishga bag„ishlangan dasturiy ma‟ruzada prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini jiddiy cheklash bo„yicha qonunchilik normalariga zarur o„zgartishlar kiritilganligini, bugungi kunda sud jarayonida tortishuv tamoyili, ya‟ni prokuror bilan advokat huquqlarining tengligi ta‟minlanayotganligini alohida ta‟kidlagan. 7 O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Tadbirkorlik sub‟ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-3619-sonli Farmoni bilan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik sub‟ektlariga nisbatan huquqiy ta‟sir choralarini faqat sud orqali qo„llanish tartibi joriy etildi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 iyundagi “Tadbirkorlik sub‟ektlarining xo„jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to„g„risida”gi PF-3622-sonli Farmoni bilan tadbirkorlik sub‟ektlari tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, shuningdek Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg„armalariga to„lovlar kamroq tushishiga olib kelmaydigan huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat ma‟muriy javobgarlik choralari qo„llanilishi belgilandi. Materiallar sud instansiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik sub‟ekti soliqlar va boshqa majburiy to„lovlarni to„lamaganlik uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o„rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to„lagan tadbirkorlik sub‟ekti moliyaviy sanksiyalar qo„llanilishidan ozod etilishi belgilab qo„yildi. 7 Karimov I.A. O„zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo„lmaydi. T.13. –T.: O„zbekiston, 2005. -174-222 . 15 O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustda “O„zbekiston Respublikasida o„lim jazosini bekor qilish to„g„risida”gi PF-3641-sonli Farmoni bilan O„zbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o„lim jazosi bekor qilindi va uning o„rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etildi. Umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo„yicha Qoraqalpog„iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O„zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan tayinlanishi mumkinligi; jinoyat sodir etganlik uchun umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni maxsus tartibli jazo ijro etiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalarda o„tashlari belgilandi. 2007 yil 11 iyulda “O„lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan jinoiy jazolar tizimidan o„lim jazosi chiqarib tashlandi va uning o„rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Mamlakatimizda o„lim jazosining bekor qilinishi xalqaro hamjamiyatning katta e‟tibor va e‟tirofiga sazovor bo„lgani, albatta, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik o„ta muhim voqeadir. Nufuzli xorijiy ekspertlarning ta‟kidlashiga ko„ra, ushbu chora va bu sohada yuqorida ko„rsatilgan boshqa bir qator ishlarning amalga oshirilishi bilan O„zbekistonda dunyodagi eng liberal jinoiy jazo tizimlaridan biri yaratildi. Chet el tajribasini o„rgangan xalqaro ekspertlarning bu boradagi qiyosiy tahlillariga asosan, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va Polshada 5 ta, Belgiya va Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, Shvesiyada 13 ta, Fransiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi bo„yicha tayinlanishi qayd etilgan. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi sifatida ko„rsatilib, faqat ikki turdagi jinoyat, ya‟ni javobgarlikni og„irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o„ldirish va terrorizm uchun tayinlanishi belgilandi. Ushbu jazo turi mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo„llanilishi mumkin emasligi ko„rsatildi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 avgustdagi “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o„tkazish to„g„risida”gi PF-3644-sonli Farmoni bilan jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi 2008 yil 1 yanvardan e‟tiboran sudlar vakolatiga o„tkazildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qonunda belgilangan boshqa ehtiyot choralarini qo„llash samarasiz bo„lgan alohida holatlarda va faqat jinoyat ishlari bo„yicha sudlar yoki harbiy sudlar vakolatiga muvofiq ularning qarori bo„yicha amalga oshirilishi lozimligi belgilandi. 2007 yil 11 iyulda “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o„tkazilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 16 Mazkur Qonun bilan qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o„tkazildi. Endilikda hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi belgilandi. Shuningdek, mazkur Qonun bilan sudlar tomonidan qamoqqa olishga sanksiya berishning protsessual tartibi o„rnatildi. Bu borada “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya‟ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o„tkazilishi prinsipial qadam bo„ldi. Ushbu qarorning o„z vaqtida va puxta o„ylab qabul qilingani bugungi kunda ko„pgina amaliy misollarda o„z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo„lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo„llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi. Mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohani liberallashtirish borasidagi islohotlar haqida gapirganda, jinoyat-protsessual qonunchiligimizga kiritilgan o„zgartishlarga muvofiq tergov va shaxsni qamoqda saqlash muddatlari qisqartirilganini ta‟kidlash lozim. Sud-huquq sohasini isloh qilishda fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo„yicha davlat sudlari bilan birga nodavlat sudlarini, ya‟ni hakamlik sudlarini, sudgacha taraflarning o„zaro kelishuvini tashkil etish yuzasidan mediatsiya institutini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Bu borada 2006 yil 16 oktabrda “Hakamlik sudlari to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi va hakamlik sudlarini tashkil etishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Ushbu Qonunda hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko„rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) – fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub‟ektlari o„rtasida vujudga keluvchi xo„jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ ekanligi, hakamlik sudida nizoni hal etish uchun hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan O„zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik sudyasi bo„lishi mumkinligi ko„rsatildi. Hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub‟ektlari o„rtasida vujudga keluvchi xo„jalik nizolarini hal etishi belgilandi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi “O„zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-3993-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonda advokatura institutini yanada isloh qilish fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har tomonlama ta‟minlashga qaratilgan sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi deb hisoblanishi ko„rsatildi. Unda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida advokaturaning samarali o„zini o„zi boshqaradigan markazlashtirilgan tizimini tashkil qilish; advokatlikka nomzodlarning malakasiga nisbatan qo„yilayotgan talablarni kuchaytirish, ularning yuridik soha 17 bo„yicha ish tajribasiga ega bo„lishi va advokatlik tuzilmalarida amaliyot o„tashi, shuningdek advokatlarning muntazam kasbga oid malakasini oshirish; advokaturani halol va kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan to„ldirishda samarali litsenziyalash tizimini tashkil etish; advokatlik tuzilmalarining vakolatlari va huquqiy maqomini belgilash; jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlari tengligini ta‟minlash; sud ishida taraflar vakilligi institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish; advokatlar tomonidan kasb etikasi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmi va advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritish tizimini takomillashtirish advokatura institutini yanada isloh qilishning asosiy yo„nalishlari etib belgilandi. Shuningdek, O„zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a‟zoligiga asoslangan O„zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi negizida O„zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini tashkil etildi. Palataning asosiy vazifalari va faoliyati yo„nalishlari belgilab berildi. 2008 yil 31 dekabrda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Shu asosda amaldagi qonunchiligimizga sud-huquq tizimini liberallashtirish, inson huquqlari himoyasini ta‟minlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismi bo„lgan advokatura mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi. Ushbu Qonunga muvofiq, himoyachiga jinoyat ishini yuritishga mas‟ul bo„lgan davlat organlari va mansabdor shaxslardan mutlaqo mustaqil ravishda jinoyat ishi protsessining har qanday bosqichida malakali yuridik yordam ko„rsatish huquqi berildi. Shu bilan birga, himoyachining ko„rilayotgan ishda ishtirok etish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlardan o„ziga ijozat berilgani to„g„risida yozma ravishdagi tasdiqlovchi hujjat va shuningdek, o„z himoyasidagi shaxs bilan uchrashish uchun ruxsat olish majburiyatini belgilaydigan normalar jinoyat-protsessual qonunchiligidan chiqarildi. Endilikda bularning barchasi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlik muassasasi tomonidan beriladigan orderning o„zi yetarli ekanligi ko„rsatildi. Qonunda advokatning professional faoliyatiga to„sqinlik qilish, uning o„z himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini o„zgartirish maqsadida har qanday shaklda ta‟sir o„tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilandi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 23 iyundagi “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta‟minlash bo„yicha Tadqiqot markazini tashkil etish to„g„risida”gi PQ-896-sonli Qarori bilan O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta‟minlash bo„yicha Tadqiqot markazi tashkil etildi. Tadqiqot markazining asosiy vazifalari sud faoliyatini amalga oshirish, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining sud tizimi vazifalarini belgilab beruvchi qoidalari ro„yobga chiqarilishi samaradorligi masalalari bo„yicha qonunchilik bazasini tahlil qilish va umumlashtirish, shuningdek, Qonun ustuvorligini ta‟minlashga yo„naltirilgan huquqni qo„llash, sud amaliyotini o„rganish 18 hamda umumlashtirish; jinoiy, ma‟muriy jazolar tizimini yanada liberallashtirish, sud, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual, xo„jalik protsessual qonunchiligini, sud ishlarini yuritishni demokratlashtirish bo„yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish; odil sudlov tizimini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining obro„sini oshirish va mustaqilligini mustahkamlash, sud faoliyatiga aralashish hollariga barham berish, g„ayriqonuniy sud qarorlari chiqarilishiga yo„l qo„ymaslik bo„yicha takliflar tayyorlash; sud faoliyati sohasida xalqaro huquqning umume‟tirof etilgan prinsiplari va normalarini chuqur o„rganish hamda milliy qonunchilikka tatbiq etish deb belgilandi. Huquqni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish va liberallashtirish jarayonida 2008 yilning 22 sentabrida qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi Qonun muhim o„rin tutadi. Jumladan, ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksiga jinoyatlar to„g„risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma‟lumotlarni qabul qilish, ruyxatdan o„tkazish yoki ko„rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi yangi 241 1 -modda kiritildi. Shuningdek, mazkur Qonun bilan O„zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasiga jinoyat ishlarining tergovga tegishliligi qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan o„zgartishlar kiritildi. Xususan, prokuratura organlarining tergoviga taalluqli Jinoyat kodeksining ellikta moddasida nazarda tutilgan va ularni fosh etish hamda tergov qilish bevosita Ichki ishlar organlarining profilaktik va tezkor-qidiruv faoliyati bilan bog„liq jinoyatlar bo„yicha ishlar ichki ishlar vazirligi organlarining tergoviga o„tkazildi. Shuningdek, prokurorning vakolatidan Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlarining bir tergov tarmog„idagi bitta tergovchidan boshqa tergovchiga ishni o„tkazish huquqi chiqarib tashlandi, tergovga tegishliligidan qat‟i nazar ishni bir tergov organidan boshqa tergov organiga o„tkazish vakolati esa, qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda faqat Bosh prokuror va uning o„rinbosarlarida saqlab qolindi. Jinoyat ishlarini birlashtirishda tergovga tegishliligini aniqlash masalalarida ham qat‟i qoidalar o„rnatildi. 2008 yilning 28 avgustida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan “O„zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e‟lon qilinganligining o„n yetti yilligi munosabati bilan amnistiya to„g„risida”gi Qarori e‟lon qilindi. Ushbu amnistiya akti qabul qilinishi va uni qo„llash tartibi haqida Nizom tasdiqlanishi bilan respublikamizda mazkur aktni sudga qadar ish yuritish va sud qarorlarini ijro etish masalalarini sudlar ixtiyoriga o„tkazish bo„yicha yangi tartib joriy qilindi. 2008 yil 22 dekabrda esa O„zbekiston Respublikasining “Amnistiya aktini qo„llash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Amnistiya aktini qo„llash masalasi sudlarning vakolatiga kiritilishi sud tizimini isloh qilishning mantiqiy davomi bo„lib, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etish 19 masalalasini hal qilish borasida odillik, xolislik va beg„arazlik prinsiplarini ta‟minlashga hamda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga qaratildi. 2010 yilning 18 may kuni ma‟qullangan “O„zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo„shimcha kiritish to„g„risida”gi Qonun jinoyat qonunini yanada liberallashtirish va jinoiy jazolarni differensiyalashga qaratilgan. Mazkur Qonun bilan Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi barcha holatlardan faqatgina aybini bo„yniga olish to„g„risidagi arz qilish, chin ko„ngildan pushaymon bo„lish, jinoyatni ochish uchun faol yordam berish va yetkazilgan zararni bartaraf etish (55-modda birinchi qismining “a” va “b” bandlari) kabi holatlar aybdorning jinoyat sodir etilgandan so„ng faol ijobiy harakatlari ajralib turadi. Yuqoridagi to„rtta holat aybdorning amalda pushaymon bo„lganligini bildirib, uning o„z qilmishining g„ayriqonuniyligini anglaganligidan va u uchun jazo olishga tayyor ekanligidan dalolat beradi. Shu sababdan qabul qilingan Qonun bilan Jinoyat kodeksiga yangi 57-1-modda kiritilib, unda yuqorida ko„rsatilgan hollarda va og„irlashtiruvchi holatlar yo„qligida jazo muddati yoki miqdori Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko„p jazoning uchdan ikki qismidan oshmaydigan jazo tayinlanishi lozimligi belgilab qo„yildi. 2010 yil 1 iyunda “Sud ekspertizasi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunda sud ekspertizasi – bu fuqarolik, xo„jalik, jinoyat va ma‟muriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san‟at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o„tkazish va xulosa berishdan iborat bo„lgan protsessual harakat ekanligi ko„rsatildi. Xulosa berish uchun fan, texnika, san‟at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo„lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs sud eksperti hisoblanishi qayd etildi. 2010 yil 28 sentabrda “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o„zaro hamkorligi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining Jinoyat- protsessual kodeksiga o„zgartish va qo„shimcha kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi “Jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik” nomli yangi o„n to„rtinchi bo„lim bilan to„ldirildi. Mazkur bo„limda Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o„zaro hamkorligining tartibi to„g„risidagi asosiy qoidalar o„z ifodasini topdi. 2011 yil 21 aprelda “O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan kiritilgan qo„shimchaga ko„ra, endilikda ma‟muriy huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarni fuqarolik ishlari bo„yicha sudlar ham ko„rib chiqishlari belgilandi. 20 Qonun bilan O„zbekiston Respublikasining Ma‟muriy javobgarlik to„g„risidagi kodeksi yangi 245 4 -modda bilan to„ldirildi. Unga ko„ra fuqarolik ishlari bo„yicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasichog„ida ma‟muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180- va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma‟muriy huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarni ko„rib chiqadi. Shuningdek, Qonun bilan O„zbekiston Respublikasining Xo„jalik protsessual kodeksiga ham o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi. Xususan, Kodeksning sud buyrug„i bo„yicha talablar deb nomlanuvchi 103-moddasi yangi 1 1 -bandi bilan to„ldirildi. Bundan buyon kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to„lovlari bo„yicha qarzdorlikni undirish to„g„risida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qo„yilsa sud buyrug„i berilishi mumkinligi belgilandi. Shu bilan bir qatorda Kodeks “Huquqiy ta‟sir choralarini qo„llash to„g„risidagi ishlarni yuritish” deb nomlanuvchi yangi 20 3 -bob bilan to„ldirildi. Huquqiy ta‟sir choralarini qo„llash to„g„risidagi ishlar XPKda nazarda tutilgan qoidalar asosida, mazkur toifadagi ishlarning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olingan holda ko„rib chiqilishi qayd etildi. Bundan tashqari atrof tabiiy muhitga zararli ta‟sir ko„rsatayotgan ob‟ektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish ham huquqiy ta‟sir chorasi sifatida ko„rsatildi. Yangi bobda huquqiy ta‟sir chorasini qo„llash to„g„risidagi arizaga ilova qilinishi lozim bo„lgan hujjatlar sanab o„tildi. Shuningdek, ushbu bobda mazkur toifadagi ishlarni ko„rib chiqish uchun qisqartirilgan protsessual muddatlar belgilandi. Download 255.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling