Fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Download 177.97 Kb.
bet1/5
Sana14.10.2023
Hajmi177.97 Kb.
#1703595
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Сhiziqli algebra Fizika kunduzgii 2023-2024


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI




"TASDIQLAYMAN"
O’quv ishlari bo’yicha prorektori
D.Xolmatov
__________________

“……_" …………… 2023 yil












CHIZIQLI ALGEBRA VA ANALITIK GEOMETRIYA
FANINING ISHCHI O’QUV DASTURI


1- kurs uchun


Bilim sohasi: 500000 – tabiy fanlar, statistka va matematika
Ta`lim sohasi: 530000 – Fizika, tabiy fanlar
Ta`lim yo’nalishi: 60530900 Fizika(kunduzgi ta`lim)
Namangan-2023



Fan/modul’i kodi
AAGB112

O’quv yili
2023-2024

Semestr
1-2

ECTS-Kreditlar
4

Fan/modul’ turi
Majburiy

Ta’lim tili
Uzbek



Haftadagi dars soatlari
4 soat

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Chiziqli algebra va analitik geometriya

120

120

240

2

I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad–Chiziqli algebra va analitik geometriya fanining o’qitilishidan maqsad talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish hamda matematika yo’nalishlarining uzviy bog’liqliqlarini o’rganishdan iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga, to’g’ri xulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Talabalarni mantiqiy fikirlashga, nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita tatbiq, etish, to’g’ri xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga o’rgatish, xamda ko’nikma va malakalarni berishdan iborat.
Fanning vazifasi – Chiziqli algebra va analitik geometriyaning zamonaviy metodlarini va asosiy prinsiplarini talabalar ongiga singdirish. Fan va texnikada, xalq xo’jaligida va boshqa soxalarda uchraydigan amaliy masalalarni hal etishda matematik metodlardan amaliyotda qo’llash mexanizmini o’rgatishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidgi mavzular kiradi
1-mavzu. Koordinatalar sistemasi. Dekart koordinatalar sistemasini almashtirish.
Tekislikda dikart koordinatalar sistemasi. Koordinalar sistemasini almashtirish. Dekart, qutb, silindrik va sferik koordinatalar sistemasi. Tekislikda dekart koordinatalar sistemasini almashtirish.
2-mavzu. Vektorlar algebrasi
Vektorlar ustida chiziqli amallar. Vektorlarning skalyar ko’paytmasi va xossalari. Vektorlarning vektor va aralash ko’paytmalari, xossalari.
3-mavzu. To’g’ri chiziq tenglamalari
To’g’ri chiziqning turli tenglamalari. Fazoda to’g’ri chiziqning turli tenglamalari. To’g’ri chiziqlarning o’zaro vaziyati.
4-mavzu. Tekislikning turli tenglamalari

Tekislikning turli tenglamalari. Tekislikning berilish usullari. To’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyati.




5-mavzu. Tekislikda ikkinchi tartibli chiziqlarning kanonik tenglamalari
Ellips va uning kanonik tenglamasi. Giperbola, parabola va ularning kanonik tenglamalari.
6-mavzu. Ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamalari

Ikkinchi tartibli chiziq markazi. Markaziy va nomarkaziy chiziqlar. Ikkinchi tartibli chiziq, va to’g’ri chiziqning o’zaro vaziyati. Asimptotik va noassimptotik yo’nalishlar. Ikkinchi tartibli chiziqlarning urinmasi. Maxsus yo’nalishlar. Ikkinchi tartibli chiziq diametri. Qo’shma yo’nalishlar va qo’shma diametrlar. Ikkinchi tartibli chiziqlar umumiy tenglamasini kanonik ko’rinishga keltirish.


7-mavzu. Ikkinchi tartibli sirtlarning kanonik tenglamalari

Ikkinchi tartibli sirtlarning kanonik tenglamalari. Ikkinchi tartibli sirtlarning urinma tekisligi va diametrial tekisligi tenglamalari.





Download 177.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling