4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar


Fermer xoʻjaligining xususiyatlari


Download 217.9 Kb.
bet4/16
Sana07.03.2023
Hajmi217.9 Kb.
#1244720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu (1)

Fermer xoʻjaligining xususiyatlari.

1.

Ijtimoiy-psixologik
jihatdan

Jamiyatning boshlangʻich boʻgʻini oila va unga xos boʻlgan axloqiy – tarbiyaviy qadriyatlarga hamda shaxsiy manfaatdorlik, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlik erkinligiga tayanuvchiaholining ijtimoiy qatlami.

2.

Tashkiliy – huquqiy
jihatdan

Yuridik shaxs maqomiga (oʻz balansi, hisob raqami, muhri va h.k.) ega boʻlishi shart.

3.

Mehnat munosabatlari jihatidan

Xoʻjalikda a’zolar mehnati bilan birgalikda yollanma mehnatdan foydalanish mumkin.

4.

Ishlab chiqarish yoʻnalishi jihatidan

Ishlab chiqarish qismanichki iste’mol va asosan bozorgayoʻnaltirilgantovar xoʻjaligi.

5.

Mulkiy munosabatlar jihatidan

  • ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik.

  • yer maydoni uzoq muddatliijaraga (eng kamida 30 yildan uzogʻibilan50 yilgacha) beriladi, ijara muddatida ijara huquqini meros qilib qoldirish mumkin.

Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq Andijon, Fargʻona, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlarida har bir shartli qoramol hisobiga 0,3 gektardan kam boʻlmagan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va boshqa viloyatlarda esa 0,45 gektar sugʻoriladigan, 2,0 gektardan lalmikor yer beriladi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish bilan ixtisoslashadigan fermer xoʻjaliklariga esa eng kamida 10 gektardan, bogʻdorchilik, uzumchilik
va sabzavotchilik uchun esa bir gektar yer ajratib beriladi. Fermer xoʻjaligi
yerni olganda keyin 5 yilga qadar tuproq unumdorligi kamaymasligi shart. Yer 10 yildan 50 yil muddatga beriladi. Agar fermer va meva – sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish uchun ixtisoslashgan boʻlsa, unda 5-10 gektar yer ajratib beriladi. Fermer xoʻjaligi oʻz yerini ijaraga berish, yollanma ishchi kuchidan foydalanish huquqiga ega.
Fermer yerni qancha uzoq muddatga ijaraga olgan taqdirda u yerga oʻzining sarmoyasi va mehnatini shuncha koʻp sarflab, tuproq unumdorligini oshirish, yerning meliorativ holatini yaxshilash, infratuzilmalasini yaratish hajmini oshiradi. Fermer xoʻjaligi oʻz biznes rejasidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun harakat qiladi. Dastavval, hosildorilikni oshirish, mahsulot sifatini yahshilash, bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xoʻj aligi mahsulotlarini eng qulay bozor sharoitida sotish uchun saqlashning progressiv usullaridan foydalanib, ishlab chiqarishga fan-texnika va ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tadbirkorlikning yashirin usullarini chuqurroq oʻrganish kabi masalalar bilan keng shugʻullanadi.
U oʻz vaqtida soliqlarni qonuniy ravishda toʻlashga harakat qiladi, kreditlarni qulay sharoitlarda olish va foydali maqsadlar uchun sarflash, ishlab chiqarish samaradorligini muntazam oshirish, xaridorlarni oʻzidan qochirmaslikka harakat etadi. Dehqon va fermer xoʻjaliklarining tayyorlov va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Buni quyidagi tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutiladi:
- xususiy (servis) xizmat koʻrsatish korxonalari va tomorqa yerlariga ishlov beruvchi, hosilni yigʻib oluvchi, mahsulotlarni tashish va sotish firmalarini rivojlantirishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
- dehqon va fermer xoʻjaliklarini oʻz vaqtida texnika vositalari, yosh mollar, xoʻjalar, yem-xashak, idish, urugʻ, koʻchat va yoqilgʻi moylash materiallari, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan ta’minlash;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini iste’mol qiluvchilar bilan shartnomaviy munosabatlarni shakllantirishga yordam berish;
- dehqon va fermer xoʻjaliklarining maqbul katta-kichikligini, qishloq xoʻjaligi ekinlari tarkibi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi mollar sifatini aniqlash;
- biznes reja tuzish va kredit resurslari bilan ta’minlanishga maslahatlar berish;
- dehqon va fermer xoʻjaliklarining kichik mexanizasiya vositalari va servis xizmatlari bilan ta’minlash.
Oʻzbekiston Respublikasining agrar sohasi ishlab chiqarish miqdori, aholining bandligi, eksport quvvati boʻyicha iqtisodiyotining yirik sohasi
hisoblanadi. Aholining farovonligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarining rivojlanishi agrar sohaning holati, uning rivojlanish darajasiga bogʻlik. Qishloq xoʻjaligini isloh qilish muammosini hal etmay turib, butun iqtisodiy islohotlarni muvaffaqqiyatli davom ettirishimiz mumkin emas. Bunga erishish uchun qishloq xoʻjaligida ham tadbirkorlikka keng e’tibor berish kerak. Buning namunasi agrobiznesdir.
Agrobiznes deganda qishloq xoʻjaligi sohasidagi biznes tushuniladi va u bozor tizimining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Oziq-ovqat va Agrobiznes Oʻzbekistonda ham mavjud, u agrosanoat kompleksi koʻrinishidarivoj topadi. Agrosanoat majmuasi (ASM) - bu qishloq xoʻjalikmahsulotlarini etishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchiga yetkazibberishda ishtirok etadigan xalq xoʻjaligi tarmoqlarining majmuidaniborat.
ASM umumiy xolda 4 sohani oʻz ichiga oladi:
Birinchi soha qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalarini yetkazib berayotgan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish, texnika xizmati koʻrsatish bilan band boʻlgan tarmoqlar;
Ikkinchi soha-qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzi;
Uchinchi soha-qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, tashibberish, sotish);
Toʻrtinchi soha-infratuzilma, ya’ni ishlab chiqarish va kishilar faoliyati shart-sharoitini ta’minlab beradigan xoʻjalik tarmoqlari, (yoʻl-transport xoʻjaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati va boshqalar)
Agrobiznesning birlamchi subʼyektlari bugungi fermer (dehkon) xoʻjaligi hisoblanadi, chunki u qishloq xoʻjaligi mahsulotini yaratadi. Fermer xoʻjaligi kichik biznesning koʻrinishidir. Oʻzbekistonda fermerlashtirish totalitar tuzumdan meros qolgan va nochor ahvolga tushgan davlat xoʻjaliklarini fermerlar uyushmasini fermerlar kengashiga aylantirish va ular tarkibida fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, shuningdek, ishlab turgan davlat va jamoa xoʻjaligidagi resurslarning bir qismi hisobidan fermer, jamoa shirkat xoʻjaligini uyushtirish tarzida boradi. Qishloq xoʻjaligida keng miqyosli xususiylashtirish jarayoniga qaramay, yer davlat mulki boʻlib qoladi. Eng zarur strategik ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari paxta va bugʻdoyga davlat buyurtmalarini oʻrnatish orqali qishloq xoʻjaligi boshqarib borilmoqda. Boshqa bir tomondan esa davlat qishloq xoʻjaligini juda koʻp jihatlardan subsidiyalar, kreditlar, soliqdan yengilliklar berish orqali qoʻllab-quvvatlamokda.
Fermer xoʻjaliklarining agrar sohada xoʻjalik yuritishning yangi shakli sifatida shakllanib borishi, bir tomondan, haqiqiy mulk egalarining vujudga kelish imkonini beradi, ikkinchi tomondan, mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan ma’lum darajada raqobat muhitini shakllantirishga zamin yaratadi.
Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan fermer xoʻjaliklari faoliyatini jonlantirish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish moʻljallangan. Agrofirmalar - muayyan turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va uni sanoat usulida qayta ishlashni qoʻshib olib boradigan korxonalardir. Bu korxonalar iste’molchilarga tayyor mahsulotlar yaratadilar.
Agrosanoat birlashmalari toʻgʻrisida biz ular haqida yuqorida qisqacha toʻxtalib oʻtgan edik. Shuni qoʻshimcha qilish mumkinki, fermer xoʻjaligidan farqlirok, birlashmalar tanho individual xususiy mulkka asoslanmaydilar. Birlashma ishtirokchilarning mustaqil individual mulki bilan birgalikda umumiy-kooperativ mulki ham boʻladi. Agrobiznes ishiga fermerlar kengashi va ittifoqlari ham xizmat qiladi. Ular koʻngilli va paychilik mablagʻiga asoslangan uyushmalar boʻlib, oʻz a’zolariga xizmat koʻrsatadi, ularning manfaatini himoya qiladi.
Yer maydonlaridan samarali foydalanish va soliq tizimini bir shaklga keltirish maqsadida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻining bazaviy stavkalari tasdiqlandi. Yangi tuzilgandehkon xoʻjaliklari farmonga binoan yagona yer soligʻidan ikki yilgacha ozodqilinadi. Agrar sohani taraqqiy ettirish uchun qishloqda kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, qishloqdagi tovar ishlab chiqaruvchilarning daromadlari oʻsishini, kim vijdonan mehnat kilgan boʻlsa, har bir kishiga arzirli va toʻkis hayotni ta’minlaydigan xoʻjalik yuritishning iktisodiy sharoitlarini tatbiq etish kerak. Ushbu maksadlarga quyidagilar asosida erishish mumkin:
- mamlakatning asosiy boyligi yerning xakikiy egasini vujudga keltirish maksadida mulkchilikning koʻp tuzumli shaklini koʻllab-kuvvatlash;
- paychilik munosabatlari, oilaviy pudrat, fermer va xususiy xoʻjalik tizimini tarakkiy ettirish, fermerxoʻjaliklarini ta’minoti, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, oʻzaro kreditlash boʻyicha shirkatlarga ixtiyoriy birlashuvlarga keng imkoniyat yaratish;
- qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yirik korxonalar va savdo tashkilotlarining aksiyalarini nazorat qilish paketlarini ular xizmat koʻrsatadigan qishloq tovar ishlab chiqaruvchi subʼyektlari oʻrtasida taqsimlash orqali aksionerlashtirish;
- qishloq xoʻjaligi boshqaruv tizimini tubdan isloh etish;
- ma’muriy va buyruqbozlik usullaridan voz kechish;
- yerga davlat mulkchiligi sharoitida undan foydalanuvchilarga uzoqmuddatli koʻyilmalarning oʻz-oʻzini qoplashiga kafolat beradigan yerdanijara tartibida foydalanish modelini takomillashtirish;
- bahoni shakllantirish tizimini oʻzgartirish, qishloq tovar ishlabchiqaruvchilarining huquqlarini poymol etishga yoʻl qoʻymaslik.
Prezidentimiz yerdan foydalanish madaniyatini oshirish ishlab chiqarish bilan aloqasini tiklash va rivojlantirish, qishloq mehnatkashlari uchun huquqiy va kasbiy ta’lim berish boʻyicha keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilishini faol qoʻllab-quvvatlamokdalar. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahsuldorligini oʻsishiga yordam beradigan, yerning holatini yaxshilaydigan, yerni oʻzlashtirish ishlarida faol qatnashadigan, oʻzlarining shaxsiy zahiralarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflaydigan xoʻjaliklarga katta iqtisodiy imtiyozlar berilishi, davlatimizning qisqa muddat ichida ilgʻor, sanoatlashgan qishloq xoʻjaligi mamlakatiga aylanishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda agroservis, navlashni sanoatlashtirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini joylash va qayta ishlab chiqarish ulgurji oziq-ovqat bozorlari va tovar birjalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda. Iqtisodiyotimizda borayotgan islohotlarning tashabbuskori va gʻoyaviy ilhomchisi davlatdir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat iqtisodiyotning faoliyat yuritish mexanizmiga aralashmaydi, balki iqtisodiy taraqqiyotning asosiy yoʻnalishlarigina belgilab boradi, xolos.
Biz buni birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning yuqorida qayd, etilgan asarlaridagi quyidagi xulosalarida koʻrishimiz mumkin: «Eng asosiysi - qishlok xoʻjalik yuritishning shunday mexanizmini vujudga keltirishkerakki, u xar bir dehkonga manfaatdorlik bilan mehnat qilish, yetishtirgan mahsulotdan mustaqil foydalanish, oʻz oilasining ma’murchiligini ta’minlash imkonini bersin.
Qishlok xoʻjaligini isloh qilishning eng muhim yoʻnalishi hozirgi kunda qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishda band boʻlgan ortiqcha ishchilarni boʻshatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa sohalariga jalb etishdan iboratdir. Qishlok xoʻjaligining oʻzi qishloq joylarida yashayotganlarning hammasini ish bilan ta’minlay olmayotir. Natijada bu hol qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va isloh qilishga gʻov boʻlmoqda. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishning yuqori samarali industrial usullari, ilgʻor agrokimyo usullari sust joriy etilmoqda.
Mehnat unumdorligi ham past darajada qolmokda. Lekin bu faqatmasalaning iqtisodiy jihati, xolos. Uning ijtimoiy jihati ham bor. Qishloqda yashovchilarning koʻpchiligi, ayniqsa yoshlar, ishga joylashish, oʻz hayotlarini yoʻlga qoʻyish imkoniga ega emaslar. Bu esa qishloqda keskin ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmokda, ijtimoiy barkarorlik xavfining manbaiga aylanmokda. Shu sababli biz qishloq joylarida zamonaviy texnologiyaga ega harakatchan kichik korxonalar ochish hisobiga yangi ish joylarini tashkil etishni eng muhim vazifasi deb hisoblaymiz. Biz oʻz zimmamizga qishloqda mutlaqo yangi tarmoqlarni ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, kommunikasiyalar tarmogʻini, zamonaviy maishiy va servis xizmat koʻrsatishni barpo etish vazifasini olganmiz. Xizmat koʻrsatish sohasi yetarlicha tashkil etilsa, qishloqdagi xoxlovchilarning hammasini ish bilan ta’minlash mumkin. Shu bilan birga, qishloqning qiyofasini, turmush madaniyatini tubdan oʻzgartirib yuborish imkoni tugʻiladi. Bu esa mamlakatda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barkarorlashtirishga yordam beradi».

Download 217.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling