4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar


Fermer xoʻjaliklari tomonidan yerdan oqilona va unumlifoydalanish masalalari


Download 217.9 Kb.
bet7/16
Sana07.03.2023
Hajmi217.9 Kb.
#1244720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-mavzu (1)

5. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yerdan oqilona va unumlifoydalanish masalalari.
Tabiat in’om etgan tabiiy resurslar ichida yer oʻziga xos huquqiy maqomga ega sanaladi. Qayd etish joizki, yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uning unumdor qatlami boʻlgan tuproq muhofazasini ta’minlash bilan birga meliorativ holatni yaxshilashga xizmat qiladi.
Qonunchilikda mustahkamlangan asoslar. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan soʻng yerga e’tibor kuchayib, bosqichma-bosqich ravishda sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi va yaratilmoqda. Xususan, 1998 yil 28 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi "Yer kodeksi", 1998 yil 30 aprelda "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi, 1998 yil 28 avgustda "Davlat yer kadastri toʻgʻrisida"gi, 2004 yil 26 avgustda "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yer resurslaridan oqilona foydalanishni, davlat yer kadastri yuritishning huquqiy asoslarini belgilab, tuproq unumdorligini muhofaza qilishni u yoki bu darajada tartibga solinishiga xizmat qilayotgan ushbu qonunlar davr talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi "Yer kodeksi"da "yer umummilliy boylik" deya e’tirof etilib, xalqimiz hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarurligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi mustahkamlab qoʻyilgan. Jumladan ushbu muhim huquqiy hujjatda "Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini oshirishni, tabiiy muhitni asrashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga
boʻlgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat"ligi qayd etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonunning 17-moddasiga koʻra fermer xoʻjaligining majburiyatlariga yer uchastkasidan qonun hujjatlarida va ijaraga olish shartnomasida koʻrsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlashi, yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish chora-tadbirlarini koʻrishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishi, yeruchastkasini saqlash shartlariga rioya etishi kabi majburiyatlar yuklatilgan.
Shuningdek, yer uchastkalari ijaraga berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi yerning kadastr bahosidan kam boʻlmasligini ta’minlash majburiyatini olishi va bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida koʻrsatilishi qayd etilgan.
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy islohotlar natijasida qishloq xoʻjaligida ham katta oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Sohaga bozor tamoyillariga mos keladigan, mazmun va mohiyati jihatidan oldingi shakllaridan tamomila farq qiladigan xoʻjalik yuritishning yangi shakli - fermer xoʻjaliklarining joriy etilishi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy omili boʻlmoqda. Fermer xoʻjaliklari tomonidan yerdan oqilona va unumli, shuningdek, moddiy-texnika resurslaridan tadbirkorlik va tejamkorlik bilan foydalanish natijasida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorligi tubdan oshdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kunda yurtimizda 66000 dan ortiq fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda. Etiborli tomoni, ular
davlatimiz tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, lizing
xizmatlari koʻrsatilmoqda. Etishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashga, ichki va tashqi bozorga chiqish uchun imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Download 217.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling