4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar


Download 217.9 Kb.
bet8/16
Sana07.03.2023
Hajmi217.9 Kb.
#1244720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
4-mavzu (1)

Tuproqni muhofaza qilish. Aytish oʻrinliki, amaldagi yer qonunchiligi, asosan tuproqni ishlab chiqarishning tabiiy manbai boʻlgan tabiat resursi sifatidagi munosabatlarni tartibga soladi. Tuproqni muhofaza qilish eng avvalo, tuproq degradasiyasini oldini olish, uning biologik xilma-xilligi, fizikaviy-ximiyaviy tarkibi, tuzilishi va hajmini saqlash va qayta tiklashdan iboratdir. Bu oʻz navbatida, yer qonunchiligida tabiat obʼyekti sifatida - tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda undan oqilona foydalanishni tartibgasoluvchi huquq me’yorlarini yanada takomillashtirib borish zaruratini tugʻdiradi.
Qishloq xoʻjaligida va boshqa xoʻjalik faoliyatida tuproq unumdorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilishi samaradorligini oshiruvchi tabiiy vosita boʻlib, hosildorlik koʻpayishiga xizmat qiladi, shuningdek tabiatni muhofaza qilishda ham oʻrni beqiyosdir. Shu sababli ham u yer qiymatini nafaqat ishlab chiqarish obʼyekti sifatida, balki biosferaning tarkibiy elementi ekanligi bilan ham oshiradi.
Amaldagi qonunchilikni tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, yerlarni tabiiy resurs sifatida, ya’ni tabiiy ishlab chiqarish manbai nuqtai nazaridan muhofaza qilish jarayonida tuproqni, uning unumdorligini muhofaza qilishga qaratilgan me’yorlar hozirgi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirishni taqozo etmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi yerlardan oqilona foydalanish va yerlarni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlarni oʻzida aks ettirgan boʻlib, unda yer monitoringi, yer tuzish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat talablari belgilab qoʻyilgan. Lekin bu me’yorlar koʻproq deklarativ xarakterga ega boʻlib, ularda tuproqdan oqilona foydalanish va uning unumdorligini muhofaza qilishni ta’minlash munosabatlarini tartibga solish toʻliq yoritilmagan. Shu nuqtai nazardan qaraganda amaldagi tabiatni muhofaza qilish va yer qonunchiligi tabiatning ajralmas va betakror obʼyekti boʻlgan tuproqni muhofaza qilishga doir aniq mexanizmlar bilan toʻldirilishi lozim.

Download 217.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling