4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar
Qishloq xoʻjaligida suv resurslarini boshqarishning mohiyati va oʻziga xos xususiyatlari
Download 217.9 Kb.
|
4-mavzu (1)
7.Qishloq xoʻjaligida suv resurslarini boshqarishning mohiyati va oʻziga xos xususiyatlari.
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayonining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, mavjud resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida Agrar majmuida chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish hisoblanadi. Agrar majmuida oʻtkazilayotgan tashkiliy-iqtisodiy islohotlar eng avvalo yer-suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Ta’kidlash kerakki, Oʻzbekistonda suv resurslarining 93 foizga yaqini agrar majmuida foydalaniladi. Sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik mahsulotlarining 97 foizdan ortigʻi yetishtiriladi. Ammo, istiqbolda suv ta’minoti respublika iqtisodiyotini, shu jumladan qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini rivojlantirishni cheklovchi jiddiy omil hisoblanadi. Bunday holat davlatlararo suv taqsimoti bilan bogʻliq boʻlgan suv resurslari tanqisligining kuchayishi, hududiy suv xoʻjaligi tizimida daryo oqimlari tartibining oʻzgarishi, Agrar havzasi daryolarining suv oʻtkazish qobiliyati kamayishi ehtimoli va suv resurslari sifatining yomonlashishi bilan ifodalaniladi. Ma’lumki, chuchuk suv manbaalari boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari dunyodagi mamlakatlar oʻrtasida birinchi oʻrinni egallaydi. Biroq chuchuk suvlar ushbu davlatlar xalq xoʻjaligida toʻliq foydalanilmaydi. Suv manbaalari Oʻzbekiston Respublikasida hududlar boʻyicha bir tekis joylashgan emas. Suv manbaalarining qariyb barchasi koʻp yillik muzliklar, qor va yomgʻirlar hisobiga tashkil boʻladi. Asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarining tanqisligi sezilib turgan. Bu jarayon hozirgi kunda yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda. Shu nuqtai nazardan yer usti va yer ostidagi suv resurslarini tejab foydalanish maqsadida suv xoʻjaligi tizimini har tomonlama rivojlantirishni talab qiladi. Suv xoʻjaligining maqsad va vazifalari umumiy boʻlishga qaramasdan, suv xoʻjaligida suvga boʻlgan ta’sir va unga boʻlgan talab har xildir. Shuning uchun ham suv xoʻjaligi qator sohalarga boʻlinadi. Ya’ni: suvsiz va quruq yerlarga suv chiqarish; yerlarning zaxini qochirish; yaylov yerlarga suv chiqarish; shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlash; gidroenergetika; baliq xoʻjaligi; suv manbaalarining ifloslanishini muhofaza qilish va boshqalardan tashkil topadi. Suv sarfini eng koʻp talab qiladigan yoʻnalish boʻlib, quruq va suvsiz yerlarga suv yetkazib berish hisoblanadi. Bunday yerlar oʻrtacha bir yilda gektariga 10000-30000 m3 gacha suv iste’mol qiladi. Shahar va qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash sugʻorishga nisbatan suvni kam talab qiladi. Ammo, unda suvning sifatiga boʻlgan talab oshadi. Yaylov yerlarga sarflanadigan suv xarajatlari uncha katta boʻlmaydi, ammo u koʻpincha yoz oylariga toʻgʻri keladi. Bunday sharoitda suvning katta qismi yer osti suv manbaalaridan quduq va boshqa inshootlar yordamida olinadi. Gidroenergetika, baliq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlar suvni sarf qilmaydi. Ular asosan uning kuchidan yoki suv hosil qilgan qulay sharoitlardan foydalanishadi. Yerlarning zaxini kochirish, suv toshqiniga yoʻl qoʻymaslik, yerlar shoʻrlanishining oldini olish, suv eroziyasi va boshqalar suv manbaalari ifloslanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash lozimki, suv xoʻjaligining asosiy vazifasi - ishlatishga loyiq boʻlgan suvni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu vazifani bajarish uchun suv xoʻjaligi yetarli moddiy-texnika bazasiga ega boʻlishi zarur. Suv xoʻjaligining katta qismi oʻzlarining boshqaruviga egadirlar. Masalan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi Vazirligining “Suv xoʻjaligi” bosh boshqarmasi. Uning hududlardagi havzaviy irrigasiya tizimlari tomonidan mamlakatdagi suv iste’molining 50 foizdan ortiq ish faoliyati ta’minlanadi. Shuningdek suvni qayta ishlab chiqarishda ularning manbaalari ifloslanishining oldini olish vazifasini ham bajaradi. Suv manbaalaridagi suvdan foydalanish suv xoʻjaligining turli tarmoqlariga turlicha ta’sir koʻrsatadi. Jumladan suv omborlari yerlarni suv bilan ta’minlashni amalga oshirish bilan bir vaqtning oʻzida boshqa iste’molchilar ishlatadigan suv miqdorining kamayishiga olib keladi. Suv omborlari atrofida yer osti suvlarining koʻtarilishi tuproq shoʻrlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham, suv xoʻjaligi tadbirlarini amalga oshirishda barcha tarmoqlarning suv resurslariga boʻlgan talablarini toʻla e’tiborga olishni taqozo qiladi. Aytish kerakki, bu talablar bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada oshayapti va aksari hududlarda mahalliy suv manbaalari oʻzlarining hozirgi holati boʻyicha ushbu talablarga yetarlicha javob bermayapti. Shu nuqtai nazardan ham, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida suv xoʻjaligi boshqarish tizimini takomillashtirish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Oʻz mohiyatiga koʻra boshqarish - koʻp mazmun kasb etadigan tushunchadir. U biror bir obʼyektning barqarorligini ta’minlash maqsadida unga ma’lum darajada ta’sir qilish zaruriyati yuzaga kelganda yoki bir tizimdan boshqa tizimga oʻtish kerak boʻlgan holatlarda keng qoʻllaniladi. Demak, boshqarish boshqaruv ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi. Jahon amaliyoti tajribalarida boshqarish tizimining 3 ta turi mavjud. Jumladan: - ayrim ishlab chiqarish-texnologik jarayonlarni, tizimlarni, mashina va mexanizmlarni boshqarish, ya’ni ishlab chiqarishning bevosita bajaruvchilari boʻlmish insonlar tomonidan boshqariladigan ishlab chiqarish jarayonlarining ayrim boʻgʻinlarini boshqarish; - tabiatda yirik va organizmlarda yuz beradigan jarayonlarni boshqarish; - jamiyat (ijtimoiy) jarayonlarni boshqarish, ya’ni ma’lum vazifalarni bajarish uchun birlashgan ijtimoiy guruhlar faoliyatini boshqarish. Ishlab chiqarish sohasida - u bevosita ish bajaruvchilarni, jamoa mehnati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni boshqarishdir, ya’ni insonlar faoliyatini boshqarishdir. Bunday boshqarish asosiy hisoblanadi, chunki insonlar ishlab chiqarishda bosh yaratuvchi kuch hisoblanadi. Uzluksiz va maqsadli yoʻnaltirilgan jarayon sifatida boshqarish aniq xoʻjalik birligi va unda amal qiluvchi qonunlarning mavjudligi bilan bevosita bogʻliqdir. Ishlab chiqarishni boshqarish mehnat faoliyatining faol va ongli turi sifatida insonlar faoliyatining har qanday shaklida emas, balki birgalikdagi faoliyati mavjud boʻlganidagina talab qilinadi. Bevosita suv xoʻjaligi ishlab chiqarishini boshqarish ham ishlab chiqarishda yuqori natijalarga erishishda har xil uslub va vositalar yordamida amalga oshiriladigan yagona ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat vositalari, predmetlari, kishilar jamoasiga uzluksiz va maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sir qilishdan iborat. Suv xoʻjaligi tashkilotlarini boshqarish ma’muriyati ishchilari jamoa mehnati predmetiga (texnika, qurilma va boshqalar) ta’sir qilmaydi, balki yagona jamoaning tarkibi va nisbatan faol qismi hisoblanadi hamda moddiy boylik yaratishda faol ishtirok etadi. Suv xoʻjaligi ishlab chiqarishida boshqaruv mehnati oʻziga xos quyidagi xususiyatlarga ega: - boshqaruv suv xoʻjaligi ishlab chiqarishida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bevosita ishtirok qilmaydi, balki jamoa mehnatini boshqaradi; - ushbu mehnatning bevosita quroli boʻlib axborot va ma’lumotlar, vositasi boʻlib esa tashkiliy texnikalar hisoblanadi; - boshqaruv ma’muriyati ishchilari, ayniqsa rahbar va mutaxassislari suv xoʻjaligi tashkilotlarining eng faol va ustun huquqli qismi hisoblanadi; - boshqaruv ma’muriyati ishchilarining mehnati asosan aqliy mehnat boʻlib, ayrim jismoniy mehnat elementlarini ham oʻz ichiga oladi; - boshqaruv mehnatining unumdorligini faqat texnik xodimlar va doimiy qatnashuvchi va mehnat jarayonlari me’yorlashtirilgan ishlar bilan bogʻliq boʻlgan ayrim mutaxassislar uchungina aniqlash mumkin. Shuningdek, boshqaruv mehnatining yakuniy natijasi boʻlib moddiy boylik hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olganda, boshqaruv mehnati samaradorligining umumiy koʻrsatkichi boʻlib, rahbar mutaxassis boshqarayotgan boʻlim yoki obʼyektdagi ishlab chiqarish faoliyati natijasi xizmat qiladi. Bunda u boshqarayotgan mehnat jamoasi barcha a’zolarining moddiy faravonligi va ma’naviy qanoatlanishi koʻrsatkichi muhim ahamiyat kasb etadi. Suv xoʻjaligi iqtisodiyotning yirik, mustaqil tarmogʻi hisoblanib, oʻziga xos va ishonchli xususiyatlarga ega. Suv xoʻjaligida ishlab chiqarish jarayonining xususiyati shundan iboratki, unda boshqa tarmoqlardan farqli oʻlaroq inson mehnati suv resurslaridan foydalanishga, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, irrigasiya qurilmalaridan unumli foydalanishga va irrigasiya obʼyektlarining uzoq muddat foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Yer va suv qishloq va suv xoʻjaligi iqtisodiyotida umumiylik va oʻzaro bogʻliqlik xususiyatiga ega boʻlib, ularni rivojlantirish dialektik qonuniyat hisoblanadi. Amaliyot tajribalari koʻrsatishicha, sugʻorma dehqonchilikda ekstensiv omil hisobiga ishlab chiqarishni yanada koʻtarish imkoniyatlari cheklangan. Yangi yerlarni oʻzlashtirish va ishlab chiqarishga jalb etish asosan haydaladigan yerlar va boshqa qishloq xoʻjalik yerlari hisobiga amalga oshiriladi. Keyingi yillarda sugʻoriladigan yerlar maydoni aholi jon boshiga hisoblaganda qisqarmoqda. Ikkinchi tomondan mehnat qobiliyatiga ega qishloq aholisi sonining oʻsib borishi yer-suv resurslaridan hamda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan nisbatan samarali va unumli foydalanishni talab qiladi. Suv resurslaridan foydalanishning amaldagi darajasi, uni koʻpaytirish imkoniyatlarining chegaralanganligi suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni hyech kechiktirib boʻlmasligini zaruriyat qilib qoʻyadi. Sugʻorma dehqonchilikning yana bir xususiyati shundan iboratki, u yaylovlarga nisbatan tabiat injiqliklariga nisbatan kamroq bogʻliq boʻladi. Oʻz navbatida, yaylov dehqonchiligi hududida joylashgan xoʻjaliklarga nisbatan sugʻorma dehqonchilik sharoitida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shugʻullanayotgan shirkat va fermer xoʻjaliklari ichki xoʻjalik gidromeliorativ tizimlariga, ya’ni: nasos stansiyalari; kanal va sugʻorish tarmoqlari; kollometor va boshqa qurilmalarga ega. Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda sugʻoriladigan yerlarning 50 foizdan ortigʻi nasos stansiyalari yordamida suv bilan ta’minlanadi. Oʻzbekistonda 1500 ga yaqin sugʻorish va meliorativ nasos stansiyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasiga suv resurslari asosan Qirgʻiziston, Tojikiston va Afgʻoniston Respublikalaridan oqib keladi. Bu eng avvalo, har xil sabablarga koʻra suv tanqisligini va davlatlararo yangi iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Ushbu ayrim davlatlarning qonunchiligida suv davlat mulki sifatida qaraladi. Bu holat qishloq va suv xoʻjaligi iqtisodiyotida oʻziga xos xususiyatlarni keltirib chikaradi. Suv bu hududlararo xususiyat kasb etuvchi tabiat mahsulidir. U iste’mol qilinadigan oʻnlab va hatto yuzlab kilometr joyga kanallar, sugʻorish tarmoqlari, gidrotexnik qurilmalar yordamida yetkazib beriladi. Hozirgi kunda sugʻorish kanallarining umumiy uzunligi 200 ming km. ga yaqinni tashkil qiladi. Suv xoʻjaligining xususiyati mehnatni tashkil qilishni boshqarishda oʻz aksini topadi. Shuning uchun ham, suv xoʻjaligi tashkilotini boshqarish xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlariga qaraganda ancha murakkabdir. Bu suv xoʻjaligi ishlab chiqarishining murakkabligi va oʻziga xosligidan kelib chiqadigan quyidagi xususiyatlarga bogʻliq: - ishlab chiqarish birliklari va mehnat jamoalari va ular boʻlimlarining katta hududlarda tarmoq hamda boshqaruv markazidan uzoq joylashganligi; - har xil suv xoʻjaligi ishlarini bajarishda ishlab chiqarish qurollarining (ekskavator, buldozer, skreper va boshqa) moslanuvchanligi; - ishlab chiqarish qurollaridan foydalanishda ma’lum davrlardagi notekislik va murakkablik; - ishlab chiqarish ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarining notekis rivojlanishi darajasi va boshqalar. Ushbu xususiyatlar boshqaruv mehnatining mazmuni va mohiyatiga ta’sir koʻrsatishi shubhasizdir. Suv xoʻjaligi tashkilotlarida boshqaruv ma’muriyati suv xoʻjaligining xususiyatlaridan kelib chiqib, nafaqat tarmoqlararo, ya’ni texnik-iqtisodiy rejalashtirish, buxgalterlik hisobi va moliyaviy faoliyat tahlili kabi ishlarni balki oʻz faoliyatiga doir (mehnat jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va loyihalashtirish, loyihalashtirishda fan-texnika yutuqlarini ta’minlash, suv xoʻjaligi obʼyektlarini qurish va foydalanish, suv resurslaridan oqilona foydalanishni boshqarish va nazorat qilish, xoʻjaliklararo suv tarmoqlarining joriy va kapital ta’mirini sifatli oʻtkazish va boshqalar) ishlarni ham bajaradi. Suv xoʻjaligi ishlab chiqarishida ishlab chiqarish boʻlimlari juda tarqoq joylashgan (50-60 km va undan koʻproq hududlarda). Rahbar va mutaxassislarning harakatida vaqt sarfini va xarajatlarni kamaytirish uchun ularning boshqaruv faoliyatida bir xil va bir-biriga oʻxshash ishlarni koʻproq bajarish imkoniyatlarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Suv xoʻjaligi tashkilotlarida ishlarning mavsumiyligi ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish jarayonlariga bevosita taalluqli mehnat davrlarining tigʻizligi boʻyicha har-xillikka olib keladi. Shu bilan birga suv xoʻjaligi tashkilotlari boshqaruv ma’muriyati xodimlarining muhim vazifalaridan biri ishchi kuchi va mehnat vositalaridan toʻliq foydalanishni, mehnat jarayonlarining bir tekisligini va uzluksizligining yuqori darajasini ta’minlash hisoblanadi. Boshqaruv ma’muriyatining vazifasi amaliyotda ushbu masalalarni ishlab chiqarish jarayonlarini unga mos kelmaydigan ish davrlari bilan muvofiqlashtirish yoʻli bilan oqilona hal qilishdir. Demak, amaliy jihatdan olganda, har bir tashkilot har qanday davrda ham ishlab chiqarish holatlarining barcha tamoyillarini e’tiborga olgan holda masalaning eng maqbul variantini topishi zarur. Suv xoʻjaligida keyingi davrda ma’lum ijobiy oʻzgarishlar yuz berdi. Biroq, yakuniy natijalar asosiy va aylanma vositalar bilan ta’minlanganligiga, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va markazlashtirish darajasiga, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga, suv xoʻjaligi obʼyektlarining hududiy joylashishiga, zamonaviy texnikalar va ishchi kuchi bilan ta’minlanganligiga, tabiiy-iqlimiy sharoitlari va boshqa omillarga bogʻliq boʻlishiga qaramasdan deyarli bir xil ishlab chiqarish sharoitlarida joylashgan tashkilotlarda xoʻjalik faoliyatining yakuniy natijalari tubdan farqlanadi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri tashkilotlarda mehnatni tashkil etish va boshqarish darajasining har xilligi bilan ifodalanadi. Mehnatni tashkil etishning notekisligidan boshqaruv ma’muriyati xodimi qilayotgan ishi uning mutaxassisligi, tajribasi va lavozim majburiyatlari doirasiga mos kelmaydi. Suv xoʻjalik mutaxassislari jami ish vaqtining aksari koʻp qismida uning vazifasiga kirmaydigan ishlar bilan band boʻladi. Suv xoʻjaligi tizimida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi korxonalarning mustaqilligini va huquqlarini kengaytirdi. Bu oʻz navbatida, suv xoʻjaligi ishlab chiqarishida boshqaruv mehnatini tashkil etishga uslubiy tarzdan toʻgʻri yondashishni talab qiladi. Bu suv xoʻjaligi tashkilotlarining me’yoriy xoʻjalik faoliyati uchun talab qilinadigan rahbar, mutaxassis va texnik xodimlarning oqilona sonini aniqlashga, ularga taalluqli boshqarish va qarorlar qabul qilish uslublarini tanlashga taalluqlidir. Shu bilan birga, kelgusida suv xoʻjaligi ishlab chiqarishini boshqarishning sifatini oshirish uchun boshqaruv ishchilarining sonini oshirish kutilgan samarani bermaydi. Chunki, boshqaruv xodimlari sonini koʻpaytirish ortiqcha harajatlarga olib keladi, ichki xoʻjalik ma’lumotlari koʻpayadi va qarorlar qabul qilishda ma’lum kiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa boshqaruv mehnati unumdorligining kamayishiga sabab boʻladi va suv xoʻjalik ishlab chiqarishining barcha bosqichlaridagi natijalariga salbiy ta’sir qiladi. Shu nuqtai nazardan ham, iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida suv xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Suv xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish deyilganda, suv xoʻjaligining barcha boʻgʻinlarida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy qilish, soha iqtisodiyotini erkinlashtirish, qishloq va boshqa tarmoq xoʻjaliklari bilan shartnoma munosabatlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, suv resurslariga baho belgilash mexanizmini ilmiy asoslash tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasida suv xoʻjaligini boshqarish tizimini bozor iqtisodiyoti konuniyatlari asosida faoliyat koʻrsatishini ta’minlash nafaqat suv resurslaridan tejab-tergab unumli foydalanishda va balki yakuniy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning iqtisodiy koʻrsatkichlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: Qiymat koʻrsatkichlar. Natural koʻrsatkichlar. Bir xil ixtisoslikka ega boʻlgan suvdan foydalanuvchilar oʻrtasida ularga yetkazib berilgan suv resurslaridan foydalanish darajasini qiyosiy baholashda natural koʻrsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday koʻrsatkichlar ikki xil, ya’ni Qaytimlilik Sigʻimlilik usullaridan aniqlanadi. Suv resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligining qaytimlilik koʻrsatkichlari, foydalanilgan suv birligi hisobida yetishtirilgan mahsulot birligini koʻrsatadi, Ya’ni : Download 217.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling