4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar


Download 217.9 Kb.
bet13/16
Sana07.03.2023
Hajmi217.9 Kb.
#1244720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4-mavzu (1)

4. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish – ishlab chiqarishni boshqarishda samarali ilmiy usuldir. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tarmoqli modelini qurishga asoslangan. Ushbu jarayon barcha ishlarni bajarish vaqti boʻyicha aniq bogʻlashga, har qanday vaqtda topshiriqni bajarishga ta’sir etuvchi muhimroq ishlarni izlab topishga, amaldagi mehnat, moddiy resurslarini toʻgʻri taqsimlashga va jarayonni yaxshi boshqarishga imkon beradi.
5. Evristik usullar – qaror qabul qilishning bu usuliga kiruvchi axborot yetarli darajada toʻla va aniq emasligi hamda noma’lum ehtimolli natija toʻla va aniq boʻlgan ehtimolli vaziyatlarda ishlatiladi.
6. Algoritmlik usullar – bu qaror qabul qilish usuli yetarli axborotlar boʻlmaganda, ish natijalari avvaldan tuzilgan algoritm asosida ma’lum boʻlgan hollarda ishlatiladi.
Tashkilot rahbari qabul qilingan qarorlarni bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim boʻladi:

  • ishlab chiqilgan qarorni buyruq yoki farmoyish bilan rasmiylashtirish va tashkilot jamoasi uchun koʻrinadigan joyga e’lon qilish;

  • bajaruvchilar orasida yechilishi zarur boʻlgan masalalarini aniq taqsimlashi va bajarish muhlatlarini koʻrsatib berish;

  • qarorni jamoa a’zolari orasida tushuntirib borishi va uni bajarishga chaqirishi zarur.

Tashkilot rahbari qarorni bajaruvchilarga ma’lum qilinganidan keyin uni bajarilishini muntazam nazorat qilishi va tekshirib borishi kerak.
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori boshqarishning bosh omili hisoblanadi, qaysiki unda korxona, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolari kesishadigan va bir joyda toʻplanadi. Tashkilotlardaboshqaruv qarorlarining samaradorligiga quyidagi bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi;
-rahbariyatning yoki guruhning shaxsiy sifatlari;

  • qaror ishlab chiqish jarayonining axborot ta’minoti;

  • tashkiliy omillar (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga yetkazish shakli, nazorat tizimi va h.k.);

  • texnik omillar (texnik vositalaridan foydalanish va h.k.);

Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yoʻnaltirilgan dasturlar, boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Buni 3 ta guruhga ajratish mumkin:

  1. Qarorlarni oʻz vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish.

  2. Kadrlar va resurslarni optimal joylashtirish operativ zahiralarni shakllantirish.


Download 217.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling