4-mavzu pdf


Lotin yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 30 % ga yaqini foydalanadi.  2


Download 123.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi123.79 Kb.
#1445548
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu (1)

1.Lotin yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 30 % ga yaqini foydalanadi. 
2. Fonetik Arab yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining –10 % ga yaqini
foydalanadi. 
3.Slovyan – Krill yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 10 % ga yaqini
foydalanadi. 
4.Grafik – Xitoy yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 25 % ga yaqini
foydalanadi. 
5.Bo‘g‘inli–Hind yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 20 % ga yaqini
foydalanadi. 
Yozuvning paydo bo‘lishi kishilik jamiyati yaratgan eng yirik madaniy kashfiyot
hisoblanadi. Insoniyatning qo‘lga kiritgan eng yirik davrga xos madaniy obidalar
yig‘indisi, fikriy natijalarning hozirgi davrga yetib kelishida yozuvning roli
kattadir. Agar yozuv bo‘lmaganda, qadimgi ajdodlarimizdan qolgan meros, ular
yaratgan ijodiy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan bo‘lar edi. 
Dastlabki yozuvlar 5-6 ming yil avval Misr, Mesopotamiya, Xett, Hindiston va
Xitoyda kashf etilgan. Bu yozuvlar haqida quyida qisqacha ma‘lumot beramiz. 
Shumerda (Mesopotamiya) mil.avv IV – ming yillikda mixsimon ieroglif yozuv
kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo‘lib, aytmoqchi bo‘lgan fikr
surat shaklida aks ettirilgan. Lekin suratli so‘zlar bilan ko‘p narsani ifoda etib
bo‘lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvning ixtiro etilishiga
sabab bo‘lgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo‘lgan. Mesopotamiyaning
Ur, Bobil, Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud bo‘lgan. Mixxat Yozuvi
Old Osiyoga, keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan.


Ma‘ruzalar matni. Muqumiy nomli Qoqon davlat pedagoguka instituti. 2008. 
Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat rasmli-ieroglif kashf etilgan.
Misr yozuvida narsa va xodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo‘lib
zamonlar o‘tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik
(m.a.2800-2250 y.y.) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo
bo‘lgan.1822 – 
105 


yil Jak Fransua Shampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o‘yilgan bir xil
mazmundagi Misr va yunon yozuvlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan (Rozetta tosh
hozirgi kunda Londondagi ―Britaniya muzeyida saqlanadi). Misrliklar yozuvi

o‘ngdan chapga qarab yozilgan, Shumerliklar yozuvi esa chapdan o‘ngga qarab
yozilgan. 
Hind yozuvi – mil.avv. 3 – 2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat
yozuv bo‘lgan. Xind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo
topilib,olimlarning fikricha bu yozuvlar Shumer va Misr yozuvlari asosida vujudga
kelganligi aniqlangan. Xindlar birinchi bo‘lib er.avv.3-2 ming yillikda xisob soniga
«0» raqamini kiritgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250 – 300 belgi – rasmdan
iborat bo‘lgan Shumer va Xett yozuviga o‘xshatiladi. Mil.avv. V – asrdan boshlab
braxmi , kxaroshtxi, aramey, gupta yozuvidan foydalanganlar. 
Xitoy yozuvi – bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan, Xitoy ieroglifi dastlab
Shan In davrida mil.avv. 2 – ming yillikda kashf etilgan, shunda yozuvlarning turi
2 mingga yaqin bo‘lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga etgan.
Hozirgacha qisman o‘zgarishsiz saqlangan. Dastlab xitoyliklar suyak, yog‘och,
cho‘p, teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan, V –
asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar. 
Krit – Mikenda mil.avv. 3 – 2 ming yilliklarda – chiziqli yozuv mavjud bo‘lgan,
―A va ―B chiziqli xatga ega bo‘lgan. Bu yozuvni 1953 yilda ingliz olimlari


Ventris va Chadvik ―B chiziqli Krit yozuvlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. 

Etrusk, Osk, Lotin yozuvlari mil.avv. VIII – VII asrlarda yaratilgan. 
Finikiyada mil.avv X asr boshlarida 25 ta belgidan iborat yozuv kashf etildi.
Yozuv islox qilinib 22 ta belgiga tushirildi. Bu Finikiya yozuvi deb ataldi. Er.avv.2
ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat. Dunyo alifbolari asosan
Finikiya alifbosidan kelib chiqqan. 
Finikiya alifbosi asosida Oromiy yozuvi, Eron Ahamoniylari yozuvi va Parfiya
yozuvi kelib chiqqan.1 

. Leonteva G.A., SHorin P.A., Kobrin V.B. Vspomogatelnыe istoricheskie dissiplinы. – M., 2000. 106 


3. Deshifrovka, bilingva tushunchasi. Deshifrovka noma`lum yozuv bitilgan
matnni o‘qish demakdir. Buning uchun tatqiq etilgan yozvuvdagi belgilarni o‘sha
belgilar bilan yozilgan tildagi so‘zlarga o‘xshatish, matnlashtirishdir. Noma`lum til
yoki noma`lum yozuvni o‘qish uchun qandaydir bir tayanch, asos bo‘lishi kerak:
chunki yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Agar tayanch bo‘lmasa, asos topilmasa, jiddiy
natija chiqishini ham kutmaslik kerak. 
―Deshifrovka tushunchasi keng ma`noda aytilganda odatda yozma yodorliklar

ustida ijtimoiy olib boriladigan uch xil ishni o‘z ichiga oladi. 
Birinchi, variantda tatqiqotchi noma`lum tilda, biroq ma`lum yozuvda bitilgan xat
yoki xujjatni tushunib olishi va o‘qishi kerak. Masalan, xett mixxatida yozilgan
matn va etrusk tilini yoki yanada tanishroq misol – Portugaliyada lotin alifbosidan
foydalanishni olaylik. Agar portugal lug‘ati va grammatikasi bo‘lmasa,
portugalcha matnni o‘qib bo‘lmaydi. Buning uchun tatqiqotchi so‘zlarning
ma`nosini tushunishi va gramatik formalarini bilishi lozim. 
Ikkinchi variantda, til aniq ma`lum yoki ma`lum deb xisoblanadi-yu, lekin matn
noma`lum yozuv bilan bitilgan, masalan, siz nemischani tushunasiz, biroq faqat
lotincha harf (shriftni) o‘qiy olasiz va got harflarini bilmaysiz. Bu erda
tatqiqotchiga bir xil belgilar sistemasini boshqa xil sistemaga o‘tkazishga to‘g‘ri
keladi. 
Nihoyat uchinchi, oxirgi variant sizga til ham, yozuv ham noma`lum. Bu tatqiqot
eng qiyin biroq eng jozibali xol albatta. Bunda tatqiqotchi bir xil yozuv sistemasini
boshqa sistemaga o‘tkazishi va ma`nosini tushunib olishi lozim. Bu vaqtda
yordamchi fanlarning imkoni boricha barcha ilmiy vositalarining yordami zarur.
Shuning uchun, masalan, Xett mixxatida yozilgan matnni o‘qish bilan Misr
ierogliflari yoki mixxatni o‘qishni bir darajaga qo‘yib bo‘lmaydi. 
Noma`lum matnni o‘qish, ya`ni deshifrovka qilishning eng barakali vositasi –
bilingva dir, ya`ni turli tillarda yozilgan biroq ozmi-ko‘pmi bir xil mazmunga ega
bo‘lgan ikki parallel matndir. 
Masalan, rus va o‘zbek tillarda yozilgan e`lonlar bunga misol bo‘la oladi. Agar
bilingva bo‘lmaganida Misr ierogliflarini ham Bobil mixxatlarini ham o‘qib
bo‘lmas edi. 
107 


Agar bilingvalar bo‘lmasachi, unda nima qilish kerak? 
Bunda yuqorida ta`kidlaganimizdek tatqiqotchiga qo‘l keladigan barcha
variantlardan foydalaniladi. 
1974 yili Turkiyaning Janubida Frantsuz arxeologlari balandligi bir metrdan sal
oshiqroq tosh devorni topishadi. Devorga ikki tilda emas, balki bir yo‘la uch tilda:
likiyaliklar, qadimgi misrliklar va oromiy tilida bitilgan yozuv – tirilingva ni ko‘rib
olimlarning sevinchi to‘lib toshdi. Oromiy yozuvi qadimgi yunon yozuvi kabi
yaxshi o‘rganilgan edi. U qadimgi Eron imperiyasida davlat tili vazifasini o‘tagan. 
Shunday qilib, tadqiqotchi yozuvni o‘qishga kirishar ekan, avvalo yozuv
sistemasining umumiy xususiyatini aniqlaydi. U oxirgi satrning to‘ldirilmay
qolgan qismidan, yozuvning yo‘nalishini bilib oladi, so‘zlarning bo‘laklarga
ajralishi ajralmasligini aniqlaydi, bo‘laklarga ajratilgan taqdirda bo‘laklar qanday
belgilar: chiziqcha, nuqta, ikkita nuqta va xokazolar bilan muntazam
takrorlanayotganligiga e`tibor beradi. 
So‘ngra belgilar sonini belgilab chiqadi. Shunga qarab, u qanday yozuv: harfli,
bo‘g‘inli, ideografik yoki aralash yozuv bilan ish ko‘rayotganligini bilib oladi. 
Tatqiqotchi atoqli otlarni bilingva yordamida (agar bo‘lsa) birinchi navbatda
topadi. Ular olimni noma`lum yozuvga olib kiradigan so‘qmoq yo‘l bo‘lib xizmat
qiladi, masalan, V.Tomson Urxun Enisey bitigtoshlardagi yozuvlar ichidan
birinchi bo‘lib, ―Turk , ―Tangri so‘zlarni o‘qiydi. Bilingva bo‘lmagan xollarda


noma`lm tilda yozilgan tekstni o‘qib tushunishi uchun quyidagi ikki usuldan
foydalaniladi. 
Birinchi - kombinatsiyaga asoslangan usul, bunda yozuv o‘qilayotgan (lekin
tarjima qilinmagan), tekstidan kelib chiqayotgan qonuniyatlar asosida
tushuntiriladi va sharhlanadi.Turli guruxdagi belgilarning tuzilishi va o‘zgarishini,
umuman tekstning tuzilishini, jumlaning asosiy bo‘laklari qanday o‘rin
egallganligini kuzata borib, keyin xulosa chiqariladi. 
Ikkinchsi - etimologik usul. Bu usul o‘qitilayotgan tekstdagi so‘zlarni taxlil
qilingan qardosh tildagi so‘zlarga taqqoslashga asoslangan, biroq bu usulni
qo‘llash uchun mazkur ikki tilning qardoshligini isbotlaydigan jiddiy dalillar zarur.
Harf 
108 


(belgi)lar shaklining o‘xshashligi etarli dalili bo‘la olmaydi, masalan: ruscha ―N‖
bilan lotincha ―N ning shakli bir xil lekin ular har xil o‘qiladi. 

Yozuvchi har qanday kontekstda o‘qish mumkin bo‘lgandagina deshifrovkani
nihoyasiga etgan deb xisoblash mumkin. 

Download 123.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling