4-mavzu pdf


Download 123.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi123.79 Kb.
#1445548
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu (1)



Paleografiya fanining maqsad va vazifalari. Insoniyat tarixidagi qadimgi
yozuvlar

Asosiy masalalar (Reja):
1. Paleografiyaa fanining obekti. Paleografiya fanining vazifalari va fanning
ish uslubi.
2. Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar va ularng turlari.
3. Qadimiy yozuvlarni o‘rganishda epigrafik yodgorliklaming ahamiyati.
4. Yozuvlarning paydo bo'lishi tarixi.
5. Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar va ularning turlari.
6. Predmetli, piktografik, logografik, bo'g'inli, harfiy, mahfiy yozuvlar
Paleografiya faniga kirish, fanning predmeti. Paleografiya – yozuv belgilarining
yaratilishi va ularning rivojlanishini o‗rganuvchi tarxiy-filologik fan. Nazariy
paleografiya tarixan o‗zgargan yozuv xususiyatlarining qonuniyatlarini aniqlaydi,
amaliy va tavsifiy paleografiya muayyan qo‗lyozmaning qachon va qaerda
yaratilganligi, uni yozgan yoki ko‗chirgan shaxsning ishtirokini hamda
kotibningish hajmini aniqlash maqsadida kotiblarning yoki ayrim
qo‗lyozmalarning o‗ziga xos jihatlarini o‗zganadi. Paleografiya mustaqil fan
sifatida diplomatikadan ajralib chiqqan. Paleografiya atamasini birinchi marta
fransiyalik Bernar de Monfokon qo‗lllagan (1708) Paleografiyaning asosiy
vazifasi sanasi ko‗rsatilgan qo‗lyozmalarning ham davri va joyini aniqlashdir.
Paleografiya yozuv belgilarini, asosan xarflar va ularning tarkibiy unsurlarini, satr
usti hamda farqlovchi belgilarni, qisqartirib yozish usullari va boshqalarni
o‗rganadi. Vaqt o‗tishi bilan almashinib va o‗zgarib turgan yozuv materillari
hamda qurollarini ham Paleografiyaning o‗rganish ob‘ektidir. 
O‗tmishni o‗rganishda paleografiyaga yaqin yana bir yordamchi tarix fanining –
Epigrafikaning ham ahamiyati kattadir. Epigrafika yunoncha ―epi va ―grafika


so‘zlaridan olingan bo‘lib, ―buyumga yozilgan degan ma`noni bildiradi.

Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga biilgan
qadimgi va o‘rta asr yozuvlarini urganuvchi fandir. Qadimgi davrda qog‘oz taqchil
bo‘lgan paytda qattiq materiallardan yozuv vositasi sifatida foydalanish juda keng
tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan
ham foydalanganlar. Lekin bu yumshoq materiallar vaqt o‘tishi bilan chirigan yoki
yaxshi saqlanmagan 
103 


shuning uchun qadimgi dunyo tarixini o‘rganishda asosiy manbaa bo‘lib epigrafik
yodgorliklar maydonga chiqadi. 
Yumshoq buyumga yozilgan yozuv qo‘lyozma hisoblanadi. Epigrafika fani qattiq
buyumlarga yozilgan yozuvlarni o‘rganadi. Qo‘lyozmalarni esa palegrafiya fani
o‘rganadi. 
Epigrafika fani dastlab Italiya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan
topilgan oltin, yunon, etrusk, qadimgi yaxudiy, finikiya yodgorliklarigagina ega
edi. XIX asrning o‘rtalaridan epigrafika ayniqsa tez rivojlana boshladi. Epigrafika
fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan avvalgi XI-VIII asrlar tosh va
idishlarga bitilgan Yunon tilidagi yozuvlar, Livan, Suriya, Karfagen, O‘rta er
dengizi orolaridagi Italiya, Frantsiya, Ispaniya va Shimoliy Afrikadan topilgan
finikiya, miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan
topilgan qadimgi Misr petroglifik Yozuvlari yozma yodgoorlilar (bitiklar) topib
urganildi. 

1
Axunjanov E. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi. T.; ―Tafakkur -bostoni‖
2011 y. 
Paleografiya va Epigrafikaning taraqqiyoti tufayli qadimgi xalqlarning, ibtidoiy,
ijtimoiy-siyosiy moddiy madaniyati, diniy mazxabi va umumiy tarixi haqidagi
qimmatli ma`lumotlarni to‘plash imkoni yaratildi. 
Harf shakllarining o‘zgarishini ilmiy jihatdan o‘rganish orqali arxeologik
yodgorliklarning qaysi davrga mansubligi, qadimgi yozuvlarning rivojlanish
darajasi aniqlanadi. Enisey (Ensoy) daryosi xavzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R.
siyosiy) dan topilgan Urxun-Enisey Yozuvlar fanga ko‘pgina qimmatli
ma`lumotlarni to‘plash imkonini berdi. 
2. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot. Yozuv bu - biror tilda qabul qilingan
maxsus belgilar yig‘indisi hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda hammasi bo‗lib
taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‗lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina
o‗rganilgan xolos. Lekin ularning hammasining ham yozuvi bo‗lmay, faqat
og‗zaki nutq shakliga egadir. Demak, hamma tillarda ham yozma shakl mavjud
bo‗lavermas ekan. 
Hozirgi davrda jahondagi xalqlar 220 xildan ortiq yozuvdan foydalanadilar. Bu
yozuvlar 5 ta yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalaridan tarqalgan: 
104 



Download 123.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling