4-mavzu pdf


Download 123.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi123.79 Kb.
#1445548
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu (1)

Xitoy tilida: 
ayol + bola = sevmoq 
quloq+eshik = eshitmoq, bildirmay quloq solmoq 
qilich + yurak = sabr qilmoq, toqat qilmoq 
ayol+tom = tinchlik, sukunat, jimlik. 
118 


Hozirgi zamon tilida ham belgi-ideogrammalardan foydalanamiz. Bular
raqamlardir; biz ularni, mazmuni qaysi tilda bayon etilganligidan qat`iy nazar,
tekstdan bilib olamiz. Lekin ular har xil o‘qilishi mumkin. Matematikadagi,
ximiyaviy formulalardagi belgilar, xalqaro o‘lchov birliklari sistemasi tomonidan
qabul etilgan turli shartli belgilar ham ideogrammalar bo‘lib hisoblanadi. 
Qadimgi mirzalarning tirishqoqligi, ijodkorligiga qaramay, ideografik yozuvda,
umuman olganda, jiddiy kamchiliklar bo‘lishi nutqni yozishning yangi
printsiplarini izlash zaruratini tug‘dirgan. 
Ideografiya mavhum tushunchalarni belgilar bilan ifodalasa-da, so‘zlarning
grammatik formalarini ko‘rsatib bera olmagan, shu tufayli tushunchalar o‘rtasidagi
bog‘lanishni aniq anglatmagan. Ideografiya sistemasining bartaraf etilishi eng
qiyin bo‘lgan kamchiligi - unda belgilarning juda ham ko‘pligidir. Jamiyat
taraqqiyotining ayrim bosqichlarida ideografik Yozuvda o‘n minglab belgi
bo‘lgan. Shu bilan birga, piktogrammalardan olingan, buyumni yakqol
tasvirlaydigan belgilar o‘z «modellari»ga o‘xshamaydigan bo‘lib qolgan. Bunday
belgilar bilan yozishni va uni o‘qishni o‘rganish uchun yillar kerak bo‘lgan,
hammada ham bunday imkoniyat bo‘lavermagan. 
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ehtiyojlar ixcham, aniq va ideografiyaga
qaraganda osonroq yozuv yaratish zaruratini turdirgan. Yozuvni yanada
takomillashtirishga turtki bo‘lgan yangi printsip ideografiya bag‘rida vujudga
kelgan. Bu - ma`noni yozishdan tovushni yozishga o‘tish yo‘lidir. 
Eshitilishi (jaranglashi) jihatdan bir-biriga yaqin so‘zlar - omonimlarni umumiy
belgi bilan ifodalashda ham fonetik prpitsip qo‘llanilgan. Inson logogrammani
aytilgan so‘zning yozuvdagi ifodasi sifatida idrok etishni o‘rgangan. 
Bo‘g‘inli yozuv harfga olib borayotgan yo‘ldagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Bu
mutlaqo yangi g‘oya edi, uning yuzaga kelishi yuksak abstrakt (mavhum)
tafakkurni talab qilardi. Bu osonlikcha qo‘yiladigan qadam emas. 
119 


Yaxlit ma`no anglatadigan so‘zni birinchi marta hech qanday ma`noni
bildirmaydigan qismlarga bo‘lib yuborish uchun ma`noni go‘yo ahamiyatsiz bir
narsa hisoblab, tovush qobig‘ini undan ajrtish kerak edi. Holbuki so‘z ma`noni
anglatish, etkazish maqsadidagina mavjuddir. Buning uchun insoniyatga qariyb
ikki ming yil kerak bo‘ldi. Agar dastlabki ideografik sistemalar eramizdan oldingi
to‘rtinchi-uchinchi ming yilliklarda vujudga kela boshlagan bo‘lsa, bo‘g‘inli szuv
sistemasi faqat eramizdan oldingi ikkinchi-birinchi ming yilliklardagina paydo
bo‘ldi. 
Bo‘g‘inlar Qadimgi Misr, Shumer, Ossuriya, Bobil, Qadimgi fors, xitoy va boshqa
ideografik yozuv sistemalarida ajralib chiqqan. Odatda bir bo‘g‘inli ideogrammalar
- «rebus» usulida bo‘g‘inlarga aylangan. 
Biroq turli tarixiy sharoitlar taqozosi bilan qadimgi Yozuvlar ba`zan sof
bo‘g‘inlarga aylanishga ulgura olmay, muomaladan chiqib ketgan. Boshqa, ancha
«yoshroq» Yozuvlar esa, aksincha, qadimgi ideografik sistemaning bslgilar
asosidan foydalanib, bo‘g‘inli Yozuvga aylangan (masalan, yapon Yozuvi). Xitoy
Yozuvining rivojlanish yo‘li o‘ziga xos bo‘lgan. Bo‘g‘inli yozuv sistemasi
o‘rganish va qo‘llanish uchun ideografik yozuvga qaraganda ancha qulay bo‘lgan.
Undagi belgilar soni ikki-uch yuzdan oshmagan va bir necha belgidan kam
bo‘lmagan, shunga ko‘ra Yozuv ancha ixchamlashgan, tilning fonetik va
grammatik tuzilishini aniqroq aks ettirgan. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, til oz bo‘g‘inlardan «yig‘ilgan» holdagina bo‘g‘inli
Yozuv o‘zini oqlay olgan. Boshqa hollarda yozuv ixchamligini yo‘qotgan - ko‘p
joy egallaydigan bo‘lib qolavergan. 
Yozuvning bundan keyingi rivojlanishi tovushlar oqimini juda mayda
«bo‘lakchalarga» - tovushga qadar bo‘lish yo‘lidan borgan. 
Insoniyat g‘oyat darajada zo‘r, ulug‘ ish bajargan. Dastlab bizning murakkab va
turli-tuman nutqimizni tashkil etgan «bir andazaga tushgan» til elementlari alohida
ajralib chiqqupga qadar tovushlar oqimini mayda bo‘lakchalarga, qismlarga 
120 


bo‘lish, ularni o‘zaro taqqos-lash, ularning farqini va o‘xshashligini aniqlash kerak
bo‘lgan, axir. Masalan, sen so‘zidagi birinchi tovushni talaffuz etganda
lablarimizni bir oz yozamiz, so‘ng so‘zidagi birinchi tovushni talaffuz etishda
lablarimizni salgina oldinga cho‘zamiz va yumaloqlantiramiz, sal so‘zida
lablarimizni dumaloqlantirmaymiz, suv so‘zida esa lablarimizni oldinga cho‘zamiz
va yumaloqlantiramiz. Biroq turlicha eshitilgan shu tovush yozuvda bir xil harf - s
harfi bilan yoziladi. Qad va qat so‘zlari, garchi oxirgi harflari turli tovushdan iborat
bo‘lsa ham, bir xilda eshitiladi va hokazo. 
Qadimgi Misr yozuvida dastlab undosh tovushlar ajratilgan, bupga qadimgi Misr
tilida bir tovushdan tuzilgan logogrammalar bo‘lganligi yordam bergan. 
Birinchi alifboni eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikda finikiyaliklar yaratgan.
Bu alifbo yigirma ikki xarfdai iborat bo‘lgan, harflar faqat undosh tovushlarni yoki
undosh va unli tovushlardan tuzilgan bo‘g‘inlarni ifodalagan. Chunki finikiyaliklar
tili semit tillari gruppasiga mansub bo‘lib, unda undosh tovushlar asosiy rol
o‘ynagan. So‘zlarning ildizi undosh tovushlardan tuzilgan. Unli tovushlar esa
asosan grammatik bog‘lanishlarni va so‘zning shakli (formasi)ni ifodalagan. SHu
sababli finikiyaliklar alifbosi yozuvning bo‘g‘inli va harf-tovushli sistemalari
o‘rtasida oraliq masofani egallagan. Fipikiyaliklar alifbosidagi belgilarning shakli
sodda bo‘lib, yozish uchun ham, yodlab qolish uchun ham qulaydir. Finikiyaliklar
yozuvining kelib chiqishi haqida bir qancha fikr bor. Olimlar misr yozuvi ham,
ossuriya-bobil Yozuvi ham, krit-miken yozuvi ham finikiyaliklar yozuviga asos
solgan bo‘lishi mumkin, deyishmoqda. Har bir nazariyaning tarafdorlari o‘z
dalillarini keltir-moqdalar. Biroq muhimi - finikiyaliklar alifbosi yozuvning uzoq
rivojlanish yo‘lidagi qonuniy natija ekanligidir.Finikiyaliklar alifbosidagi harflar
yunon va aramey yozuvlaridan o‘zlashtirib olingan. Harfli-tovushli yozuvning
sharqiy tarmog‘i va Osiyodagi tarqalgan ba`zi bo‘g‘inli sistemalar aramey
alifbosidan kelib chiqqan. Yunon alifbosi g‘arbiy harfli-tovushli Yozuv
sistemalarining beshigi bo‘lganki, unli va undosh tovushlarni ishlatish bu
sistemalarga ham xos bo‘lgan. 
121 


Qadimgi Yunonlarning buyuk tarixiy xizmatlari shundan iboratki, ular unli
tovushlarni ajratib, bu tovushlar uchun alifboga maxsus belgilar kiritganlar. Yunon
alifbosining shu kungacha saqlanib qolgan asosiy ko‘rinishi shu tarzda kasb
etilgan. Bu eramizdan oldingi birinchi ming yillikda sodir bo‘lgan. Yangilik
nutqdagi tovushlarni aniqroq ifodalash imkonini bergan. Insoniyatning harfli-
tovushli yozuvdan - turli voqea, hodisalarni, fikr va hissiyotlarni ifodalash,
bildirish uchun xizmat qiladigan shu muxtasar quroldan foydalanayotganiga mana
ikki ming yildan ham oshib ketdi. 
3. Yozuvning maxsus turlari. Yuqorida keltirilgan yozuvlardan tashqari xozirgi
vaqtlarda maxsus yozuvlardan foydalaniladi. Bularga Stenografiya va transkripsiya
kiradi. Stenografiya – Bu so‗z ikkita grek so‗zidan tuzilgan stenos tor grapho
yozaman degan ma‘noni anglatadi. Stenografiya maxsus tayyorgarlikni talab
qiladigan va mutahasislar tomonidan ishlatiladigan yozuvdir. Uning yordamida
og‘zaki va yozma nutqni tez va to‘liq qog‘ozga tushurish mumkin. Uni harfli
yozuvning boshqa bir turi desak ham bo‘ladi. 
Stenografik yozuvning o‘z orfografik prinsplari mavjud. Bu prinsplar stenografik
belgilarni to‘g‘ri, bir xil ma‘noda ishlatilishlarini ta‘minlaydi. yozuvning bu turi
og‘zaki nutqni yozib olishni bir necha martaga qisqartirishi mumkin. Shu-ning
uchun u yig‘in va majlislarning protokollarini yozib olishda keng qo‘llaniladi. 
Transkriptsiya so‘zi lotin tilidagi transcription degan so‘z asosida kelib chiqqan.
Bu so‘zning ma‘nosi ko‘chirib yozishdir. Bu stenografiya singari maxsus va sun‘iy
yozuv bo‘lib, nutqdagi so‘zlarning talaffuzini aniq ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
Uning ishlatilish doirasi juda tor. Agar orfografiya xamma uchun umumiy va
birdan-bir yozuv deb hisoblansa, transkriptiya maxsus ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
122 


Ishlatilish maqsadiga kura, transkription yozuv fonetik, fonematik, amaliy
transkriptsiyaga ajratiladi. Fonetik transkriptsiya. Fonetik transkriptsiya talaffuzni
aniq ifodalashga xizmat qiladi. Transkriptsiyaniig bu turi xorijiy tillar lug‘atida
keng qo‘llaniladi. Orfografiyasi tarixiy va an‘anaviy prinsplarga asoslangan tillarni
talaffuzini aks ettirishda maxsus fonetik transkriptsiyaning roli ayniqsa kattadir. 
Transliteratsiya odatda so‘zlarni tarjima qilish kerak bo‘lganda yoki tarjima
qilishga extiyoj bo‘lmaganda ishlatiladi.Ko‘pincha atoqli otlar terminlar shu yo‘l
bilan ifodalanadi. Masalan: ingliz tilidagi astranaut [astre‘na:t] deb talaffuz qilinsa
ham, biz uni rus va o‘zbek tillarida astranavt deb yozamiz .

Download 123.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling