4-mavzu: pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Reja
Download 99.13 Kb.
|
4-Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Tarbiya haqida tushuncha.
4-MAVZU: PEDAGOGIK JARAYONDA TARBIYANING MAZMUNI. Reja Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati. Tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Tarbiya jarayoni va uning o’ziga xosligi. Tarbiya jarayonining asosiy tushunchalari (o’z-o’zini tarbiya, qayta tarbiya). Tarbiya jarayonida tarbiyachi shaxsi. Tarbiya jarayoni qonuniyatlari. Tarbiyaning ijtimoiy sharoitlarga bog’liqligi qonuniyati. Inson tabiati bilan bog’liqligi qonuniyati. Tarbiya, ta’lim va shaxs rivojlanish jarayonlarining o’zaro bog’liqligi. Tarbiya jarayonining mazmuni va tarbiyalanganlik mezonlari. Tarbiya printsiplari. Tarbiya printsiplariga qo’yiladigan talablar. Tarbiyaning ijtimoiy yo’nalganligi va yaxlitligi: tarbiyaning ijtimoiy hayot va mehnat bilan birligi. Tarbiyaning insonparvarlik printsipi. Tarbiyalanuvchiga xususiy yondashuv. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi printsipi. . Tayanch tushunchalar: Tarbiya jarayoni, g‘oyaviy, axlokiy, irodaviy, tarbiya qoidalari, o‘qituvchi-o‘quvchi, tarbiyaning mazmuni,tarbiyaning moxiyati.Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya. Tarbiyada milliy umuminsoniy kadriyatlarning ustunligi. Tarbiyada izchillik, tizimlilik va uzluksizlik. tarbiya, jarayon, ilmiylik, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, onglilik, faollik, tarbiyalovchilik, ko‘rgazmalilik, izchillik, insonparvarlik, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish Tarbiya haqida tushuncha. Ma’lumki, tarbiya kishilik jamiyatining yuzaga kelishi bilan vujudga keladi, u bilan birga taraqqiy etadi, jamiyat tuzumi o‘zgarishi bilan, u ham o‘zgarib boradi. Jamiyatning tarixiy yuksalishi bilan insoniyat turlicha ijtimoiy tuzumlarni bosib o‘tdi. SHuning uchun ham tarbiyani ham sinfiy, ham tarixiy xarakterga ega deb bilamiz. Ibtidoiy jamiyatda sinflar bo‘lmagani uchun tarbiya ham umumiy, ijtimoiy xarakterga ega emas edi, faqat monogam davridan so‘ng quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializm jamiyati sinfiy tabaqalarning paydo bo‘lishi bilan tarbiya ham sinfiy xarakterga ega bo‘ldi. Pedagogikada tarbiya tushunchasi bilan birga ta’lim va ma’lumot tushunchalari birgalikda ishlatiladi. Bu uchala tushuncha o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, bir butun holda ta’lim tarbiyaviy jarayonni ifodalaydi. Jamiyatimizda amalga oshiriladigan pedagogika tarbiyaning mohiyatini va komil insonni har tomonlama taraqqiy ettirsada, tarbiyaning rolini ochib berish, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, prinsiplarini tashkil etish, ta’lim tarbiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni umumlashtirishni, maktab va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari xodimlarini ham nazariya, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi, shuningdek, u tarbiyaviy muassasalardagi xodimlarga, ota-onalarga yoshlarni tarbiya qilish, o‘qitishdagi pedagogik mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida yo‘l-yo‘riqlar hamda amaliy tavsiyalar beradi. Tarbiya deb - tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislatlar va hulqiy fazilatlarni tarkib toptirish va shakllantirish maqsadida, tarbiyalanuvchining ongi va irodasiga aniq maqsad yo‘lida singdirilgan tarbiyaviy ta’sir etish tushuniladi. Avval aytib o‘tilganidek, tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita, usul va uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. YOsh avlodni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratmoq lozim? “Tarbiya” tushunchasining o‘zi qanday ma’noni anglatadi? Download 99.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling