4-mavzu: pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Reja


Download 99.13 Kb.
bet4/6
Sana13.07.2023
Hajmi99.13 Kb.
#1660033
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Мавзу

Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Tarbiyaning texnologiyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining ob’ektigina bo‘lib qolmasdan, sub’ektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.
Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Qarama-qarshilik o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.2
Tarbiya jarayoni qonuniyatlari va prinsiplari
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga, tarbiyaning tamoyillari (prinsiplari) ham borki, ular tarbiya jarayonini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. SHaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi.
Tarbiya jarayoni ijtimoiy hodisa sifatida quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:




Download 99.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling