4-mavzu: pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Reja


Download 99.13 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2023
Hajmi99.13 Kb.
#1660033
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Мавзу

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir

Tarbiya jarayonini tashkil etishda, eng avvalo, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab etish talab etiladi. Binobarin, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida shaxs tarbiyasiga yondashuv ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi. XXI asr insoniyat tarixida “kompyuter davri” bo‘lib qolmoqda. Bu esa shaxsni tarbiyalashga o‘ziga xos yondashuvni qaror toptirishni taqozo etadi.


Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotidan muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish zarur.
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan

Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi; eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya
doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi

Maqsadsiz, ma’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
Tarbiya jarayoni umumiy ijtimoiy maqsadni hal etishga yo‘naltiriladi va aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etishda hal etiladigan vazifalar tizimidir.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab ob’ektiv sabablar etakchi rol o‘ynaydi. Organizmning fiziologik etilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasining etakchi g‘oyalari bo‘lib qolaveradi.
SHaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axlohiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi.
Tarbiya jarayoni ijtimoiy hodisa sifatida quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:




Download 99.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling