4-Mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi reja


Download 55.85 Kb.
bet1/4
Sana14.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1772028
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu


4-Mavzu: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI
Reja:
4.1. Pul aylanishi tushunchasi, uning asosiy shakllari va strukturasi.
4.2. Naqd pul aylanishi va uning faoliyat etish sohalari.
4.3. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tushunchasi, ularni joriy etish zarurati va afzalliklari.

Asosiy tushunchalar: Pul aylanishi, naqd pullar, naqd pulsiz, sarroflar,pul massasi, pul massasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar, pulni sotib olish kobiliyati, kredit turi, pul emissiyasi, pul abarodini

4.1. Pul aylanishi tushunchasi, uning asosiy shakllari va
strukturasi.

Avval ta’kidlaganimizdek, pul doim harakatda bo‘ladi va tovarlar harakatini ta’minlaydi. Tovarlarni sotish va sotib olish, ko‘rsatilgan xizmatlarga xaq to‘lash, turli majburiyatlarni bajarish jarayonida vujudga keladigan naqd pul vositasidagi va naqd pulsiz hisob-kitoblar yig‘indisi pul aylanishini tashkil etadi. Pul aylanishi tovar aylanishiga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u tovarlar sotilishi va sotib olinishidan tashqari quyidagi jarayonlarni ham qamrab oladi:



  • mehnatga haq to‘lash;

  • moliyaviy resurslardan foydalanish;

  • moliyalashtirish, kreditlash va investisiyalash jarayonlari;

  • sug‘urtalash va boshqalar.

Пул айланиши деганда пулнинг, ўз вазифаларини бажариш чоғидаги ҳаракатлари йиғиндиси тушунилади.

Pul aylanishi jarayonida jamiyatning barcha strukturaviy tuzilmalari - davlat muassasalari, mahalliy hokimiyatlar, korxonalar, tashkilotlar, banklar, birjalar, firmalar va aholining barcha guruhlari ishtirok etadi.


Pul aylanishi ikki shaklda, ya’ni naqd pul ishtirokida va naqd pulsiz hisob - kitoblar shaklida amalga oshiriladi:



ПУЛ АЙЛАНИШИ




Нақд пулсиз


ҳисоб-китоблар

Нақд пулли


ҳисоб-китоблар


Pul aylanishi umumiy hajmidagi pul aylanish shakllarining salmog‘i pul aylanish strukturasi deyiladi. Mamlakat iqtisodiyoti va bank tizimi taraqqiyotiga qarab to‘lov va hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida naqd pul aylanishi bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib boradi. Agar XIX-asr oxirlarigacha naqd pul aylanishi salmog‘i ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi davrda naqd pulsiz hisob-kitoblar hissasi ko‘payib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda umumiy pul aylanishining 90% igacha naqd pulsiz hisob-kitoblarga, qolgan 10% idan ortig‘i esa naqd pul aylanishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, AQSHda naqd pul aylanishi umumiy pul aylanishi hajmining qariyib 8% ini tashkil etadi. Oddiy amerikaliklarning hamyonida kamdan-kam hollarda 10 dollardan ortiq naqd puli bo‘ladi. Ular naqd pulni eng mayda xarajatlarga – garajga mashina qo‘yish, gazeta va jurnallar sotib olish kabilarga sarflaydilar, xolos.
Rossiya Federasiyasida naqd pul aylanishi hissasiga umumiy pul aylanishining 30% idan ortig‘i, O‘zbekistonda esa 40% ga yaqini to‘g‘ri keladi.



Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling