4-Mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi reja


Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillar (prinsiplar) asosida tashkil etiladi


Download 55.85 Kb.
bet4/4
Sana14.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1772028
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillar (prinsiplar) asosida tashkil etiladi:
1.Barcha korxona, tashkilot va xo‘jaliklar banklarda o‘z hisob raqam(schyot) larini ochishlari va mablag‘larini shu hisob raqamlarida saqlashlari shart.
2.Barcha hisob-kitoblar faqat banklar orqali amalga oshiriladi.
3.Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar pul egasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
4.To‘lovlar pul to‘lovchining o‘z mablag‘lari yoki bankdan olgan krediti hisobidan amalga oshiriladi va boshqalar.

Mamlakatimizda 90-yillardan boshlab hukumatimiz tomonidan Markaziy bank oldiga to‘lov tizimini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, to‘lovlarning amalga oshirilishini keskin jadallashtirish masalasi qo‘yilgan edi. Mazkur ishning iqtisodiyot rivojida nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan noan’anaviy choralar taklif etildi.


Xususan, banklar bir qator soliqlardan ozod qilindi va ularning soliqdan ozod qilingan mablag‘lari moddiy-texnika bazasini rovojlantirishga yo‘naltirildi. Dunyo bank amaliyotida kamdan-kam uchraydigan bu tadbir mamlakatimiz raxbari tomonidan bank tizimiga bildirilgan ulkan ishonch bo‘lib, u bank tizimining moddiy-texnika bazasini jahon andozalari darajasiga yetkazish va respublikamizda Hamdo‘stlik mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib, yagona elektron to‘lov tizimini yaratish imkonini berdi.
Bunda, mijozlar taqdim etgan to‘lov xujjatlarini bir bank muassasidan boshqasiga pochta orqali yetkazish usuliga asoslangan eski to‘lov tizimi o‘rniga har tomonlama qulay, tizimdagi transaksizlar sonidan qat’i nazar, sanoqli daqiqalar ichida mamlakatdagi istalgan bankka to‘lovlarni o‘tkazib berishga qodir bo‘lgan zamonaviy to‘lov tizimi ishga tushirildi.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Pul aylanishi xaqida tushuncha bering?

  2. Pul aylanishining asosiy shakillari?

  3. Pul aylanish strukturasini taxlil qilib borishdan maqsad nimada?

  4. Naqd pullar harakati qayerdan boshlanadi va qanday harakatlanadi?

  5. Naqd pul aylanishida pulning kaysi vazifasi amalga oshiriladi?

  6. Aholi qo‘lidagi naqd pullarni qanday yo‘llar bilan tartibga solish mumkin?

  7. Naqd pulsiz pul aylanishida pulning kaysi vazifasi amalga oshiriladi?

  8. Naqd pulsiz pullar pulning kaysi tulov vositalari orqali amalga oshiriladi?

  9. Naqd pulsiz xisob-kitoblar nakd pul muomalasiga nisbattan kanday afzalliklarga ega?

  10. Naqd pulsiz hisob-kitoblar qanday asosiy tamoyillar (prinsiplar) asosida tashkil etiladi?

  11. Bankirlarning o‘tmishdagi kasbdoshlari bo‘lmish sarroflar qanday ishlarni amalga oshirganlar?

  12. O‘zbekistonda joriy etilgan to‘lov tizimning afzalliklari nimalardan iborat?

  13. «Pul muomilasi» tushunchasini yoritib bering. Respublikamiz pul muomilasini mustaaxkamlash uchun kanday iktisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur?

  14. K.Marks tomonidan ochilgan «Pul muomilasi qonuni»ning mazmuni nimadan iborat? Sizningcha bu qonun xozirgi kunda amal kilyaptimi?

Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling