4-Mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi reja


Aholi qo‘lidagi naqd pullarni quyidagicha tartibga solish mumkin


Download 55.85 Kb.
bet3/4
Sana14.11.2023
Hajmi55.85 Kb.
#1772028
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

Aholi qo‘lidagi naqd pullarni quyidagicha tartibga solish mumkin:
- aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish;
- tovarlar va xizmatlarga xaq to‘lashda cheklar, kredit va plastik kartochkalar hamda boshqalarni joriy etish;
- aholi mablag‘larini turli - tuman omonatlar va jamg‘armalar sifatida banklarga jalb qilish;
- aholiga qiymatli qog‘ozlarni sotish, ularning mablag‘larini iqtisodiyotni rivojlantirishga sarflash va boshqalar.

Mustaqillik yillarida pul muomalasini tartibga solish mexanizmlari takomilashtirildi, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatidan tushadigan naqd pul tushumini to‘liq inkassatsiya qilish hamda korxonalar va aholining naqd pulga bo‘lgan talabini ularning birinchi murojatiga ko‘ra ta’minlash borasidagi qonunchilik talablari kuchaytirildi. Ushbu jarayonlarni monitoring qilish agar muammo yuzaga kelganda uni tezkor hal qilishning samarali tizimi shakillantirildi.


Xususan, pul muomalasini boshqarishning bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lmagan usullari va mexanizmlari bekor qilindi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida Inflyatsiya darajasining keskin pasayishiga erishildi.


4.3. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tushunchasi, ularni joriy etish zarurati va afzalliklari.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar pulning to‘lov vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar juda qadim zamonlarda kelib chiqqan, ammo naqd pul muomalasidan so‘ng. Hozirgi bankirlarning o‘tmishdagi kasbdoshlari bo‘lmish sarroflar pul almashtirish va pul saqlash bilan bir qatorda naqd pulsiz hisob- kitoblarni ham amalga oshirganlar.
Naqd pulsiz hisob - kitoblar deganda, pul mablag‘larining bankdagi bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga naqd pul ishtirokisiz, faqat hujjatlar asosida o‘tkazish tushuniladi. Odatda, naqd pulsiz hisob - kitoblarni ko‘pchilik «pul ko‘chirish» yoki «pul o‘tkazish» deb tushunadi.
Boshqacha qilib aytganda, pul mablag‘lari mahsulot sotib oluvchining bankdagi hisob raqamidan mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ya’ni, birinchi hisob raqamidagi mablag‘lar kamaytiriladi, ikkinchisidagi esa ko‘paytiriladi.
Naqd pulsiz hisob - kitoblar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

  • korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklar o‘rtasidagi yetkazib berilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘langanda:




  • korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklar bilan davlat muassasalari o‘rtasida soliqlarni to‘lashda, byudjetdan mablag‘larni olishda:




  • korxona, tashkilotlar va xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasida kreditlar olish va qaytarishda, foizlarni to‘lashda, depozitlar qo‘yish va olishda:




  • korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklar bilan fuqarolar o‘rtasida tovarlar sotib olishda, ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lashda:

Naqd pulsiz hisob-kitoblar naqd pul muomalasiga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:



  • korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan ehtiyoji keskin qisqaradi;

  • naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish naqd puldan foydalanishga nisbatan arzonga tushadi;

  • pul mablag‘larining havfsizligi ta’minlanadi;

  • pul harakati tezlashadi;

  • hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshirilishi tufayli, ularning qonuniyligini nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi va boshqalar.



Download 55.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling