4-mavzu: Qadimgi davr tarixshunosligi
O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar tarixshunosligi
Download 28.46 Kb.
|
4-мавзу
O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar tarixshunosligi. Markaziy Osiyo insoniyatning qadimiy madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Bronza davrida boshlangan ijtimoiy tabaqalanish mil. avv. I ming yillikning o'rtalarida ilk sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlikning vujudga kelishiga olib keldi. 0 ‘rta Osiyoda quldorlik jamiyatining xronologik doirasiga haligacha aniqlik kiritilmagan. Tarixiy asarlarda ushbu davr turlicha: mil. aw. VIII-VII asrlardan milodiy V asrgacha yoki mil. avv. VI asrdan milodiy IV asrgacha, hattoki mil. aw. IV asrdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davr sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu davming boshlarida 0 ‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar - Xorazm va Baqtriya vujudga kelgan. Ushbu davlatlar haqida “Авесто’Ма ma’lumot berilgan. Mazkur ma’lumotlar arxeologik tadqiqotlar natijasida tasdiqiandi. Arxeologlar Afrosiyob (Samarqand), yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo), Ko‘zaliqir (Xorazm) va Qiziltepa (Surxondaryo) kabi qadimiy shaharlami topib 0‘rgandilar.
Mil. aw. I-ming yillikning ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyo hududida Xorazm, Qang‘ va Dovon kabi davlatlar vujudga keladi. Sirdaryoning o‘rta oqimlarida yashovchi sak qabilalari makedoniyalik Aleksandr qo‘shinIari va salavkiylar tajovuziga qarshi uzluksiz kurash olib bordilar. Ana shu kurashlar borayotgan bir paytda mil.aw. Ill asr boshlarida yarim o‘troq Qang‘ davlati vujudga keladi. Ushbu davlat Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi tub yerli aholini, bir qancha yarim ko‘chmanchi qabilalami va o‘lkalami birlashtiradi. Mazkur davlat mil.aw. II—I asrlarda Markaziy Osiyoda yirik va kuchli davlatga aylanadi. Bu davrga kelib Qang‘ siyosiy birlashmasi Sug'diyona va Xorazmga o‘z hukmronligini o‘tkazadi. Ushbu davlatning asosiy markazi Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlar haqida ma’lumot beruvchi eng qadimgi manba “Авесто” hisoblanadi. Uning ilk qismlari (Yasht va Gotlar)da “tur” yoki “danay turlari” deb ataluvchi etnonimlar eslatiladi. V. V. Bartold turlarni Markaziy Osiyoda yashovchi Eron tilida so'zlovchi xalqlar, deb izoh beradi. V. I. Abaev “Авесто’Уа tilga olingan turlarni Markaziy Osiyo saklari bilan, Danay turlarini esa Sirdaryo bo‘ylarida yashovchi saklar bilan tenglashtiradi. “Авес-ro’’da Qanqa, Qang‘a yoki Qang‘dez toponimlari ham qayd etiladi. Qadimgi Eron tilida yozilgan manbalarda “sak” va “skif” etnik nomlari uchraydi. Sirdaryoning o'rta oqimi va uning shimolidagi hududlarda yashovchi saklar antik davrning tarixchi va geograflariga ham ma’lum bo‘lgan. Ana. shu saklar haqida ba’zi ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchisi Ptolemey (mil. aw. 204—122-yy.), yunon geografi va tarixchi Strabon (mil. avv. 64—24-yy.) Plutarx (milodiy 45—127-yy.), yirik astronom va geograf Ptolemey yozuvchi va tarixchi Arrian (95-175-yy.), Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf (milodiy I asr) asarlarida aks ettirgan. G‘arbiy Yevropalik olimlardan V. Tomashek, E. Shavann va boshqalaming tadqiqotlarida qadimgi yunon, fors hamda xitoy manbalarida qayd etilgan “Qang‘” va “qang'uy” so‘zlariga to'xtalib, ushbu nomlaming “Qang‘ (Qanqa)” toponimi “Qang‘ar” hamda “Qang'uy” etnonimiga qanchalik aloqador ekanligi haqida gap ketadi. Mazkur tadqiqotchilaming fikr- mulohazalari qo‘yilgan masalani to‘g‘ri tushunib olishga katta yordam beradi. Rus sharqshunos olimlari V. V. Radlov va N. A. Aristovlaming tadqiqotlarida qang'lilar haqida ba’zi muhim fikr hamda kerakli ma’lumotlar berilgan. Qang'li va Qang‘ davlatiga bag'ishlangan yirik tadqiqot o‘zbek olimi K. Sh. Shoniyozovga tegishlidir. Ushbu muallifning tadqiqotlarida Qang‘ davlati, uning aholisi, qo‘shni davlatlar bilan aloqasi, iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil yoritilgan. O ‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlaming siyosiy tarixi ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi uchun yaxshi o'rganilmagan. Bu esa tarixshunoslikdagi muhim muammolardan biri hisoblanib, kelgusida mazkur sohada chuqur tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: “Авесто” haqida qanday tushunchaga egasiz? “Авесто” kitobi haqida birinchi bo‘Iib ilmiy tadqiqot olib borgan olim kim ekanligini bilasizmi? “Авесто” kitobi tarixshunosligi haqida nimalarni bilasiz? “Avesto”ning xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o‘mini qanday baholaysiz? Qang‘ davlati tarixshunosligi bo'yicha tadqiqot olib borgan olimlar haqida gapirib bering. Download 28.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling