4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
Totem e’tiqodi. Qadimgi diniy e'tiqodlardan biri bu totemizmdir.
Totemizm, ya'ni hayvonlarga e'tiqod qilish Misrda ibtidoiy davrdan boshlanib, arxaik davrgaeha keng tarqalgan edi. Misrliklar juda qadim zamondan boshlab sher, timsoh, ilon. buqa, qo'chqor. loehin. asalari, mushuk va boshqa hayvonlarni ilohiylashtirib ularga e'tiqod qilgan. Ularga bag'ishlab ibodatxonalar qurib, haykallar yasashgan. Qadimgi Misrning juda ko‘p viloyatlarida muqaddas sher, arslonlarga topinganlar. Bubastisdagi Minzisga e'tiqod qilish hanula Tenis, Memfis va Esnadagi urg‘oehi arslon ma’budalarga e’tiqod qilish ana shular jumlasidandir. Bular orasida arslon boshli ma'buda Soxmet e’tiqodi ayniqsa keng tarqalgan. O‘rta. Yangi va So'nggi podsholik davrlarida zaharli ilonlarga, xususan, kobra - ko'zoynakli ilonga e'tiqod etish mavjud bo'lgan. Xususan, Abu-Sambuldagi g‘or ichiga solingan ibodatxona kiraverishida Ramzes II ning g‘oyat katta haykali saqlanib qolgan boiib, uning bosh kiyimining peshona qismida ham zaharli ilonning tasviri bor. Shuningdek, fir’avn Exnaton haykali portretining boshi bizgacha saqlanib qolgan. Exnaton bosh kiyimining old tomonida ko‘zoynakli ilonning tasviri bor. Buto shahrida zaxarli ilonga ma’buda Uajit deb nom berib, unga sajda qilganlar. Qadimgi Misrda uy hay vonlariga e'tiqod qilish, ularni ilohiylashtirish keng tarqalgan edi. Masalan, Misrning qadimgi poytaxtlari bo`lgan Memfis va Geliopolda Apis va Mnevis degan muqaddas buqalarga topinganlar. Muqaddas buqa keyinchalik ilohiylashtirilgan. U tabiatdan ham ustun turuvchi kuchga ega bo`lgan podsho obrazi bilan qo‘shilib ketgan. Qo'chqor shaklida tashkil etilgan xudo Xnum ijodiy kuch xudosi hisoblangan. Muqaddas qo‘chqorni ilohiylashtirish Fiva xudosi Amon e'tiqodida Makedoniyalik Aleksandr zamonigacha ham saqlanib qolganki, kohinlar Aleksandrni “Xudo Amon o'gii” deb ta’rifiaganlar. Mendes, Germopol va Likopolda muqaddas echkiga topinganlar. Muqaddas sigir - ma’buda Xatxor e'tiqodi butun Misrda juda keng yoyilgan e’tiqod bo'lib, uning markazi Dender shahri bo`lgan. Muqaddas bayvonlarga e’tiqod qilish podshoning e’tiqodida ham aks etgan. Muqaddas lochin, asalari, kalxat va ilonlar azaldan podsho hokimiyatining homiylari hisoblangan. Podshoning o'zi esa ko'pincha odam boshli arslon (sfmks) sifatida tasvir etilgan. Muqaddas hayvonlar rassomchilik. haykaltaroshlik va tasviriy san’atning boshqa turlarida o‘z ifodasini topgan. Misrliklar o‘z xudolariga bag"ishlab madhiyalar yozib, turli ma’raka va jonliq so‘yib qurbonliklar oikazgan. Misrda yovuzlik xudosi Set bo`lib, u odam tanali, eshak boshli qilib tasvirlangan. O'simliklar va dehqonchilik xudosi Osiris b o iib , u Set tomonidan o'ldiriladi. Misrda fir’avnlarni ilohiylashtirish ilk podsholik davriga borib taqaladi. Yangi podsholik davrida bu yanada kuchayadi. Fir’avnni xudo darajasiga ko'tarib Amon farzandi deb ataydilar. Misr-Xett sulhi tuzilganda hujjatga har ikki tomondan mingladan xudoning nomi yozib qo'yilgan ekan. Misr madaniyati o‘ziga xos tarixiy yo'lni bosib o'tib. jahon madaniyatiga o'zining ijobiy ta’sirini o'tkazgan. Misrliklar boshqa xalqlar madaniyatidan ham bahramand bo`lganlar. Shunday qilib, Misr madaniyati jahon xalqlari sivilizatsiyasi rivojiga juda katta hissa qo'shgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling