4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
«Homon» va qadimgi Misr yodgorliklari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
«Homon» va qadimgi Misr yodgorliklari. Qur’on Muso Payg‘ambar
(a.s.)ning hayotini juda aniq qilib yoritadi. Qur’on Fir’avn va uning Isroil farzandlariga bo‘lgan munosabatini so‘zlab berish bilan bir qatorda, Qadimgi Misr haqida juda boy ma’lumotlarni oshkor qiladi. Bu tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati yaqindagina dunyoning bilimdon kishilari e’tiboriga tushdi. Agar bu ma’lumotlar ustida bir oz mulohaza yuritilsa, shu kunlarda kashf qilinayotgan barcha muhim ilmiy, tarixiy va arxeologik topilmalar bilan bevosita aloqador bo‘lganligi bois, Qur’on va undagi ma’lumotlar hamma narsani bilguvchi zot Dono va Qodir Alloh tomonidan vahiy qilinganligini tezda fahmlash mumkin. Bu donolikka Fir’avn bilan bir qatorda ismi Qur’onda qayd etilgan shaxs – Homonga Qur’onda e’tibor berilganligini misol qilish mumkin. Uning ismi Qur’onning olti joyida tilga olingan bo‘lib, u Fir’avnning eng yaqin tarafdorlaridan biri bo‘lgan-ligini bizga ma’lum qiladi. Ajablanarli tomoni shundaki, Tavrotning Muso Payg‘ambar (a.s.) hayotiga aloqador bo‘lgan bo‘limlarida Homon degan ism umuman qayd etilmagan. Biroq Tavrotning oxirgi qismlarida Homon Muso Payg‘ambar (a.s.)dan taxminan 1100 yil so‘ng isroilliklarga ko‘p shafqatsizliklar keltirgan Bobil qirolining yordamchisi sifatida tilga olinadi. Qur’on esa yaqinda ochilgan arxeologik kashfiyotlar bilan hamohang ravishda, Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hayoti bilan bog‘liq «Homon» degan so‘zni o‘z ichiga olgan. Misrcha ieroglif yozuvini o‘qiy olish imkoniyati bundan taxminan 200 yil avval kashf qilingandan va Homon degan ism qadimgi yozuvlarda topilgandan so‘ng ayrim musulmon bo‘lmagan shaxslar tomonidan Islom kitobiga qarab otilgan tanqidiy fikrlar o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ldi. XX asrgacha Qadimgi Misr yozuvlari va shartli belgilariga tushunib bo‘lmas edi. Qadimgi Misr tili so‘zlar emas, balki shartli belgilar, ierogliflardan tashkil topgan. Xuddi zamonaviy so‘zlar kabi muhim voqealarni hikoya qiluvchi va qayd etuvchi bu rasmlar qoya va toshlarga o‘yib solingan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asrlar osha hanuz mavjud bo‘lib kelmoqda. II va III asrlarda nasroniylik va boshqa madaniy ta’sirlar natijasida Misr bugungi kunda o‘lik deb hisoblanadigan ieroglif yozuvi bilan bir qatorda, o‘zining qadimiy mafkuralaridan umrbod voz kechdi. Ierogliflardan foydalanib yozilgan eng oxirgi namuna 394- yilga borib taqaladigan yozuvdir. Rasmlar va shartli belgilar unutilgan edi va ularni o‘qib tushunadigan biror kishi qolmagan edi. Tabiiyki, bu tarixiy va arxeologik dalillarni o‘rganish imko-niyatini cheklar edi. Bu holat bundan II asr burungi davrgacha davom etib keldi. 1799 yilda, «Rosetta Stone» deb ataladigan yozuvli doska kashf qilinishi bilan Qadimgi Misr ierogliflarining siri oshkor bo‘ldi. Bu ajoyib topilma miloddan avvalgi 196 - yilga borib taqalar edi. Bu yozuvning ahamiyatli tomoni shunda ediki, u uchta turli ierogliflar, avomga xos (Qadimgi Misr ieratik yozuvining soddalashtirilgan shakli) va yunon yozuv turlarida yozilgan edi. Grek yozuvi yordamida Qadimgi Misr yozuvlari biz tushunadigan tilga o‘girildi. Bu yozuvlar Jan-Fransua Shampollion ismli fransuz arxeologi tomonidan tarjima qilindi. Shu tariqa unutilgan til va voqealarga aniqlik kiritildi va Qadimgi Misrning sivilizatsiyasi, dini va ijtimoiy hayoti to‘g‘risidagi juda ko‘p ma’lumotlar insoniyat uchun foydalanish mumkin bo‘lgan holatga keltirildi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyat tarixidagi muhim bir era haqidagi bilimga keng yo‘l ochib berdi. Ierogliflarni tushunarli tilga o‘girish orqali juda muhim bir ma’lumot oshkor bo‘ldi: Homon degan ism haqiqatdan Misr yozuvlarida qayd etilgan edi. Bu ism Venadagi Hof muzeyida saqlanayotgan yodgorlikda ham mavjud bo‘lib, Homon va Fir’avn o‘rtasidagi yaqin aloqani nazarda tutar edi. Barcha yozuvlar to‘plamiga asoslanib tayyorlangan People in The New Kingdom (Yangi Qirolliqdagi odamlar) lug‘atida Homon «tosh qazuvchi ishchilarning boshlig‘i» deb tilga olinadi. Natijada juda muhim haqiqatga aniqlik kiritildi: Homon Muso Payg‘ambar (a.s.) davrida Misrda yashagan shaxs bo‘lib chiqdi. U Fir’avnning yaqin kishisi bo‘lib, xuddi Qur’onda ta’kidlangani kabi, qurilish ishlarida ishtirok etgan edi. Fir’avn: «Ey, odamlar! Men sizlar uchun o‘zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon! Loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil! Shoyadki, men (uning ustiga chiqib) Musoning ilohini qo‘rsam. Men uni yolg‘onchilardan deb o‘ylamoqdaman», - dedi. («Qasas» surasi, 38-oyat) Fir’avnning Homonga minora qurishni amr etishining Qur’on oyatida tasvirlanishi bu arxeologik topilma bilan to‘liq mos keladi. Mana shu ajoyib kashfiyot natijasida Qur’onga muholif bo‘lganlarning bema’ni da’volari yanglish va fikran ahamiyatsiz ekanligi isbotlandi. Qur’on mo‘jizakorona, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida ma’lum bo‘lmagan yoki tushunilmagan tarixiy ma’lumotlarni bizga yetkazdi. Ierogliflarni 1700 yilning oxirlarigacha tushunishning imkoni bo‘lmadi, shuning uchun Misr manbalaridan ma’lumotlarni aniqlab bo‘lmas edi. Homon degan ismning qadimiy yozuvlarda topilishi Allohning so‘zi ishonchli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi 2 . Homon degan ism Misr ierogliflari XIX asrda tushunarli tilga o‘girilmaguncha noma’lum bo‘lib keldi. Ierogliflar tushunarli tilga o‘girilganda Homon Fir’avnning yaqin yordamchisi va «tosh qazuvchilarning boshlig‘i» bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. (Quyida Qadimgi Misr quruvchi ishchilarining tasviri tushirilgan.) Bu yerda ahamiyatga molik ma’lumot shundaki, Homon Fir’avnning amriga binoan qurilish ishlarini yuritgan shaxs sifatida Qur’onda qayd etilgan. Bu o‘sha paytda biror kishining bilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumot Qur’onda berilgan, degan ma’noni hamda uning diqqatga sazovor ekanligini anglatadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling