4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Misrda Efiopiya hukmronligi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misrda Ossuriya podsholigining hukmronligi.
Misrda Efiopiya hukmronligi. Mil.avv. VIII-VII asrlarda yuqori Misr
janubida Efiopiya (Kush) davlati ravnaq topadi. Misrning kuchsizlanganidan foydalanib Efiopiya podsholari Misr ustiga bostirib kiradi. Efiopiya podshosi Pianxi va uning vorisi Shabakalar davrida (Mil.avv. 740-720) Misr Efiop qo'shinlari tomonidan bosib olinadi. Mil.avv. 715-yilda bo'lib o'tgan jangda Misr qo'shinlari tormor qilinib. fir’avn Bakxoris asir olinadi va tiriklayin o'tga tashlab kuydiriladi. Misr bosib olingach. Efiopiya va Misr bitta davlat qilib birlashtiriladi. Shu tariqa Misrda Efiopiya sulolasi hukmronlik qiladi. Bu Misr tarixidagi 25- sulola edi. Efiopiya sulolasi Misrni Mil.avv. 715-yildan 664-yilgacha boshqaradi. Shabaka davrida mamlakatda tinchlik o'matilib, xo'jalik va madaniyat ancha rivoj topadi. Misrda Ossuriya podsholigining hukmronligi. Mil.avv. VII asrning birinchi yarmida Ossuriya davlati qaytadan kuchayadi. Asarxadon va Ashshurbanipal podsholik qilgan davrda Ossuriya qo'shinlari Misrga uch marta bostirib kirgan. Ular aholini qirg'in qilib, Misr boyliklarini talab, aholining bir qismini qul qilib haydab ketgan. Asarxadon Mil.avv. 6 74-671-yillardagi jangda Efiopiya-Misr podshosi Taxarkani yengib, o'zini Efiopiya-Misr podshosi deb e’lon qilgan. Ossur podsholarining Misrdagi hukmronligi Mil.avv. 671-yildan 655-yilgacha davom etgan. Shu davr ichida Misrda Ossurlarga qarshi Taxarka rahbarligida ikki marta qo'zg'olon ko'tarilgan, 663-yilda esa ossur qo'shinlari bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon qo'shinlari o'rtasida qattiq jang bo'lib. jangda ossurlar g'alaba qozonadi. Shu jangdan so'ng 25-efiopiya sulolasi tugati ladi, mamlakat 20 ta nomga bo'linib ketadi. Nilning quyilishidagi Sais nom davlati ossurlardan biroz imtiyoz olib, o'zlarini mustaqil sezardilar. Sais hukmdorlari Misr taxtini egallash uchun harakat boshlaydilar. Sais quyi Nil tarmog'ining g'arbiy qismidajoylashgan shahar bo'lib, atrofi botqoqliklar bilan qurshalgan edi. Asli Kichik Osiyolik Sais hukmdorlaridan Psammetix I Lidiya, Yunoniston va Bobil bilan ittifoq tuzib mamlakatdan efiopiyaliklarni va ossuriyaliklarni surib chiqargan. Shundan so'ng janubiy Misrda ham o 'z hokimiyatini mustahkamlab, Mil.avv. 655-yilda mamlakatni birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan. U 26-sulolaga asos solib, bu sulola Mil.avv. 664-yildan 525-yilgacha Misrda hukmronlik qilgan. Psammetix 1 mamlakat obodonchiligi va xo'jaligini rivojlantirish ishiga homiylik qilgan. Psammetix I ning o 'g 'li va taxt vorisi Nexo II (Mil.avv. 610-595) Misrni kuchli davlatga aylantirish uchun harakat qilgan. U Falastin va Suriya janubida Misr ta'sirini qayta tiklamoqchi bo'lib, Frot daryosigacha borgan. Ammo Frot daryosi sohiliga chiqqan. Nexo II qo'shinlari bobilliklarning qarshiligiga duch kelgan. Karxemish yonidagi jangda uning qo'shinlari bobilliklardan yengiladi. Nexo II davrida Misrda obodonchilik va xo'jalikni rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Xuddi shu davrda Qizil dengiz bilan O'rtayer dengizini birlashtiradigan 84 km uzunlikdagi kanal qazilgan. Kanal qurilishida asirlar, qullar va oddiy aholi ishlagan. Qurilish vaqtida 120 mingdan ortiq odam og'ir mehnat natijasida o'lib ketgan. Nexo II buyrug'i bilan Finikiya dengizchilari Mil.avv. 600-597-yillarda Afrika atrofini aylanib chiqqanlar. Mil.avv. 569-yiIi mamlakatda g'alayonlar boshlangach Misr taxtini sarkarda!ardan bo'lgan Yaxmos II egallagan. U Mil.avv. 570—525-yi 11 arda Misrda podsholik qilgan. U Misr davlatini mustalikamlash uchun ko'p harakat qilgan. Lekin, Yaxmos II Eroniylar Misrga bostirib kirishlaridan biroz oldinroq vafot etgan. Mil.avv. 525-yili Eron qo'shinlari Pelusiya yonida bo'lgan jangda Misr qo'shinlarini tor-mor etadi. Eron shohi Misrni istilo qilgan va o'ziga tobe qilib olgan. Shu vaqtdan boshlab Kamibiz 27- sulolaga asos solib o'zini ham Eron podshosi, ham Misr fir’avni deb e ’lon qiladi. Ammo 28, 29 va 30- sulola vakillari misrliklardan bo`lgan. Mil.avv. 332-yili Misr Makedoniyalik Aleksandr davlati tarkibiga kirib, uning vafotidan keyin bu yerda Ptolemeylar davlati qaror topgan. Keyinchalik esa Misr Rim saltanati tarkibiga qo'shib olingan. 395-yildan Misr Vizantiya ta'siriga tushib qolgan. Shu bilan Qadimgi Misr tarixi barham topib, tarix sahnasidan butunlay ketgan. Ma’lumki, O ita Osiyo massagetlari bilan olib borilgan jangda Eron qo'shinlari tor-mor etilib, shoh Kayxusrav II janglarning birida fojiali tarzda halok b oigan. Gerodot keltirgan afsonaga ko'ra massagetlar malikasi To'maris Kayxusravni yengib. urush maydonidan uning jasadini topib kelishni buyurgan va uning kallasini kishi qoni to'ldirilgan meshga tiqavotib “sen qon talab eding, seni qonga to'yg'izmoqchi edim”, - degan ekan. Kayxusrav vafotidan so'ng uning o'g'illari o'rtasida toju-taxt uchun kurash boshlanadi. Kambiz Eron davlatining to'la huquqli podshosi bo'lib oladi. Bu kurashda u o 'z ukasini qatl ettiradi. Kambiz taxtda mustahkam o'mashib olgach, joylardagi qo'zg'olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi. U otasi Kayxusravning istilochilik siyosatini davom ettirish maqsadida Misr ustiga qo'shin tortib borishga tayyorgarlik ko'radi. Mazkur davrda Misr Eron shohlari uchun xavfli raqib hisoblanar edi. So'nggi podsholikka mansub Amazis-Yaxmos II yunonlar bilan aloqa bogiab, o 'z qo'shiniga yunonlardan yollanma askarlarni jalb etadi. U Misrning iqtisodiy, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamlamoqchi bo'lgan. O'zining ulkan qo'shini va ittifoqchilari- finikiyaliklar, kiprliklar, samosliklaming kuchli harbiy dengiz flotiga suyanib. Kambiz II Mil.avv. 526-yilda Misrga qarshi harbiy yurish boshlagan. Misrga qarshi yurishda lidiyaliklar ham ishtirok etgan. Kambiz shimoliy arab qabilalari sardorlari bilan ittifoq tuzib. Mil.avv. 526-yili Eron qo'shinlari Misr chegaralariga yaqinlashib kelayotgan paytda zamonasining mashhur arbobi Amasis-Yaxmos II ittifoqchisi hisoblangan yunonlarning yollangan qo'shinlaridan ustalik bilan fovdalandi. Uning vafotidan so'ng o 'g 'li Psammetix taxtga o'tirdi. Psammetix o 'z mamlakatini dushmanlar hujumidan va o ‘z davlatining mustaqilligini saqlab qolishning uddasidan chiqa olmagan. Kambiz qo'shinlari Mil.avv. 525-yilda chegaraga yaqin bo'lgan Pelusiya yaqinida Misr qo'shinlari bilan to'qnashib. misr va yunon yollanma qo'shinlarini tor-mor etgan. Shuningdek, Memfis shahri uchun bo'lgan jangda ham eroniylarning qo'li baland kelib, ular Misrni o'zlariga bo'ysundirganlar. Misr qo'shinlarining yengilishiga asosiy sabab Fanes boshliq yunon yollangan qo'shinlari va nom qo'shinlari sarkardalarining xoinligi bo'lgan. Shuningdek, Misrga qo'shni bo'lgan liviyaliklar eronliklarga o'z ixtiyorlari bilan taslim bo'lishgan. Shimoliy Afrikadagi kirenalik va barqaliklar ham eroniylarga so'zsiz taslim bo'lib, Kambizga xiroj to'lagan hamda sovg'a-salomlar yuborib turgan. Shu davrda Misrda g'alayonlar boshlanib, unga qarshi eronliklar qattiq jazo choralarini qo'llaydilar. Jumladan 26-sulolaga mansub so'nggi Misr fir’avni Psammetix, Gerodot ta ’biri bilan aytganda “misrliklami qo'zg'olonga chaqirishda” ayblanib o'ldirilgan. Kambiz II qo'shinlari Misrni istilo qilish bilan cheklanib qolmay,Misrga chegaradosh mamlakatlarga kirib borgan. U Karfagenni, vohalarni va uzoq Efiopiyani ham istilo qilishga urinib ko'rgan. Kambiz Nubiya va Efiopiya istilosiga yaxshi tayyorgarlik ko'rmagan edi. Qo'shinda ocharchilik boshlanib, askarlar orasida odamxo'rlik kelib chiqqan. Ammo Kambiz qo'shinlari Efiopiya va Karfagenni bosib olishga muvaffaq bo'la olmagan. Kambizning vohalarga yuborgan qo'shinlari vohaning jazirama qum-cho'llarida halok bo'lganlar. Finikiya floti karfagenlik o 'z qabiladoshlariga qarshi chiqishdan bosh tortgan. Kambiz o'zini eroniylardan bo'lgan XXVII sulolaning asoschisi deb hisoblab, Misr fir’avni va Eron shohi deb e’lon qilgan. Ammo Kambiz Mil.avv. 522-vili Eronga qaytayotgan vaqtda sirli tarzda o'ldirilgan. Uning o'rniga taxtga ahamoniylardan bo'lgan Doro I o'tirgan (Mil.avv. 522-486). Doro I davrida Misr Eron davlati tarkibida bo'lgan. Ammo eroniylarning Misrdagi hukmronligi asta- sekin zaifiashib borgan. Eron shohlari va amaldorlari Misrda zo'ravonliklami kuchaytirib, soliqlarni oshirganlar. Bunga qarshi Misrda qo'zg'olonlar b o iib . ular eroniy askarlar tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Bunga javoban Mil.avv. 460-yilda G'arbiy deltada Inar boshchiligida eroniylarga qarshi qo‘zg'olon boshlangan. Qo'zg'olonda yunon dengiz floti qo'shinlari ham qatnashgan. Ammo bu qo'zg'olon Mil.avv. 454-yilda shafqatsizlarcha bostirilgan. Mil.avv. V asr oxirlarida Eronda toju-taxt uchun ichki kurash qizg'in tus oladi. Bu vaziyatda Sais hukmdori Amirtey qo'zg'olonga rahbarlik qiladi. Amirtey qo'shinlari Eron qo'shiniarini yengib, hokimiyatni o 'z qo'liga oladi. U Misrda mahalliy hukmdorlarning 28-sulolasini boshlab beradi hamda mamlakatni Mil.avv. 404-398- yillarda idora qiladi. Amirteydan so'ng markaziy deltadagi Mendes shahridan chiqqan kishilar hokimiyatni egallaydilar. Ular Misrda 29-sulolani boshlab berib, Mil.avv. 398-380- yillarda mamlakatni boshqargan. Bu sulolaga mansub hukmdorlar tez-tez almashib turgan. Sulolaning so'nggi vakili Akaris mamlakatni 13 yil (Mil.avv. 393-380- yillarda) boshqaradi. Akaris vafotidan so'ng ichki to'ntarish natijasida 30-sulolaga asos solgan hukmdorlar hokimiyat tepasiga keladi. Ular Mendes shahriga qo'shni bo'lgan Sevennitadan chiqqan edilar. Mazkur sulola vakili serg'ayrat Nektanib I (Mil.avv. 380—363-villar) mamlakatni boshqaradi. Uning davrida misrliklar eroniylarga qarshi kurash olib boradi. Nektanib I dan so'ng Misrda Taxos (Mil.avv. 3 63-361-yillarda) hukmronlik qiladi. Taxosdan so'ng taxtga Taxosning jiyani Nektanib II (Mil.avv. 361-343) o'tirib mamlakatni boshqaradi. Taxos va Nektanib II davrida (Mil.avv. 361—343-yillarda) misrliklarning eronliklarga qarshi kurashi davom etadi. Mil.avv. 337-335-yillarda Memfis hukmdori Xabbash ikki yil davomida eroniylar bilan kurashni davom ettiradi. Ammo Eron podshosi Doro III qo'shinlari Xabbash qo'shiniarini yengib. Misrni qaytadan ahamoniylar saltanatiga qo'shib oladi. Biroq Doro III ham Misrni uzoq vaqt Ahamoniylar Eronni tarkibida saqlay olmadi. Mil.avv. 332-yilda Makedoniyalik Aleksandar qo'shinlari Misrga bostirib kirib, uni jangsiz egallaydi. Misrliklar Makedoniyalik Aleksandrni hurmat-ehtirom bilan kutib oladi va unga fir'avn unvonini beradilar. Uni Amonning o'g 'li deb e'lon qilishadi. Shu bilan mahalliy sulolalar davri tugab, Misr Makedoniyalik Aleksandr saltanati tarkibiga qo’shib olinadi. Uning vafotidan so'ng Misrda Ptolemeylar davri boshlanadi. Bu davr Misrda “ellinizm davri’’ deb ham ataladi. Ptolemeylardan so'ng esa Misr Rim saltanati tarkibiga qo'shib olinadi. Shu bilan Misr xalqlari tarixining qadimgi davri o 'z nihoyasiga yetdi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling