4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Misr So`nggi podsholik davrida
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy masalalar (Reja)
- 1.Songgi podsholik davrida Misr (Mil.avv. XI - IV asrlar) Misr liviyaliklar hukmronligi ostida.
Misr So`nggi podsholik davrida Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga Misrning so‘nggi podsholik davridagi ijtimoiy va siyosiy hayoti, Misr liviyaliklar tomonidan bosib olinishi. Misrni qayta birlashtirish uchun kurashlar, Ahamoniylar va Yunon-Makedonlar tomonidan bosib olinishi haqida ma’lumot berish. Kalit so‘zlar: Bubastis shahri, Qarqara shahri , Tanis hukmdori Petubastis, 23- sulola, 24- sulola, Sheshonk I , Asarxadon va Ashshurbanipal , Psammetix I, Nexo II, yuqori Misr, Pianxi, Shabakalar, Efiopiya, 25-sulola, Efiopiya-Misr podshosi Taxarka, 25-efiopiya sulolasi, 26-sulola, Karxemish yonidagi jang, Yaxmos II, Pelusiya yonidagi jang, Kamibiz 27- sulola asoschisi, Kayxusrav II, Amazis- Yaxmos II, Pelusiya, Karfagen, Nektanib I, Taxos, Memfis hukmdori Xabbash, Doro III, Makedoniyalik Aleksandr, Misrda “ellinizm davri’’, Sais sulolasi. Asosiy masalalar (Reja): 1. So`nggi podsholik davrida Misr (Mil.avv. XI-IV asrlar) 2. Misrni qayta birlashtirish uchun kurash 3. Misr Ahamoniylar va yunon-makedonlar hukmi ostida. 4. Sais sulolasi. Misr davlatining so`nggi yuksalishi. 1.Songgi podsholik davrida Misr (Mil.avv. XI - IV asrlar) Misr liviyaliklar hukmronligi ostida. Mil.avv. XI asr boshlarida Misrda Yangi podsholik davri barham topib, So'nggi podsholik davri boshiangan Bu davrni “Liviya-Sais davri” ham deyiladi. Yangi podsholik davrida Misr qo'shinida yollangan ajnabiy liviyalik askarlar xizmat qilishar edi. Yangi podsholik oxiridagi tarqoqlikdan ajnabiy liviyaliklar ustalik bilan foydalanganlar. Ular misrliklami harbiy xizmatdan chetlashtirib, davlat tashkilotlarining yuqori lavozimlarini egallab olgan. Mil.avv. 945-yili liviyalik Sheshonk I shimolda hokimiyatni egallab olgan. U XXII sulolaga asos solib, Liviya sulolasi Misrda Mil.avv. 945-yildan 722- yilgacha hukmronlik qilgan. Ular deltadagi Bubastis shahrini o 'z davlatlarining poytaxti qilib tanlaganlar. Shuning uchun liviyaliklar asos solgan sulola "bubastislar sulolasi” deb ham ataladi. Sheshonk I va uning vorislari davrida xo'jalik va qurilish ishlari biroz jonlangan. U Falastin va Nubiya ustiga qo'shin tortib borgan. U yerlardan ko'plab harbiy asir, katta o'ljalar bilan Misrga qaytgan. Bubastislar davrining oxiriga kelib Misr yana kuchsizlanadi. Sharqdan Ossur qo'shinlarining istilosi boshlanadi. Ossurlar bilan Suriya Falastin-Misming birlashgan qo'shinlari Mil.avv. 853-yili Qarqara shahri yaqinida to'qnashadi. Jangda Ossur qo'shinlari g'alaba qozonadi. Bu mag'lubiyatdan so'ng Misrning obro'si tushib ketadi. Shu davrda kelib chiqishi liviyalik Tanis hukmdori Petubastis Mil.avv. 808-yilda o'zini Misr fir’avini deb e’lon qilib, 23- sulolaga asos soladi. Bu sulola davrida Misrdagi ahvol yanada vomonlashadi. Mil.avv. VIII asrda hukmronlik qilgan 24-sulola vakillari, xususan Bakxoris davrida (Mil.avv. 721-715) mamlakatni inqiroz botqog'idan qutqarish uchun ayrim islohotlar o'tkazilgan. Bu islohotlar ham Misrdagi ahvolni yaxshilay olmagan. Mamlakatda vaziyat yana yomonlashib, Misr qaytadan mayda hokimliklaiga – nomlarga bo'linib ketgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling