4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Misrda tabaqalanish va qulchilikning kuchayishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

Misrda tabaqalanish va qulchilikning kuchayishi. Misrda xo'jalik asta-
sekinlik bilan rivojlanib borgan. Aholining yuqori tabaqasi fir'avn, amaldor, 
askarboshi, ruhoniy va nufuzli oqsoqollar hamda boylar hisoblangan. Aholining 
o'rtahol tabaqasini dehqonlar, hunarmandlar va mayda savdogarlar tashkil etardi. 
Mamlakat aholisining anchagina qismi kambag'al dehqonlar va qashshoqlardan 
iborat edi. Misr fir’avnlari urushda asir tushganlarni qulga aylantirar edilar. 
Dastlabki vaqtlarda asirlar dushman sifatida o`ldirib yuborilgan. Shuning uchun 
misrliklar ularni “murdalar” deb atashardi. Key inchalik esa asirga tushgan 
kishilarni 
oldirmasdan 
ishlatadigan 
bo'ldilar. 
Ularni 
dehqonchilikda, 
chorvachilikda, ibodatxonalarda va quril ishlarida ishlatganlar. 
Ular boy xonadonlarning uylarida ham ishlaganlar. Ular qul qilib sotilar, 
harbiylar va zodagonlarga bo`lib berilar edi. Omon qolgan asirlarni “tirik 
murdalar” deyishardi. Bu “tirik murdalar” qullar tabaqasini tashkil etib, ular hech 
qanday mol-mulkka va huquqqa ega emasdilar. Quldor qul ustidan cheksiz 
huquqqa ega bo'lib. uni sotish, jazolash, kaltaklash va hatto oldirishga ham haqqi 
bor edi. Qullarning barchasi, kon qazuv ishlarida, kanal. to ‘g‘on, imorat, y o ‘l 
qurish ishlarida ishlatilar va qishloq xo'jaligidagi og‘ir ishlarni bajarar edi. Cho‘ri 
ayollar ko'proq uy-xo‘jalik yumushlarida ishlar edilar. Qul egasi quldor deyilgan. 
Shunday qilib Misr dunyodagi dastlabki quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. 
 
4.Qadimgi podsholik davrida Misr (Mil.avv. XXV1II-XXI1I asrlar) 
Misrda qadimgi podsholikning vujudga kelishi va ravnaqi (Mil.avv. 
XXVIII-XXI1I asrlar). Yuqorida ta ’kidlaganimizdek, 1-2-sulola fir’avnlari 
Misrni birlashtirishga asos solganlar. Qadimgi podsholik davri Mil.avv. 2800-
yildan 2250-yilgacha davom etib, unda 3-6- sulola fir’avnlari hukmronlik 
qilganlar. Misr fir’avnlari podsholik yerlarini kengaytirish, mustahkamlash va 
markazlashtirish uchun qattiq kurash olib borgan. Qadimgi podsholik davrida Misr 
fir’avnlari boylik orttirish maqsadida qo'shni mamlakatlar ustiga takror-takror 
qo'shin tortib borgan. 4-sulola podshosi Snofru janubda Nubiya, shimoli-sharqda 
Sinay yarimoroli. Falastinga, g ‘arbiy yo'nalishda esa Liviya qabilalari ustiga 
harbiy yurishlar qilgan. U misga boy Sinay yarimorolini Misrga qo'shib olgan. 
Nubiyadan 7 ming asir, 200 ming chorva va juda ko'p qimmatbaho buyumlar olib 
qaytilgan. 4-sulolaning so'nggi vakillari davridan boshlab mamlakatda ichki 
qarama-qarshilik kuchaygan va qo'zg'olonlar boshlangan. 6-sulola namoyandalari 
davrida ya’ni Mil.avv. XXIV—XX111 asrlarda Qadimgi Misr davlati 
kuchsizlanib, parchalana boshlagan. Podsholikka itoat etgan davlatlar mustaqil 
bo‘lish uchun qattiq kurash olib borganlar. 
Qadimgi Misr podsholari va ularning amaldorlari mamlakat xo‘jaligini 
rivojlantirish uchun yangi yerlar o'zlashtirish, to’g'on, kanal va boshqa sug'orish 
shaxobchalarini qurish ishiga alohida e ’tibor berganlar. Chunki Misrdek issiq 


mamlakatlarda sug'orma dehqonchilik xo'jalikning asosini tashkil etgan. Misr 
dehqonlari don, dukkakli ekinlar ekkan, poliz va sabzavotchilik mahsulotlari 
yetishtirgan va bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. Misrda ziroat ishlarining 
barcha og'irliklari dehqonlar va qullar yelkasiga tushgan edi. 
Qadimgi podsholik davrida fir'avnlar chorvachilikka katta e’tibor bergan. 
Ular qoramol, echki, cho‘chqa, eshak va parranda boqqanlar. Dehqonchilik va 
chorvachilik misrliklarning asosiy oziq-ovqat manbayi hisoblangan. Chunki chorva 
mahsulotlari misrliklarni avval go'sht, yog", sut-qatiq, teri, jun va ishchi hayvon 
kuchi bilan ta'minlagan. 
Bu davrda misrliklar hunarmandchilik sohasida jiddiy yutuqlarga 
erishganlar. Misrda miskarlik, qurolsozlik, me’morchilik va hunarmandchilikning 
boshqa sohalari ancha rivoj topgan edi. Shu davrda kulolchilik charxi kashf etilib, 
kulolchilik yanada rivojlangan. 
Misrda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida 
ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar 
o‘z ixtiyorlaridagi ortiqcha narsalarni o'zaro almashganlar. O'zaro almashuv ichki 
va tashqi bozorni vujudga keltirgan. Misrning shahar va qishloqlari orasidagi 
almashuv suv va quruqlik yo'llari orqali olib borilgan. Misr shaharlari va 
qishloqlaridan har tomonga savdo yo'llari tarqaigan edi.
Nil daryosi bo'ylab shimol dart janubga va jartubdan shimolga har xil 
mahsulot ortilgan kemalar va qayiqlar tinimsiz qatnab turgan. Misr savdogarlari 
Janubda Nubiya, Efiopiya, g'arbda liviyaliklar va shimoli-sharqda falastinliklar, 
finikiyaliklar, O'rtayer dengizi havzasidagi mamlakatlar va Mesopotamiyaning 
shahar-davlatlari bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Shuru ham aytib 
o'tish joizki, rilisrlik savdogarlar g'arbda Arab qirlari orasidagi qulay soy 
so'qrtioqlaridan Qizil dengiz sohillarigacha chiqib borganlar. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling