4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
Qadimgi
Misr tarixining zamonaviy tarixchilar tomonidan davrlashtirilishi. Ma'lumki dunvoning ilk madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Qadimgi Misrda tabaqaviy jamiyat, ilk davlat va madaniyatning vujudga kelishi Mil.avv. IV mingyillikning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Sharqshunos olimlar ilk davlatlar va madaniyatning Ikki daryo oralig'ida yoki Nil vohasida vujudga kelganligi xususida aniq to‘xtamga kelishmagan. Misr xalqi va davlati uzoq tarixiy rivojlanish jarayonini bosib olgan ekan, uni butunligicha o'rganib boimavdi. Shu bois zamonaviy olimlar Qadimgi Misr tarixini quyidagi tarixiy davrlarga bo'ladilar: 1.Misr tarixining sulolagacha bo`lgan birinchi davri. Bu Mil.avv.IV mingyillikning boshlariga to'g‘ri kelib, bu davr Misrda urug' jamoalari munosabatlarining buzila boshlangan davriga to'g'ri keladi. 2.Sulola yoki gerzey davri bo'lib, Mil.avv. IV ming yillikning o'rtalarigacha bo`lgan davrdir. Bu davrda mamlakatda ijtimoiy o'zgarishlar, sug‘onna dehqonchilik, sug'orish inshootlari va ilk davlatchalar - "nomlar vujudga keladi. Shu davrning oxirida mamlakatda Yuqori Misr va Quyi Misr podsholiklari tashkil topadi. 3.Ilk podsholik davri I—II sulolalar boshqaruvi davri. Shuningdek, yagona Umummisr davlatining barpo etilishi (Mil.avv.XXXIII-XXIX asrlar). 4.Qadimgi podsholik davrida Misrning markazlashtirilishi. III-IV sulola podsholarining boshqaruvi. (Mil.avv. XXVIII-XXIII asrlar) 5. Misrda birinchi o'tish bosqichi (7-10- sulola, Mil.avv. XXIIIXXI asrlar). Markazlashgan yagona Misr davlatining alohida nomlarga-mayda hokimliklarga bo'linib ketishi. 6.O'rta podsholik davrida markazlashgan davlatning qayta tiklanishi. XI-XIII sulola podsholarining faoliyati (Mil.avv. XXIXVIII asrlar). 7.Ikkinchi o'tish bosqichi (14-17-sulola podsholari, Mil.avv. XVIII-XVI asr o'rtalaridagi davr). Misrning kuchsizlanishi, xalq g'alayonlari, Misrning giksoslar tomonidan istilo etilishi davri. 8.Yangi podsholik davrida podsholik va Misr madaniyatining gullashi. (18-20- sulola podsholarining boshqaruvi. Mil.avv. XVI-XI asrlar). Misr saltanatining qayta baipo bo'lishi. 9. Uchinchi o'tish davri. (21-sulola, m.av XI-X asrlar). Misr davlatining tushkunlikka uchrashi. 10. So'nggi podsholik davri (rn. av. 1085—332-yillar) Misr chet ellik sulolalar hukmi ostida. (22-25- sulola. m. av XI-VlIl asrlar). Sais sulolasi davrida Misrning qayta tiklanishi. (Mil.avv.VII-VI asrlar). 11. Misrning Eron shohlari tomonidan bosib olinishi va Eron sakltanatiga qo'shib olinishi. (XXVI1I-XXX sulola, mil. avv VI asr oxiri - IV asr). 12. Misrning Yunon-Makedon saltanati hukmronligi ostidagi davri. Shunday qilib. Qadimgi Misr tarixi ilk, qadimgi, o'rta, yangi va so'nggi podsholiklar davriga bo'linib, u o ‘z ichiga birinchi o'tish bosqichini qamrab oladi. O'rta podsholik davridan so'ng Misrda ikkinchi o'tish bosqichi boshlanadi. Yangi podsholikdan so‘ng ham Misrda uchinchi o'tish davri hukm surgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling