4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Xorijiy mamlakatlarda misrshunoslikning rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
4- Maruza

Xorijiy mamlakatlarda misrshunoslikning rivojlanishi. Ma’lumki, XIX 
asr boshlarigacha bo'lgan davrda xorijiy olimlar ixtiyorida Qadimgi Misr tarixi 
to'g'risida b a ’zi ma’lumotlargina bor edi. xolos. 
Misrshunoslik fanining boshlanishi mashhur fransuz olimi Jak Fransua 
Shampalonning 1822-yilda Qadimgi Misr yozuvi asosidagi matnlarni o'qib 
chiqishidan boshiangan. J.F.Shampalon Misrda ekanida juda ko'p moddiy 
madaniyat yodgorliklari, rasmlar va yozuv matnlari to'plagan. J.F.Shampalonning 
ko'pgina ilmiy asarlari, jumladan, "Qadimgi Misr tili grammatikasi va lug'ati” asari 
ham uning vafotidan so'ng nashr etilgan. J.F.Shampalonning Qadimgi Misr va 
Nubiya tarixiga oid ko'p jildli “Qadimgi Misr va Nubiya yodgorliklari” asari bu 
mamlakatlar tarixini o'rganish uchun qimmatli manba hisoblanadi.
XIX asr o'rta la rid a J.F.Shampalon izdoshlaridan biri germaniyalik 
misrshunos R.Lepsius Misrga juda katta ekspeditsiya uyushtiradi. U Misr, Nil 
vohasi va unga tutash bo'lgan joylarda keng ko'lamdagi qidiruv-qazuv ishlarini 
yo'lga qo'yadi. Bu ekspeditsiya ishlarida germaniyalik G.Brugsh va boshqalar ham 
faol ishtirok etadilar. Qadimgi Misr arxeologiyasi va tarixini o'rganish ishida 


fransiyalik Deveria, de Ruje va Shaba, italiyalik Rozellini va ingliz olimlari 
Berglar ham faoliyat ko'rsa tadilar. R.Lepsius o'zining Misrdagi arxeologik qazuv 
ishlarining natijalarini “Misr va Efiopiya yodgorliklari’’ degan asarida bayon 
etgan. R.Lepsiusning buyuk xizmatlaridan biri Misr xronologiyasini o'rganib, shu 
asosda Misr tarixini birinchi bo'lib davrlarga bo'ldi. G.Brugsh esa Misr tili lug'ati 
haqida juda k o 'p asar yozib nashr ettirgan. Brugsh Misr tarixining birinchi 
umumiy ocherkini yozdi va misrshunoslik to'g'risida o'sha zamon uchun foydali 
bo'lgan m a ’lumotnomalar va qo'llanmalar tuzdi. 
Fransuz arxeologi O.Mariyett Misrdagi juda ko'p arxeologik yodgorliklarda 
keng ko'lamli arxeologik qazish ishlarini amalga oshirdi. U Qohirada 
"Misrshunoslik muzeyi”ni tashkil etishda faol ishtirok etdi. 
Arxeolog, filolog vatarixchining ishlarini birgalikda qo'shib olib bora bilgan 
G.Maspero misrshunoslikka va Qadimgi Sharq tarixini o'rganishga katta hissa 
qo'shdi. U o'zining “Klassik Sharq xalqlarining qadimgi tarixi’- degan katta asarida 
birinchi marta Qadimgi Misr tarixi va madaniyatini klassik Sharq, ya'ni Shimoli-
Sharqiy Afrika va Old Osiyodagi bir qancha xalqlarning juda keng tarixiy 
rivojlanish doirasiga kiritdi. G.Masperoning ulug' xizmatlaridan yana biri shuki, u 
Qadimgi Misr madaniyati, tili, san'ati va dinini mufassal o'rganib, Misr dini va 
san'atining rivojlanishidagi asosiy davrlami belgilab chiqdi. 
XIX asr oxiri -X X asr boshlarida A.Erman va k.Zeti misrliklar tilini 
o'rganish masalalariga bag'ishlab bir qator yirik asarlar yozdi. A.Erman va 
Grapovlar esa Qadimgi Misr tilining eng katta lug'atini tuzdilar. Mazkur lug'at 
hozirgi zamonning ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Shuni aytish kerakki. Misr 
tilining kelib chiqishi borasida turli qarashlar bo'lib, ba'zi olimlar uni shumerliklar 
tili bilan, ba'zilar Old Osiyo xalqlari tili bilan bog'laydilar. Xususan amerikalik 
mutaxassis G.Frankfort misrliklar alifbosi shumerliklar yozuvi ta'siri ostida 
vujudga kelgan degan fikrni bildiradi.
Ingliz olimi A.Gardinyer va amerikalik olimlar, xususan, D.G.Brested 
o'zlarining umumlashgan asarlari bilan misrshunoslikka katta hissa qo'shganlar. 
Fransuz arxeologi Jak Vatide ham o'zining yirik, qimmatli asarlari bilan 
misrshunoslikka katta hissa qo'shgan olimdir. Misrshunoslikka ulkan hissa 
qo'shgan chex olimlari qatoriga Frantishek Leksava Yaroslav Cherniy kabi 
tadqiqotchilarni qo'shish mumkin. 
XX asrning 20-yillaridan boshlab Misrda mahalliy misrshunoslik maktabi 
shakllana boshladi. Ulardan biri mashhur misrshunos olim G.Brugshning shogirdi 
va hamkasbi, birinchi misrlik arxeolog Ahmed Kamol bo'lib u ustozi Brugsh ishini 
davom ettiradi. 
Mahalliy misrshunoslar orasida Salim Hassan va Zakariyo Xonoem 
tadqiqotlari ham Qadimgi Misr tarixini o'rganishda alohida o'rin egallaydi. Ular 
Qadimgi podsholik davriga mansub maqbara va piramidalami tadqiq qilib, nom 
chiqardilar. 
Mahalliy misrshunoslardan A. Bakir ham Qadimgi Misr qulchiligi 
masalasiga bag'ishlangan chuqur tadqiqotlari bilan shuhrat qozondi. 
Misr tarixini o'rganish butun XX asr davomida keng miqyosda olib borilib. 
bu harakat XXI asrda ham keng ko'lamda davom etmoqda. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling