4-Mavzu: Qadimgi Misr Mavzuni o‘rganishdan maqsad
Misrda mulkiy tengsizlik va tabaqalanish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4- Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misr ehromlari.
Misrda mulkiy tengsizlik va tabaqalanish. Misrda dehqonchilik, chorvachili
rivojlanib, ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilishi natijasida buyum almashinuvi rivoj topgan. Qishloq xo'jaligi, chorvachilik. Hunarmandchilik va savdodan keladigan daromadlarning katta qismi fir’ avnlar, ruhoniylar. sarkardalar, katta yer egalari va yirik savdogarlar qo'lida to'plangan. Shu bois ular tobora boyib borganlar. Misr fir’avnlari qo'shni mamlakatlarga tez-tez urushlar uyushtirib turgan. Aksarivat hollarda Misr qo'shinlari qo'shni mamlakatlardan ko'plab asir, o'lja va boyliklar olib qaytgan. Bu boylik va o'ljalar fir’avn va uning amaldorlari orasida taqsimlangan. Mazkur davrda Misrda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish yanada kuchaygan. O'sha davrda Misr aholisi bir necha toifa- tabaqalarga bo'lingan edi. Fir’avn. a’yon va ruhoniylar aholining eng nufuzli kishilari hisoblangan. Kichik amaldorlar va jangchilar aholining ma’lum tabaqasini tashkil etgan. Dehqonlar va hunarmandlar mehnatkashlar tabaqasini taslikil etgan. Misrda hecli qanday mol-mulkka ega bo'lmagan, huquqsiz kishilar ham bo'lgan.Bular aholining eng quyi tabaqasi - cho'rilar va qullar edi. Misr fir’avnlari mamlakatni vazirlar, qozikalonlar, katta-kichik amaldor- a’yonlar, ruhoniylar, sarkarda va ko'p sonli qo'shinga tayanib boshqarganlar. Lashkarboshilar va qo'shin podsholikning asosiy tayanchi edi. Misr fir’avnlari mamlakatni markaziy. viloyat va mahalliy tasbkilotlar orqali idora qilganlar. Qadimgi Misr fir'avnlar hukmronlik qilgan mustabid quldorlik davlati edi. Demak, fir’avnlar mamlakat boshqaruvida cheksiz huquqqa ega edilar. Hatto ular o'zlarini ilohiylashtirib xudo darajasiga ham ko'targanlar. Misr ehromlari. Qadimgi Misr ehromlari, ya’ni piramidalari jahon me’morchiligining eng noyob obidalaridan biri hisoblanadi. Ehromlar asosi uch, to 'rt va ko'p burchakli geometrik shaklda bo'lib, asosi keng, yuqori tomoni torayib borgan va uchburchak shaklga ega bo'lgan. Qadimgi podsholik davrida Misr fir’avnlari va a ’yonlari o'zlari uchun toshdan ulkan sag‘ana - ehromlar qurdirganlar. Bu ehromlarni bizdagi va boshqa joylardagi maqbaralarga qiyos qilish mumkin. Bunday maqbaralarga vafot etgan fir’avnlar, ularning oila a ’zolari va amaldor-a’yonlari dafn etilgan. Ehrom- maqbaralar o’zining kattaligi va salobati bilan kishini hayratga soladi. Ayni paytda ehromlar fir’avn va amaldorlar kuch-qudratining ramzi ham bo’lgan. Misrda qurilgan eng katta va hashamatli ehromlar Josyer va Hufu maqbarasidir. Memtis shahri yaqinida Mil.avv. 2600-yilda to'rtinchi sulola fir’avni Xufu qurdirgan maqbara o'zining ulkanligi va hashamati bilan kishini lol qoldiradi. Ehromning tomonlari 250 metr bo'lib, uning atrofini aylanib chiqish uchun sayyoh bir kilometr yo'l bosishi kerak. O'z davrida uning balandligi 150 metrdan ziyod bo'lib, hozirgi holati 146 metrdir. Uni qurish uchun ikki million uch yuz ming dona taroshlangan tosh ishlatilgan. Ehromlaming xomashyosi bo'lgan toshlar Nil daryosining o'ng sohili bo'ylab cho'zilgan arab qirlaiidagi tosh konlaridan qazib olingan hamda silliqlanib, sollarga ortilgan holda suv yo'li bilan olib kelingan. Toshlar pastda taroshlanib, silliqlangan. Maqbara qurilishiga taroshlab tayyorlangan toshlaming eng kichigi ikki yarim tonna, kattasi esa o'n besh tonnadan iborat bo`lgan. Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, bu ehrom raaqbara 25-30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning qurilishida 100 mingdan ortiq kishi doimiy ravishda ishlagan. Maqbara toshlari silliqlanib bir-biriga shunday zich qilib terilganki, toshlar oralig'iga Misrga tashrif buyurgan fransuz imperatori Napoleon Bonapart qilichining tig‘i ham sig‘magan ekan. Ehromlar Qadimgi Misr me’morchiligining eng noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Olimlar Xufu maqbarasini dunyodagi yetti mo'jizaning biri hisoblaydilar.Ehromlarni qurishda silliqlangan katta-kichik bahaybat tosh plitalarini yuqoriga sudrash usuli bilan olib chiqilgan bo`lsa kerak. Shubhasiz, bu ishda me’morlar qo`l kuchi va ishchi hayvonlar - ho‘kizlardan foydalangan bo‘lsalar ajab emas. Ehromlarga ishlatilgan ulkan toshlarni yuqoriga chiqarish masalasi olimlar orasida turli bahslar kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Fikrimizcha, toshlarni yuqoriga olib chiqish uchun pastdan yuqoriga yo‘g‘on-yo`g‘on to‘sinlardan maxsus koiarma qurilgan. To'sinlarni yo'nib, silliqlab, unga yog‘, moy surilgan hamda toshlar sirg'antirish usuli bilan yuqoriga chiqarilib joylashtirilgan boiishi mumkin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling