4-mavzu: Qadimgi Rim adabiyoti (2 soat). Reja


Rim adabiyotining “oltin davri”


Download 84.14 Kb.
bet3/6
Sana11.11.2023
Hajmi84.14 Kb.
#1765950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 maruza qadimgi Rim adab

3. Rim adabiyotining “oltin davri”
Rasmiy ravishda respublika tuzumini joriy etgan Avgust, eski urf-odatlarni, diniy aqidalarni, axloq va odob normalarini ham qayta tiklashga harakat qiladi, hatto Rim kishisining shaxsiy hayotiga ham daxl qilib, oilaning sog’lom, er-xotinlarning birbirlariga halol bo’lishlariga katta e’tibor beradi. Oktavian Avgust o’zining saltanatini eski respublika tartiblariga, ota-bobolarning rasm-udumlariga qaytishning aynan o’zginasi ekanligini isbotlashga nechog’li urinmasin, Rim jamiyatining ko’pchiligi bu siyosatning boshdan oyoq respublikachilikka qaraganda ko’proq sezarning hokimi mutlaqlik siyosatiga yaqin turganligini yaxshi tushunar edi. Biroq qariyb yuz yil davom etgan ichki urushlardan tinka-madori qurigan barcha Rim xalqi, ayniqsa dehqon ommasi, mamlakatda o’rnatilgan osoyishtalik vajidan Avgustning diktatorlik siyosatiga ko’nikib ketadi. Hatto uning asriga «oltin davr» deb nom beriladi.
Zamonasining anchagina o’qimishli kishisi va san’at ishlariga bir daraja yaqin turgan Avgust, adabiyotning kattakon targ’ibotchilik imkoniyatlarini yaxshi tushunadi va hokimiyatni qo’lga olgan kunlaridan boshlab, o’zining idora usullarini xalq ommasiga ma’qul qilish maqsadida shu imkoniyatlardan keng suratda foydalanishga kirishadi. Bundan tashqari hukmronning ba’zi bir yaqin amaldorlari ham shu davrning yirik adiblarini o’zlariga jalb etib, ularning qalamlarini yangi tartiblar tomon yo’naltirishga harakat qiladilar. San’at va adabiyot ishlarini uyushtirishda mehnatlari singgan va shu yo’lda Avgustga juda katta xizmat ko’rsatgan kishilar orasida eng mashhurlari Korvin Massala, Asiniy Pollion hamda Gay silniy Metsenatdir. Bulardan imperatorning eng yaqin maslahatchisi va adabiy ko’makdoshi albatta Metsenat bo’lgan. Nomi keyinchalik san’at va adabiyot homiysi timsoliga aylanib ketgan bu odamning o’zi ham unchamuncha she’r yozar, adabiy harakatlarga yaqindan qatnashar edi. Metsenat Vergiliy hamda Goratsiy kabi shoirlarning ulug’ talantini payqab, shular ishtirokida maxsus yozuvchilar to’garagi tashkil qiladi. Rim hayotining badiiy ijod markazi hisoblangan bu to’garak yangi imperiya adabiyotining shakllanishi va rivoj topishida benihoyat muhim rol o’ynaydi. Umuman aytganda, bu davrdagi shoirlarning deyarli hammasi o’z asarlarida Avgust tomonidan o’rnatilgan yangi tartiblarni olqishlaydilar. Binobarin, respublika tuzumidan imperatorlik sistemasiga o’tish paytidagi adabiyotning asosiy xususiyati madhiyabozlikdan iboratdir. Ammo, shunga qaramay, Oktavian zamonasi, Rim poeziyasining badiiy jihatdan bemisl yuksak darajalarga ko’tarilgan «oltin davri» bo’lgan. Darhaqiqat Avgust saltanati yillarida ijod qilgan Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy kabi ulug’ shoirlar o’zlarining asarlari bilan Rim poeziyasining klassik davr yunon adabiyotidan qolishmaydigan va keyinchalik jahon adabiyoti taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazishga qodir bo’lgan kamolot bosqichiga olib chiqadilar. Imperatorlik tuzumining dastlabki davrlaridagi Rim poeziyasi badiiy mahorat bobida nechog’li gurkiragan bo’lmasin, biroq masalaga ma’no va mazmun jihatidan, siyosiy aktuallik, zamonaviylik va xalqchillik nuqtai nazaridan qaraganimizda, Rim adabiyoti yunon ada-biyoti bilan va, xususan, V asr yunon dramaturgiyasi bilan zindor-zinhor tenglasha olmaydi. Bundan tashqari, imperiya davrida so’z erkinligiga xotima berilishi natijasida adabiyotning birmuncha turlari kundan-kunga susayib, keyinchalik tamomila oyoqdan qoladi. Bu sohada notiqlik san’ati, ayniqsa mavqeini yo’qotadi. Respublika yillaridagi siyosiy kurashlar paytida benihoyat gurillab ketgan bu janr o’zining o’tmish imkoniyatlaridan mahrum bo’lib, quruq bir safsatabozlikka, maktab mashqiga aylanib qoladi. Shuningdek, adabiyotning eng ommabop turi hisoblangan dramaturgiya ham Avgust zamonasida ortiq taraqqiy eta olmaydi. Xullas, Oktavian saltanati yillaridagi adabiyotga nisbatan qo’llaniladigan «oltin davr» iborasini poeziyadan boshqa janrlarga tatbiq etish aslo mumkin emas. Bordi-yu, xuddi respublika yillarida bo’lgani kabi, imperatorlik davrida ham adabiyotga birmuncha erkinlik berilganida, Avgust siyosatini qoralovchi asarlarning paydo bo’lishi shubhasiz edi. Ehtimol, bunday asarlar bo’lgandir, afsuski, ular bizga qadar yetib kelmagan.

Download 84.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling