4-Mavzu: Qishloq xo’jalik korxonalar faoliyatini tahlil qilish


Download 247.12 Kb.
bet5/9
Sana07.05.2023
Hajmi247.12 Kb.
#1436662
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lecture - 12

Xususiy ko’rsatkichlarga - mahsulot hajmi va mahsulot sifati, mehnat unumdorligi, yer qaytimi, fond qaytimi, material qaytimi, mahsulot tannarxi kiradi.
Mehnat unumdorligi yoki mehnat qaytimi ma’lum vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga sarflangan jami mehnat xarajatlarining samaradoriligini xarakterlaydi.
Yer qaytimi qishloq xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi.
Fond qaytimi qishloq xo’jaligiga taaluqli asosiy ishlab chiqarish vositalarida mujassamlashgan, buyumlashgan mehnat xarajatlardan qay darajada samarali foydalanayotganligini ko’rsatadi.
Material qaytimi barcha turdagi moddiy resurslaradn, shu jumladan buyumlashgan mehnat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi.
Mahsulot birligi tannarxi umumlashgan holatda jami iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini xarakterlaydi, qishloq xo’jaligi mahsuloti qanday darajadagi xarajatlar hisobiga ishlab chiqarilganligini ko’rsatadi.shularga teskari ko’rsatkichlar kiradi.
Xarajatlar konsepsiyasining samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi – rentabellik hisoblanadi va iste’mol qilingan resurslarning qaytimini ifodalaydi.
Korxonalarning foydalilik yoki zararlilik darajasini belgilash uchun rentabellik ko’rsatkichidan foydalaniladi.
Rentabellik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’zida aks ettiruvchi umumlashgan ko’rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi.
Rentabellikda mutloq ko’rsatkich - bu foydadir. Foyda - bu realizasiya qilish natijasida olingan sof daromadning qismi bo’lib, u mahsulot sotishdan keladigan mablag’dan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki to’la tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismiga teng bo’ladi:

Download 247.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling