4-Mavzu: Qishloq xo’jalik korxonalar faoliyatini tahlil qilish


Mahsulot tannarxini pasaytirishning imkoniyatlari


Download 247.12 Kb.
bet4/9
Sana07.05.2023
Hajmi247.12 Kb.
#1436662
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Lecture - 12

Mahsulot tannarxini pasaytirishning imkoniyatlari:
Agar mahsulot o’zgarmagan holda, xarajat miqdori kamaysa;
Agar yalpi mahsulot miqdori ko’payib, xarajatlar o’zgarmasa;
Agar yalpi mahsulotning o’sish sur’ati xarajatlar o’sish sur’atidan ilgari ketsa.
Mahsulot tannarxi omillari qishloq xo’jaligida turli –tumandir. Ularni 3 guruhga bo’lish mumkih, ya’ni:
Tannarxning 2 tarkibiy qismiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot miqdori;
Faqat xarajat miqdori;
Faqat mahsulot miqdori.
1-guruhga:
Xodimlarning moddiy manfaatdorligi;
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash;
Ishlab chiqarish texnologiyasini qisqa vaqtda va sifatli bajarish.
2-guruhga:
Ishlab chiqarishning mehnat sig’imi;
Ishlab chiqarishning yer sig’imi;
Ishlab chiqarishning fond sig’imi;
Ishlab chiqarishning material sig’imi.
3-guruhga:
Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi;
Ekin maydonlari va poda strukturasi;
Mahsulotni saqlash usullari.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini o’rganishda “Samara” va “Samaradorlik” – tushunchalarini bir-biridan farqlash kerak.
“Samara” tushunchasi qandaydir jarayonning natijasini bildiradi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning (natijaning) resurslarga (xarajatlarga) nisbati yoki, aksincha, usuli bilan aniqlanadi:
Ssam Rxar
Isam = -----------: ----------
Rxar Ssam
 
Iqtisodiy samaradorlik darajasi qanday bahodagi resurslar hisobiga iqtisodiy samaraga erishganligini bildiradi. Samara qancha katta va xarajat shuncha kichkina bo’lsa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi shuncha katta bo’ladi va aksincha.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari xususiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bo’linadi.

Download 247.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling